|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 214/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeMahsulotning hidini aniqlash. Kosmetika mahsulotlarning hidini aniqlash uchun organoleptik usuldan foydalanadilar: tayyor mahsulot tasdiqlangan retseptura bo‘yicha tayyorlangan etalon namuna bilan solishtiriladi.
Suyuq mahsulotlarning hidi organoleptik usulda aniqlash uchun qalin qog‘ozdan to‘rt burchak shaklda qirqib olinadi (10x160 mm), ushbu qog‘ozning 1/3 qismi mahsulotga botirib olinadi, so‘ng qog‘oz burun oldida bir necha marta silkitiladi.
Suyuq ignabargli hidga ega mahsulotlarning hidini aniqlash. Ignabargli ekstrakt qarag‘ay ekstraktidan farqli xushbo‘y moddalarni spirtli eritmasi bo‘lib, uni tayyorlash uchun 1 ml ekstrakt 25 ml 90-95% spirtda eritiladi, so‘ng hosil bo‘lgan eritmaning 1 ml 400 ml suv bilan aralashtiriladi. 300 S haroratdagi eritmada aniq ravishda ignobargli ekstrakt hidi sezilishi lozim (“Lesnaya voda”).
Sochiluvchan va surtma holidagi mahsulotlar va etalon namunalari hidini organoleptik usulda aniqlash uchun 1-2 mm qalinlikda alohida shisha plastinkalarga surtiladi va hidlab ko‘riladi.
Izoh. Mahsudot va etalon namunalarni hidini o‘rganish uchun 0,2 ml dan o‘lchami 2x5 sm li dokaga surtib, so‘ng aniqlash ham mumkin.
Quruq ignabargli hidga ega preparatlarning hidini o‘rganish uchun 1,5 g quruq preparat 300 S haroratdagi 1000 ml suvda eritilganida aniq ignabargli ekstrakt hidi sezilishi lozim.
Sochiluvchan mahsulotda vodorod pH ko‘rsatkichini aniqlash. Sochiluvchan moddalarning suvli yoki spirtli eritmalarida muhit pH ni aniqlash uchun eritmaga fenolftalein yoki metiloranj indikatorlarini tomizish, shuningdek Davlat Farmakoeyasining XI-nashri, 1 jildida keltirilgan potensiometrik usuldan foydalanish mumkin.
Indikatorlar mahsulot eritmasiga qo‘shilganida pushti rang hosil bo‘lmasa yoki rang hosil bo‘lmaganda boshqa tajribalarda mahsulot eritmasiga indikator qo‘shib, uni 0,1 M ishqor (fenolftalen uchun) yoki 0,1 M kislota (indikator metiloranj) eritmalari bilan titrlansa, neytrallashga sarf bo‘ladigan titrli eritmaning hajmi 1-2 tomchidan oshmasligi kerak.
Namuna olish tartibi:
a) 5,0 g atrofidagi 0,01 g gacha aniqlikda tortilgan mahsulot tortmasi teskari sovitgich bilan ta’minlangan konussimon kolbaga solinadi, namuna ustiga 25 ml dastalb neytrallangan 96% li etil spirti solinadi va eritma 10 daqiqa suv hammomida qaynatiladi va alohida tajribalarda yuqorida keltirilgan indikatorlar qo‘shiladi.
b) 5,0 g atrofidagi 0,01 g gacha aniqlikda tortilgan mahsulot tortmasi teskari sovitgich bilan ta’minlangan konussimon kolbaga solinadi, namuna ustiga 25 ml tozalangan suv quyiladi va eritma 10 daqiqa suv hammomida qaynatiladi va sovitib, filtrlanadi. Filtratlar ikki qismga bo‘linib, alohida tajribalarda ajratilgan namuna eritmasining qismlarida yuqorida keltirilgan indikatorlar qo‘shiladi.
Izoh. 1. Xushbo‘y glitserinda aniqlash mahsulotning o‘zida bajariladi.
2. Natriy tetraborat glitserin eritmasida kislotali muhit hosil qilishini esda tutish lozim.
|
| |