|
Suyuk kosmetik vositalarni fizik-kimyoviy hossalarini baholash
|
bet | 223/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeSuyuk kosmetik vositalarni fizik-kimyoviy hossalarini baholash
Ko‘rsatgich nomi |
Tasnifi va me’yori
|
Loson,
loson-tonik, tonik
|
Sochni turmaklash va jingalak qilish uchun vositalar
|
Dezodorant, dezodorant-antiperspirant
|
Tashqi ko‘rinishi
|
bir hil, bir fazali yoki ko‘p fazali (suspenziya, emul-siya), yot moddalar aralashmasidan holi bo‘lgan suyuqlik
|
Rangi
|
kosmetik vositaga hos
|
Hidi
|
kosmetik vositaga hos
|
Etil spirtining hajmi
|
0-75% gacha
|
0-70% gacha
|
0-85% gacha.
|
Vodorod rN ko‘rsatkichi
|
1,2
|
4,0-8,0
|
3,5-8,0
|
Og‘ir metallar miqdori
|
0,002% dan oshmasligi kerak
|
Losonlarning mikrobiologik turg‘unligi ham muhim sifat ko‘r- satkichi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichni yaxshilash maqsadida loson tar- kibiga konservantlar qo‘shish yoki antiseptik moddalarni konsent- ratsiyasini oshirish bilan amalga oshiriladi. Mikrobiologik tozaligini oshiruvchi yana bir omil - ishlab chiqarish gigienasi (ya’ni mahsulot ishlab chiqarishda mikrob kontaminatsiyasini oldini olish).
Kosmetik vositalarining sifatini samaradorli nazorat qilish uchun Evropa Kengashi tomonidan maxsus ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan (GMPC). Bu ko‘rsatmalarga kosmetik vositalarni ishlab chiqarishda amal qilish tavsiya etiladi. Ularning muhim qismi bu mahsulot sifatining mikrobiologik nazariyasi (Microbiological Quality Management MQM ). Xozirgi vaqtda KOE g yoki KOE ml dagi sonlariga talablar turli reglamentlarda farqlanadi. Kosmetik vositalarda mikrobiologik standartlar ( KOE g, KOE) ml ifodalani.
Masalan, bolalarga mo‘ljallangan kosmetik vositalarga 100-1000, ko‘z bilan kontaktda bo‘ladigan vositalarda 100-500, qolganlari – 1000.
Losonlarning tarkibida patogen va shartli patogen mikroorganizmlar (Pseudomonas aeruginosa, Staphylococcus aureus, Clostridia, Escherihia coli, Salmonella, Candida alhicans) bo‘lishi man etiladi. Davolovchi - losonlarning mikrobiologik tozaligi XI DF da keltirilgan talablarga javob berishi tavsiya etilgan.
Loson tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi moddalarning sifat va miqdoriy tahlili xam o‘tkazilishi lozim.
Suyuk kosmetik vositalarni fizik-kimyoviy hossalarini baholash kuyidagi talablar bo‘yicha amalga oshiriladi: tashqi ko‘rinishi, rangi, hidi, etil spirtning hajmi, vodorod rN ko‘rsatkichi, og‘irmetallar miqdori.
|
| |