|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 211/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeSuyuq pudralar – bu oddiy pudralarni suvli-glitserinli eritmasida, oz miqdorda spirt qo‘shish bilan tayyorlanadigan mahsulot. SHuningdek yog‘simon komponentlar – spermatset, stearin kislotasi, parfyumer moyi, glitserin monostearat va boshqalar qo‘shiladi. Suyuq pudralar tayyorlanadigan idishlar “romli” aralashtirgich bilan ta’minlangan bo‘ladi.
Pudralar konsistensiyasiga qarab suyuq mahsulotlar quyiladigan apparat yordamida idishlarga qadoqlanadi yoki bu maqsadda “tuba” to‘latuvchilar ishlatiladi agar mahsulot qovushqoq bo‘lsa.
Krem-pudralar yoki tonal-kremlar – bu murakkab tarkibli emulgo-suspenziyalar (ya’ni kolloid sistemalar) bo‘lib, teri nuqsonlarini berkitish va teriga sog‘lom va xushro‘y rang beruvchi kosmetik vosita.
Krem-pudralar tarkibida katta ahamiyatga ega bo‘lgan sirt faol moddalar (SFM) bor, ular mahsulotni sifatini belgilaydi. Texnologiyasi suyuq pudralarnikiga o‘xshash bo‘lib, bunda bir jarayon bo‘yovchi moddalar suspenziyasini olishdir.
Tushuntirish matni
Turli terilarga mo‘ljallangan sochiluvchan pudralar tarkibi va texnologiyasi:
1. Quruq teri uchun mo‘ljallangan sochiluvchan quruq pudra:
Tarkib: Magniy karbonat 1,0
Kraxmal 2,0
Talk 5,0
Ruh oksidi 2,0
Texnologiyasi: Ishlab chiqarish korxona sharoitida pudralarni tayyorlash uchun tarkibda keltirilgan moddalar alohida-alohida maydalanadi, so‘ng tarkib komponentlari aralashtiriladi va teshigining diametri 20-60 mkm li elakdan o‘tkaziladi. Tayyor bo‘lgan pudralarni sifati baholanadi va qadoqlanadi.
Dorixonada tayyorlanadigan pudralar umumiy poroshoklar texnologiyasi bo‘yicha olish mumkin: hovonchaga talk solinib maydalanadi, so‘ng talkdan 1,0 g hovonchada qoldiriladi, ustiga 1,0 g magniy karbonat solib aralashtirib maydalanadi, oz-ozdan aralashmaga 2,0 ruh oksidi va 2,0 g kraxmal qo‘shib boriladi, ohirida maydalangan talk qo‘shiladi. Tayyor bo‘lgan pudra elanganidan so‘ng (60-80 mkm li elak) sifati baholanadi va jihozlanadi.
2. Quruq teri uchun mo‘ljallangan sochiluvchan yog‘li pudra:
Tarkib: Magniy karbonat 1,0
Kraxmal 2,0
Talk 4,0
Ruh oksidi 3,0
Lanolin 0,5
Texnologiyasi: Ishlab chiqarish korxona sharoitida pudralarni tayyorlash uchun tarkibda keltirilgan moddalar alohida-alohida maydalanadi, so‘ng tarkib komponentlari aralashtiriladi va teshigining diametri 20-60 mkm li elakdan o‘tkaziladi. Tayyor bo‘lgan pudraga eritilgan lanolin qo‘shilib, bir xil sochiluvchan massa hosil bo‘lgunicha aralashtiriladi. Pudrani sifati baholanadi va qadoqlanadi.
Dorixonada tayyorlanadigan pudralar umumiy poroshoklar texnologiyasi bo‘yicha olish mumkin: hovonchaga talk solinib maydalanadi, so‘ng talkdan 1,0 g hovonchada qoldiriladi ustiga 1,0 g magniy karbonat solib aralashtirib maydalanadi, oz-ozdan aralashmaga 3,0 ruh oksidi va 2,0 g kraxmal qo‘shib boriladi, oxirida maydalangan talk qo‘shiladi. Pudra elanadi (60-80 mkm li elak) CHinni kosachada lanolin suv hammomida eritiladi va issik hovonchaga o‘tkaziladi va oz-ozdan tayyor bo‘lgan pudra qo‘shilib bir xil sochiluvchan massa hosil bo‘lgunicha aralashtiriladi. Pudrani sifati baholanadi va jihozlanadi.
3. Quruq teri uchun mo‘ljallangan sochiluvchan yog‘li pudra:
Tarkib: Ruh oksidi 5,0
Kaolin 5,0
Kraxmal 5,0
Vazelin 0,5
Texnologiyasi: Ishlab chiqarish korxona sharoitida pudralarni tayyorlash uchun tarkibda keltirilgan moddalar alohida-alohida maydalanadi, so‘ng tarkib komponentlari aralashtiriladi va teshigining diametri 20-60 mkm li elakdan o‘tkaziladi. Tayyor bo‘lgan pudraga eritilgan vazelin qo‘shilib, bir xil sochiluvchan massa hosil bo‘lgunicha aralashtiriladi. Pudrani sifati baholanadi va qadoqlanadi.
Dorixonada tayyorlanadigan pudralar umumiy poroshoklar texnologiyasi bo‘yicha olish mumkin: hovonchaga ruh oksidi, kaolin va kraxmal 5,0 g dan solinib, maydalanadi va aralashtiriladi. Pudra elanadi (60-80 mkm li elak). CHinni kosachada vazelin suv hammomida eritiladi va issik hovonchaga o‘tkaziladi va oz-ozdan tayyor bo‘lgan pudra qo‘shilib bir xil sochiluvchan massa hosil bo‘lgunicha aralashtiriladi. Pudrani sifati baholanadi va jihozlanadi.
4. YOg‘li terilar uchun pudralar:
Tarkib: Guruch kraxmali 3,0
Talk 6,0
Ruh oksidi 1,5
Texnologiyasi: Ishlab chiqarish korxona sharoitida pudralarni tayyorlash uchun tarkibda keltirilgan moddalar alohida-alohida maydalanadi, so‘ng tarkib komponentlari aralashtiriladi va teshigining diametri 20-60 mkm li elakdan o‘tkaziladi. Tayyor bo‘lgan pudralarni sifati baholanadi va qadoqlanadi.
Dorixonada tayyorlanadigan pudralar umumiy poroshoklar texnologiyasi bo‘yicha olinishi mumkin: hovonchaga talk solinib maydalanadi, so‘ng talkdan 1,0 g hovonchada qoldiriladi ustiga 1,5 g ruh oksidi solib aralashtirib maydalanadi, oz-ozdan aralashmaga 3,0 g kraxmal qo‘shib boriladi, oxirida maydalangan talk qo‘shiladi. Tayyor bo‘lgan pudra elanganidan so‘ng (60-80 mkm li elak) sifati baholanadi jihozlanadi.
Tibbiyot amaliyotida qo‘llaniladigan davolovchi pudralar:
1. Oling: Talk 80,0
Ruh oksidi 10,0
Kraxmal 10,0
Bering. Belgilang. Bolalar upasi (sepmasi).
Jitnyuk upasi: 1-tarkib
2.Oling: Streptotsid 60,0
Glyukoza 135,0
Tetratsiklin gidroxlorid 5400000 TB
Kseroform 45,0
Anestezin 15,0
Borat kislotasi 15,0
Bering. Belgilang. Antiseptik, yotgan bemorlar yarasiga sepish uchun upa.
Jitnyuk upasi: 2-tarkib
3.Oling: Streptotsid 20,0
Borat kislotasi 5,0
Anestezin 20,0
Qand 50,0
Bering.Belgilang. Antiseptik, og‘riq qoldiruvchi. YOtgan bemorlar yarasiga sepish uchun upa.
Terlashga qarshi oyoq uchun upa:
4.Oling: Achchiqtosh 4,5
Borat kislotasi 4,5
Talk 1,0
Bering. Belgilang. Oyoq terlashiga qarshi upa.
5. Oling: Tanin 2,0
Ruh oksidi 30,0 g gacha
Aralashtiring. Bering. Belgilang. Ekzemani davolash uchun upa.
6. Oling: Ruh oksidi 5,0
Talk 5,0
Kraxmal 5,0
Oq gil 5,0
Eozin 0,05
Bering. Belgilang. Pushti rangli pudra.
Pudralarni sifatini baholash
Sifatli pudraga quyidagi ist’emol talablari qo‘yiladi:
a) Sochiluvchan pudralar
yupqa dispers, mayin bo‘lishi kerak;
antiseptik moddalar saqlashi kerak;
yuzga tekis ko‘rinish berishi va nur qaytaradigan mayda zarrachalar tarkibida saqlashi kerak;
yupqa bir tekis qatlam hosil qila olishi kerak;
gigroskopik xossaga ega bo‘lib, teri ishlab chiqargan ter va yog‘larni yaxshi yutib olishi kerak;
yuz teriga mayinlik berishi kerak.
b) Kompakt pudralar:
teri chiqargan ter ta’sirida qoraymasligi kerak;
teriga surtilganida «qizig‘ish-olovrang» dog‘lar hosil qilmasligi kerak;
terini quritib yubormasligi kerak;
teriga surtilganida “ko‘rinishi” kerak.
Pudralarni jihozlash
Pudralar shisha, plastmassa idishlarga, karton korobkalarga yoki polietilen plyonka bilan qoplangan qog‘oz paketlarga (DTST 10354 bo‘yicha) jihozlanadi. Jihozlar birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. Sifatli pudralar jihozida mahsulot nomi, pudraning tarkibi, ishlab-chiqaruvchi to‘g‘risida ma’lumot (nomi, manzili, tovar belgisi va h.k.), rangi yoki toni, navi, ishlab chiqarilgan vaqti ko‘rsatilishi kerak. Agar pudra qadoqlangan idish qopqog‘i tiniq bo‘lib, pudrani rangini ko‘rsatib tursa, unda jihozda rangi ko‘rsatilmasligi mumkin
Kompakt pudralarning idishi chiroyli, bejirim, olib yurish uchun qulay, yassi, oson ochiladigan bo‘lishi kerak. Kompakt pudralar metall (TSH 18-16-91), plastmassa (TSH 18-16-351) idishlarga presslanadi. Idish to‘nqarilganida pudrenitsadan pudra presslangan idish tushib qolmasligi kerak.
Sochiluvchan pudra saqlagan idish usti sellyuloza parda (DTST 7730) bilan qoplangan bo‘lishi lozim. Agar sochiluvchan pudra plastmassa idishga joylashgan bo‘lsa, idish qopqog‘i tagida doira shakldagi plastmassa bo‘lakcha qo‘yiladi.
Sochiluvchan pudralarni hajmi va kompakt pudralarni massasining chetlanishi ±5% dan oshmasligi lozim. Massasi 15,0 g gacha bo‘lgan va paketlarga joylashtirilgan pudralarning massasining chetlanishi ±1,0 g dan oshmasligi kerak.
Pudralarni saqlanishi. Kosmetik niqoblovchi vositalarni saqlanish muddati 12-18 oy, demak, pudralar ishlab chiqilganidan so‘ng 12-18 oy, eng uzog‘i bilan 48 oy (4 yil) saqlanishi mumkin. Pudra ishlab chiqarilgan sana albatta mahsulot jihozida ko‘rsatilishi shart.
Krem-pudralarni esa 6-12 oy mobaynida saqlash mumkin.
|
| |