• Elak ustida qolgan qoldik miqdori.
  • Kompaktlanish darajasini
  • Maxsus g‘ovakligi va suv shimishi




    Download 6,71 Mb.
    bet226/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Maxsus g‘ovakligi va suv shimishi. 2,0 g mahsulot namunasi 0,01 g aniqlikda tortiladi va diametri 12 mm va hajmi 50 ml li belgilangan idishga solinadi va 50 ml belgisigacha tozalangan suv solinadi, aralashma yaxshilab chayqatiladi va bir hil suspenziya hosil bo‘lgunicha 1 soatga qoldiriladi. Bunda hosil bo‘lgan cho‘kma miqdori millilitrda o‘lchanadi. Ushbu ko‘rsatkich cho‘kma hosil bo‘lish tezligini ifodalaydi va maxsus hovaklik va suv shimish ko‘rsatkichlariga to‘g‘ri mutanosibdir.
    Elak ustida qolgan qoldik miqdori. a) 100,0 mahsulot 0,01 g aniqlikda tortiladi va har bir mahsulot turi va navi uchun 1 sm2 gi teshiklar soni alohida belgilangan ipak yoki sim elakdan o‘tkaziladi. Elash mahsulotni yog‘och shpateli yoki mo‘y qalam yordamida engil ishqalash bilan amalga oshiriladi. Elak ustidagi qoldiq oldindan tortilgan soat shishachasiga solinadi va 0,0002 g aniqlikda tortiladi. Elak ustidagi qoldiq miqdori quyidagi tenglama bo‘yicha hisoblanadi:
    (7.24)
    Bu erda X – elak ustidagi qoldiq miqdori, %;
    a – elagandan keyingi massa, g.
    b) 50,0 g mahsulot namunasi 0,01 g aniqlikda tortiladi va har bir mahsulot turi va navi uchun 1 sm2 gi teshiklar soni alohida belgilangan ipak yoki sim elakga solinadi. Elak oqish tezlgi bir me’yorga keltirilgan vodoprovod krani tagiga quyiladi va chetiga kauchukli qalpoqcha kiydirilgan shisha tayoqcha yordamida engil harakatlar bilan ishqalanadi. Elak ustida qolgan namuna qoldig‘i quritiladi va oldindan tortilgan soat shishachasiga solinadi va 0,0002 g aniqlikda tortiladi. Elak ustidagi qoldiq miqdori quyidagi tenglama bo‘yicha hisoblanadi:

    Bu erda X – elak ustidagi qoldiq miqdori, %;
    a – quritilgan qoldiq massasi, g.
    Kompaktlanish darajasini yoki tayyor mahsulotning o‘tirib qolish darajasini aniqlash uchun sochiluvchan mahsulot solingan jihoz bilan birga 0,01 g aniqlikda tortiladi. So‘ng mahsulot ustiga yana idish to‘lgunicha shu navdagi mahsulot qo‘shiladi va yana keltirilgan aniqlikda tortiladi. So‘ng mahsulot to‘kilib, bo‘shagan jihozning o‘zi tortiladi. Hisoblash quyidagi tenglama asosida amalga oshiriladi:

    Bu erda X – kompaktlanish darajasi, %;
    a – mahsulot va jihozning dastlabki massasi, g;
    b – qo‘shimcha mahsulot bilan to‘ldirilgandan keyingi massa, g;
    v – bo‘sh idish massasi, g.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maxsus g‘ovakligi va suv shimishi

    Download 6,71 Mb.