|
Emulsiyalarning kolloid turg‘unligini aniqlash (DST 29188.3-91)
|
bet | 224/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeEmulsiyalarning kolloid turg‘unligini aniqlash (DST 29188.3-91). Laboratoriya sentrifugasining (SUM-1 yoki SLI-2 – aylanish tezligi daqiqasiga 100 s-1 marta) 2 ta probirkasiga 2/3 hajmda emulsiya solinadi va 0,01 g aniqlikda tortiladi, 2 probirkaning og‘irlik farqi 0,2 g dan oshmasligi kerak. Probirkalar suv hammomiga yoki termostatga 42-450 S – quyuq emulsiyalar va 22-250 S – suyuq emulsiyalar qo‘yiladi va 20 daqiqa saqlanadi. Probirkalar olinadi va sochiq bilan artilib, sentrifugaga qarama-qarshi qilib joylanadi. Sentrifuga 100 s-1 daq/ayl. – 5 daqiqa aylantiriladi. So‘ng probirkalar sentrifugadan olinib, emulsiyaning turg‘unligi baholanadi. Bunda emulsiyalarning qatlamga ajralmasligi o‘rganiladi, agar probirkada yaxshi ko‘rinmasa, unda emulsiya qalin oq qog‘ozga quyilib, qatlamga ajralmaganligi tekshiriladi. Emulsiya turg‘un deb hisoblanadi, agar emulsiya sirtida 1 ta dan ortiq tomchi suv hosil bo‘lmasa, yoki suv/yog‘ va yog‘/suv qatlami 0,5 sm dan oshiq fazaga ajralmasa.
Emulsiyalarning termik turg‘unligini aniqlash (DST 29188.3-91). Diametri 14 mm va balandligi 120 (100) mm yuzlgan uchta probirka yoki hajmi 25 sm2 silindr olinadi va 2/3 hajmga emulsiya bilan to‘ldiriladi (emulsiyada havo pufakchalari hosil bo‘lmasligi lozim). Probirkalar 40-420 S haroratdagi termostatga 24 soatga qo‘yiladi. Suv/moy tipdagi emulsiyalarning termoturg‘unligini aniqlashda havo pufakchalarini yo‘qotish uchun 1 soatdan so‘ng o‘io‘a tayoqcha bilan aralashtirilib qo‘yiladi. Emulsiyalar termostatda 24 soat ushlanadilar, so‘ng ularning turg‘unligi aniqlanadi. Emulsiya turg‘un deb hisoblanadi agar termostatdan olinganidan so‘ng probirkalarda suv faza hosil bo‘lmasa yoki hosil bo‘lgan moyli faza qatlami 0,5 sm oshmasa.
Qattiq kosmetik vositalarni fizik-kimyoviy hossalarini baholash
Pudralar sifatiga qo‘yiladigan asosiy talablar: tashqi ko‘rinishi, rangi, hidi, granulometrik tarkibi (zarrachalar o‘lchami), sochiluvchan zichligi, maxsus g‘ovakligi va suv shimishi, №0071 sim setka ustida qolgan qoldik miqdori, tayyor mahsulotning o‘tirib qolish darajasi (kompaktlanish darajasi), surtilishi (yopishqoqligi), suv va uchuvchan moddalarning massa miqdori, kalsiy yoki magniy stearat massa miqdori.
Poroshok va kompakt holidagi dekorativ kosmetika mahsulotlarini tekshirish uchun har bir seriyadan (ya’ni bir vaqtda ishlab chiqilgan, qadoqlangan va sifati baholangan mahsulot) quyidagi tartibda namunalar olinadi:
- mahsulotni qadoqlanishi va markirovkasi DST (GOST) talabiga mos kelishi uchun har bir partiyadan 3% jihozlangan mahsulot birligi olinadi. Agar mahsulot DST talabiga javob bermasa, yana 3% jihozlangan mahsulot birligi olib tekshiriladi, bunda ham sifati talabga javob bermasa, butun partiya brak deb hisoblanadi.
- poroshok va kompakt holidagi dekorativ kosmetika mahsulotlarini organoleptik va fizik-kimyoviy hossalarini tekshirish uchun olingan 3% jihozlangan mahsulot birligidan 12 dona (korobka, paket, pudrenitsa va boshqalar) tahlil uchun olinadi har 10 mingta dona mahsulotli partiya uchun va 0,1% agar mahsulot partiyada 10 mingtadan oshiq bo‘lsa.
- tahlil uchun olingan o‘rtacha namunaning massasi 150 g dan kam bo‘lmasligi kerak.
|
| |