|
b) Suyuq kremlar takibida og‘ir metallar miqdorini aniqlash
|
bet | 218/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeb) Suyuq kremlar takibida og‘ir metallar miqdorini aniqlash. hajmi 100 ml stakanga 10,0 g suyuq krem solinib tortiladi. Namuna ustiga suyultirilgan nitrat kislotasi solinadi va suv hammomida 30 daqiqa qaynatiladi. Eritma filtrlanadi. Filtratning bir qismi 10% kaliy yodid bilan qaynatib, so‘ng tez sovitiladi. Eritmada qo‘rg‘oshin tuzlari bo‘lgan holda hosil bo‘lgan qo‘rg‘oshin yod kristallari cho‘kmaga tushadi.
Eritmaning ikkinchi qismida esa yuqorida keltirilgan usulda mishyak aniqlanadi.
v) Soch uchun suyuqliklar va losonlar tarkibida og‘ir metallar miqdorini aniqlash. 10 ml suyuq kosmetika mahsuloti chinni kosachaga solinadi va suv hammomida bug‘latiladi, so‘ng qoldiq kuydiriladi va mufel pechida qizdiriladi. Kuyidirilgan qoldik 10 ml 5% li nitrat kislotasida eritiladi va filtrlanadi. Filtrat ikki qismga bo‘linadi: filtratning bir qismida yuqorida keltirilgan usulda qo‘rg‘oshin tuzlari, ikkinchisida esa – mishyak tuzlari aniqlanadi.
g) Poroshok holidagi mahsulotlarda tarkibida og‘ir metallar miqdorini aniqlash. 5,0 g poroshok 30 ml suvda eritiladi. Ushbu eritmaga 5-10 ml suyultirilgan nitrat kislotasi qo‘shiladi, toki eritma kam kislotali reaksiya bergunicha. Eritma qizdiriladi va soviganidan so‘ng filtrlanadi. Filtrat ikki qismga bo‘linadi va yuqorida keltirilgan usullarda og‘ir metallarning borligi aniqlanadi.
Salitsilat kislotasining chinligini aniqlash. 2,0 g krem namunasiga 2,0 g parafin va 10 ml tozalangan suv solinadi. Aralashma sovitiladi. Qotgan parafin bo‘lakchasidan suvli qatlam filtrlab ajratib olinadi. Filtratga bir nechta tomchi xlorid kislotasi qo‘shiladi (eritma muhiti nordonlashgunicha), so‘ng bir nechta tomchi 5% temir xlorid (III) eritmasi qo‘shiladi. Eritmani binafsha rangga o‘tishi, mahsulotda salitsilat kislotasi borligini isbotlaydi.
Mahsulot tarkibida salitsil kislotasining hosilasi bo‘lmish para-fenilendiaminni aniqlash.
Para-fenilendiaminni chinligini aniqlash Para-fenildiaminning kislotali eritmasiga oltingugurt vodorodli suv va temir xlorid qo‘shilsa amil spirtida eruvchan ko‘q binafsha rangli tionin bo‘yog‘i hosil bo‘ladi (Laut’a reaksiyasi).
Tarkibida difenilamin va sulfokislota saqlovchi moddalarni tez aniqlash uchun nitrat kislotasi bilan reaksiya o‘tkazish taklif etiladi. Mahsulot namunasining suvli eritmasiga bir nechta tomchi natriy nitrat qo‘shiladi, so‘ng sulfat kislotasining konsentrlangan eritmasi qatlam qilib quyiladi. Reaktivlar to‘qnashgan joyda ranli halqa paydo bo‘ladi. Eritma uzoq vaqt saqlanib turganida ranli halqa spektrning barcha ranglarini beradi. Agar eritmaning konsentratsiyasi past yoki baland bo‘lsa hosil bo‘lgan rangning sirtida ko‘proq yashil, pastki qismida esa qizil rang ko‘proq hosil bo‘lishi kuzatiladi.
Para-aminofenildiamin kristallik shaklda 66-700 S harorat oralig‘ida eriydi. Para-aminofenildiaminning sulfat kislotali tuzlari 2440 S haroratda kristallik shaklini yo‘qotb, parchalanish bilan eriydi.
5 ml preparat eritmasiga 5 tomchi javel suvi va 10 tomchi 10% xlorid kislotasining eritmasi qo‘shilsa, para-fenildiamin zangori-yashil rangga bo‘yaladi, diaminfenol – qizil, piragalol – sarig‘ish-jigarrang, gallus kislotasi – to‘q-qizildan toki qoragacha o‘tadigan rang hosil qiladi.
5 ml namunaga 0,2 g nitrat va xlorid kislotalari qo‘shilganida, para-fenildiamin sariq rang hosil qiladi, kislotali muhitda hosil bo‘lgan rang o‘chib ketadi; diaminofenol sarig‘ish-jigarrang hosil qiladi, kislotali muhit hosil bo‘lgan rangga ta’sir ko‘rsatmaydi; pirragalol – sarig‘ish-olovrang hosil qiladi; gallus kislotasi – och-sariq rang hosil qiladi.
|
| |