• Surtma holidagi mahsulotlar
  • Poroshok holidagi ruh oksidi va cho‘ktirilgan oq simob kabi moddalarni saqlamaydigan kosmetika vositalarda mexanik qo‘shimchalar va yot moddalar saqlanishini aniqlash.
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




    Download 6,71 Mb.
    bet213/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Sochiluvchan mahsulotlarni tekshirish uchun 0,5 g mahsulot tortmasi o‘lchami 7,5x2,5 sm bo‘lgan shisha (buyum oyna) yoki oq emal bilan qoplangan plastinkaning bir chetiga tekis sochiladi, plastinkaning qolgan qismiga orada bir-oz masofa qoldirilib, 0,5 g solishtirma namuna tortmasi ham solinadi va usti tekislanishi uchun boshqa buyum oyna quyib, bir oz qo‘l bilan bostiriladi va sekin, namunalar chegarasini buzmasdan ustki oyna olinadi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi etalon bilan solishtiriladi.
    Surtma holidagi mahsulotlar. Aniqlanadigan mahsulot oq emal bilan qoplangan plastinkaning bir chetiga 1-2 mm qalinlikda surtiladi, shu kabi plastinkaning boshqa chetiga etalon namuna surtiladi. Surtmalarning tashqi ko‘rinishi va rangi solishtiriladi, so‘ng surtmalar barmoq orasida ezilib, dag‘al zarrachalarni yo‘qligi (bir hilligi) va konsistensiyasi tekshiriladi.
    Izoh. 1. Surtmaning rangi teri rangiga mos kelishini solishtirish uchun, surtma va etalon namunalari qo‘l terisiga surtib ko‘riladilar.
    2. Mahsulotning suv ta’siriga barqarorligini aniqlash uchun, namlangan barmoqlar bilan bir necha marta namuna ustidan yurg‘iziladi, bunda barmoqlarda sezilarli iz qolmasligi kerak.
    3. Lakning barqarorligini va qotish vaqtini aniqlash uchun mahsulot va etalon namunalari tirnoqlarga ikki marta surtiladi.
    Poroshok holidagi ruh oksidi va cho‘ktirilgan oq simob kabi moddalarni saqlamaydigan kosmetika vositalarda mexanik qo‘shimchalar va yot moddalar saqlanishini aniqlash.
    a) 1-2 g texnik torozda tortilgan mahsulot tortmasi 10 ml benzol yoki toluolda eritiladi, so‘ng eritma ustiga 10 ml 1:1 nisbatdagi glitserin suvli aralashma qo‘shiladi va suv hammomida erigunicha isitiladi. Eritma standart probirkaga o‘tkaziladi va ko‘riladi. YUqori benzol va papstki glitserin qatlamlari mexanik aralashmalarini saqlamasligi kerak.
    b) og‘zi zich yopiladigan va oldindan hlorid kalsiy yordamida quritilgan 100 ml li o‘lchov silindrga 40 ml benzin va 10 ml eritib suyultirilgan holdagi aniqlanadigan mahsulot solinadi. Aralashma 500 S haroratgacha suv hammomida isitiladi, yaxshilab chayqatiladi va yana 30 daqiqaga 500 S suv hammomiga qo‘yiladi va so‘ng salfetka bilan quritib, ko‘riladi. Bunda silindr tagidagi eritma hira tortmasligi va cho‘kma hosil bo‘lmasligi kerak.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

    Download 6,71 Mb.