• Spirtomer yordamida suyuq kosmetika mahsulotida etil spirtining konsentratsiyasini aniqlash
  • Vodorod rN kursatkichi.
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




    Download 6,71 Mb.
    bet222/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Tashqi ko‘rinishi. Losonlarni tashqi ko‘rinishi MH da keltirilgan talabga javob berishi kerak. Asosan loson bu bir fazali yoki ko‘p fazali birxil suyuqlik (eritma, suspenziya yoki emulsiya). Aloxida e’tibor losonning rangi va hidiga beriladi. Bu ko‘rsatkichlar har bir mahsulotga o‘ziga xos bo‘ladi.
    Etil spirtning konsentratsiyasi, %. Bu ko‘rsatkich spirtli losonlarga tegishli va uning me’yori losonning turiga bog‘liq. (XI DF da keltirilgan usullar yordamida amalga oshiriladi: haydash - distillyasion usulida yoki qaynash harorati bo‘yicha).
    Spirtomer yordamida suyuq kosmetika mahsulotida etil spirtining konsentratsiyasini aniqlash uchun oldindan yuvilgan va yaxshilab quritilgan shisha silindrga aniqlanayotgan suyuq holdagi mahsulot solinadi va unga sekin-asta spirtomer tushiriladi. Spirtomer erkin, mualak holatda, o‘z massasi bilan suyuqlikda suzishi va shisha silindr devoriga tegmasligi lozim.
    Vodorod rN kursatkichi. Potensiometrik usulda aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichning me’yori loson tarkibini tashkil etuvchi moddalarning tabiatiga bog‘liq va, ko‘pincha, rN 1,2 (nordon losonlar) – rN 8,0 oralig‘ida bo‘lishi mumkin;
    Og‘ir metallar miqdori, %. Bu ko‘rsatkich MH larda keltirilgan usul bo‘yicha aniqlanadi va, ko‘pincha bu ko‘rsatkich 0,002% oshmasligi kerak.
    Losonlar turg‘unligini baholash: suv-spirtli eritma saqlash muddati davomida (1 yildan kam emas) turg‘un bo‘lishi shart; cho‘kma hosil bo‘lishi, rang o‘zgarishi loson turg‘un emasligini bildiradi. Emulsion turdagi losonlarning turg‘unligi uy haroratida va 40- 450 S haroratda ham tekshiriladi (saqlash sharoitlari o‘zgarishini hisobga olgan holda). Qo‘shimcha sifat ko‘rsatgichi - muzlatishga chidamligi. Losonni -50 S haroratda 24 soat muzlatiladi va so‘ng uy haroratida qoldiriladi. Bunda loson sifati o‘zgarmasligi kerak.
    Losonlarning yana bir muhim sifat ko‘rsatkichi bu reologik ko‘rsat- kichlari. Bulardan asosiysi qovushqoqlik, turg‘unlik. Losonlarni saq- lash davomida bu ko‘rsatkichlar sezilarli o‘zgarmaslik lozim. Losonlarning retsepturasini ishlab chiqishda qovushqoqlik ko‘rsatkichini o‘garishiga kata ahamiyat beriladi (1 yil davomida).
    Ayrim mualliflar (G.Barnell) losonlarni mu’tadil retsepturasi tanlashda ularning qovushqoqligini har kuni 2 hafta mobaynida, so‘ng 3 oy davomida haftada 1 marta, undan keyin har oyda bir marta 12 oy saqlash davomida tekshirib turib xulosa qilish kerakligini tasdiqlaydi. Ko‘pincha losonlarning qovushqoqligi birinchi 5-10 kun davomida turg‘unlashib, keynchalik o‘zgarishlar sezilarli bo‘lmasligi lozim.
    1-jadval

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

    Download 6,71 Mb.