|
Mikrokapsulalar texnologiyasida qo‘llaniladigan yordamchi moddalar
|
bet | 92/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeMikrokapsulalar texnologiyasida qo‘llaniladigan yordamchi moddalar
Yuqoridagi qo‘yilgan maqsadga muvofiq mikrokapsulalardagi ikki xil qobiq hosil qilish hisobiga erishish mumkin.
1.Qobiq hosil qiluvchi modda yoki ularga ishlatiladigan erituvchilar mik-rokapsula tarkibiga shimilmay faqat ma’lum sharoitda yoxud bosimda ichak-oshqozon sistemasining ma’lum joyida eriydi yoki parchalanadi;
2.Oshqozonda erimaydigan va parchalanmaydigan, lekin suv, me’da shirasi, dori moddani o‘tkazadigan qobiq.
1- guruhli mikrokapsula tarkibidagi dorilarni ajratib chiqarish uchun ularning qobiqlarini eritish yoki tashqi muhitni ta’sir ettirish kerak. Bu turdagi qobiqlar suvda eruvchan polimerlardan (jelatin shu kabilar) tashkil topadi.
2 - guruhdagi mikrokapsula qobiqlari oshqozon-ichak yo‘llarida erimay tarkibidagi dorilarni diffuziya orqali chiqaradilar. Bunday qobiqlarni hosil qilish uchun tabiiy va sun’iy moddalar, ayniqsa polimerlar ishla-tiladi. Ular suvda eruvchan va suvda erimaydigan guruhlarga bo‘linadi.
Suvda eruvchanlari Suvda erimaydiganlari
jelatin kauchuk
gummiarabik silikonlar
kraxmal etilsellyuloza
polivinilpirrolidon (PVP) atsetilsellyuloza
KMS polietilen
polivinil spirti polipropilen
polimetakrilat poliamid va lipid moddalar(parafin,
spermatset,mum, stearin kislotasi,
palmitin kislotasi
Spirtlar ham ishlatiladi: setil, stearil, lauril. Enterosolyubillash birikmalaridan: shellak, zein, sellyulozaning atsetoftalat hosilasi, atsetobutirat, atsetosuksinat hosilalari ishlatiladi.
Mikrokapsulalarni olish asosiy usullari
Mikrokapsulalar texnologiyasi. Mikrokapsulalar korxonalarda tayyorlanib, ularni olish fizikaviy, fizik-kimyoviy va kimeviy usullarga bo‘linadi.
Bu usullar dori moddani qobiqlab bir-biridan ajratib turishga asoslangan bo‘lib, qobiq kimyoviy reaksiyalar yordamida polimerlash yoki mexanik ravishda qoplash hisobiga hosil qilinadi.
Hozirgi vaqtda vitaminli, antibiotikli, uyqu keltiruvchi preparatlar, yurak tomir antigistaminli preparatlar bilan mikrokapsulalar chiqariladi. Mikrokapsula dori turlari poroshok, tabletka, emulsiya, osilma, surtma dori, spansula holida va to‘g‘ri ichakka yuborishga mo‘ljallanib chiqarilmoqda.
|
| |