|
Suyuq kremlar tarkibida etil spirtini aniqlash. P
|
bet | 230/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeSuyuq kremlar tarkibida etil spirtini aniqlash. Probirkaga 25-30 ml suyuq krem solinadi va chiqarish uchun moslangan shisha naychali probka bilan yopiladi, so‘ng probirka ichidagi suyuq surtma qaynagunicha qizdiriladi. Bug‘ bilan ajralib chiqqan etil spirti boshqa probirkada kondensatsiya qilinadi. Kondensatga 2-3 tomchi kaliy yod to‘yingan eritmasida eritilgan yod va bir necha daqiqa turganida yo‘qolmaydigan sarig‘ish rang hosil bo‘lgunicha 10% natriy ishqor eritmasi tomchilatib qo‘shiladi. Aralashma 1 daqiqa 600 S haroratda isitiladi va so‘ng sovitiladi. Sariq kristallik cho‘kmani hosil bo‘lishi hamda yodoformga xos hidni tarqalishi mahsulotda etil spirti borligidan dalolat beradi.
Mikrobiologik ko‘rsatkichi bo‘yicha kosmetik kremlar kosmetika-parfyumeriya vositalari uchun SanPiN 1.2.681-97 da keltirilgan gigienik talablarga javob berishi kerak.
Toksikologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha kosmetik kremlar 4-sinf - kam havfli vositalar turkumiga mansubdirlar. SHu sababli ular umumiy zaharli, terini qitiqlovchi va sensibillovchi ta’sir o‘tkazmasliklari lozim.
Kosmetik kremlar – yong‘in chaqiruvchi va portlovchi vositalar ekanligini esda tutish va xafsizlik choralarga alohida ahamiyat berish lozim!
Tish pastalari, eliksirlar, poroshoklar. Ushbu kosmetik vositalar og‘iz bo‘shlig‘ini va tishlarni parvarish qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, ular gigienik-profilaktik va davolovchi bo‘ladilar. Kariesni oldini olish uchun ular tarkibiga kalsiy tuzlari va ftor qo‘shiladi. Paradantozni oldini olish va davolash uchun o‘simlik ekstraktlari (katta zubturum, dalachoy, evkalipt, isiriq, va boshqalar) qo‘shiladi.
Tish poroshoklari tarkibida asosiy modda bu cho‘ktirilgan mel (kalsiy karbonat) bo‘lib, tish poroshoklari ta’mini yaxshilash uchun aramatizatorlar qo‘shiladi (mentol, yalpiz moyi va h.k.). tish poroshoklari asosan tozalovchi vazifani bajaradilar. Kuchli abraziv xossaga egaligi sababli zayif va to‘kilayotgan tishlarni tozalashda ishlatish tavsiya etilmaydi.
Tish pastalari poroshklar kabi muhim tozalovchi vositalar turkumiga kiradi Tish pastalar tarkibida abraziv, gel hosil qiluvchi, qo‘pik hosil qiluvchi moddalar bor va ko‘p atomlik spirtlar – konservatsiya qilish uchun, ta’m va hid korrigentlari qo‘shiladi. Tish poroshlaridan farqli tish pastalarining abrazivlik xossasi kam, ta’sir etishi faolroq va ishlatish uchun qulay. Tish pastalrining sifatiga stomatologlar baho beradilar. Bunda tish pastalarning kariesga va yallig‘lanishga qarshi ta’siri, abrazivligi, tozalash va remenerallash (tish minerallarini tiklash) xossalari o‘rganiladi. Tish pastalarni sifatini baholashda abraziv moddalarning dispersilik darajasini, abraziv moddalarning qattiqligini, rN ko‘rsatkichini tekshirish lozim. Gel hosil qiluvchi moddalar ham tish pastalarning konsistensiyasini belgalaydilar. Shuning uchun tish pastalarning qovishqoqligi, plastikligi, gidrokolloid eritmalarning tiksotrop hossalari o‘rganiladi. Ko‘pik hosil qiluvchi moddalar ko‘pirmaydigan tish pastalari tarkibiga - 0,2%, ko‘piradiganlarga esa 1,2-2% gacha qo‘shiladi. Tish pastalari tashqi ko‘rinishi (bir hilligi, rangi, hidi va ta’mi), kalsiy va magniy karbonatlar miqdori -25-43%, glitserin – 10-33%, tozalangan suv – 19-45%, og‘ir metallar summasi – 0,1% dan oshiq emas, rN 7-10,3. Tish pastalari tubalardan oson chiqarilishi, tish chyotkadan oqib tushmasligi lozim va ular bu hossalarini uzoq vaqt saqlab qolishi zarur. Bundan tashqari tish pastalar tarkibida fenol, evgenol, savol, geksaxlorofen, rug‘ va magniy sulfatlari, essensiyalar, glitserin, ko‘p atomlik spirtlar va azobo‘yoqlar miqdori 1% eritmalarda aniqlanadi.
|
| |