|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 216/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeNisbiy og‘irlik deb 200 S haroratdagi modda og‘irligining 200 S haroratdagi shu hajmdagi suv og‘irligiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. Aniqlash piknometr yoki areometr yordamida amalga oshiriladi.
a) Toza, quruq 500 ml li silindrga mahsulot namunasi solinadi va harorati 200 S atrofidagi suv hammomiga qo‘yiladi. Suv hammom harorati aniq 200 S gacha etkaziladi. Silindr o‘rtasiga areometr tushiriladi, yana harorat 200 S gacha to‘g‘rilanganidan so‘ng, suv chegarasining pastki meniski topiladi va shkala bo‘yicha nisbiy og‘irlik aniqlanadi.
b) YUvilgan va quritilgan hajmi 10 ml kam bo‘lmagan piknometr 0,0002 g aniqlikda tortiladi va belgisidan ko‘proq tozalangan suv solinadi. Tozalangan suv solingan piknometr harorati 200 S suv saqlagan idishga 30 daqiqaga solib qo‘yiladi. Keyin piknometr ichidagi ortiqcha suv filtr qog‘oz lentasi yordamida tortib olinadi. Tozalangan suv belgisiga etkanidan so‘ng piknometr suvdan olinadi, yaxshilab artiladi va keltirilgan aniqlikda tortiladi.
So‘ngra yana quritilgan va tortilgan bo‘sh piknometr ichiga aniqlanadigan suyuqlik solinadi va harorati 200 S suv saqlagan idishga 30 daqiqaga solib qo‘yiladi. Piknometr ichidagi suyuqlik belgisigacha etkazilganidan so‘ng, keltirilgan aniqlikda piknometr tortiladi va eritmaning nisbiy og‘irligi quyidagi tenglama bo‘yicha hisoblanadi:
Bu erda d – nisbiy og‘irlik, g;
R – bo‘sh piknometr og‘irligi, g;
R1 – tozalangan suv bilan to‘ldirilgan piknometr og‘irligi, g.
R2 – aniqlanayotgan eritma bilan to‘ldirilgan piknometr og‘irligi, g.
v) YUvilgan va quritilgan hajmi 25 ml li piknometr 0,0002 g aniqlikda tortiladi va hajmining 1/3 qismigacha aniqlanadigan mahsulot bilan to‘ldiriladi. Mahsulot namunasi solingan piknometrning yarmisigacha etil spirti yoki boshqa biron bir suyuqlik (mahsulot namunasini eritib yubormaydigan, biroq u bilan yaxshi aralashadigan) solinadi va yaxshilab aralashtiriladi, so‘ng havo pufakchalari chiqib ketishi uchun bir oz vaqtga holi qoldiriladi. Piknometr vakuum-eksikatorga solinadi va belgisidan ozroq yuqoriga etgunicha erituvchi solinadi. Namuna va neytral erituvchi saqlagan piknometr harorati 200 S suv saqlagan idishga 30 daqiqaga solib qo‘yiladi. Piknometrdagi ortiqcha suyuqlik belgisigacha filtr qog‘oz lentasi yordamida tortib olinadi. Piknometrning qopqog‘i yopiladi, suv hammomidan olinib, salfetka yordamida quritiladi va keltirilgan aniqlikda tortiladi. YAna yuvilgan, quritilgan va tortilgan piknometrga etil spirti yoki boshqa neytral suyuqlik solnidi va yuqorida keltirilgan sharoitda saqlanib, ko‘rsatilgan aniqlikda tortiladi. Belgilangan hajmidagi suyuqlikning og‘irligi quyidagi tenglama bo‘yicha hisoblanadi:
Bu erda a – mahsulot tortmasi, g;
D – aniqlash uchun olingan suyuqlikning nisbiy og‘rlik, g;
b – suyuqlik solingan piknometrning og‘irligi, g.
v – aniqlanayotgan mahsulot va neytral suyuqlik bilan to‘ldirilgan piknometr og‘irligi, g.
|
| |