• 16-Ma’ruza Mavzu: Magnit orqali boshqariladigan sistemalar, glikoproteidlar, antitelalar Ma’ruza maqsadi
  • Ma’ruzaning qisqacha matni
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




    Download 6,71 Mb.
    bet100/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Liposomalar va kosmetologiya
    Liposomalarning ishlatilishining yana bir sohasi - kosmetologiya.
    1987 yilda yirik kosmetik firmalari "Kristian Dior" va “L ,Oreal” birinchi bo‘lib liposomalar yordamida kosmetik vositalarni taklif etishgan. "Kristian Dior" firmasi birinchi bo‘lib "Kaptyur" nomli, “L Oreal” firmasi esa “Niosomы” nomli liposomalar saqlagan gel( krem) yaratishgan. "Kaptyur" kremini yaratishda liposomalar tarkibida timusning ekstrakti, har xil biofaol moddalar (peptidlar-kollagen, elastin) kiritilgan bo‘lib, taklif etilgan liposomal krem ajinlarni yuqotish uchun mo‘ljallangan. YAratilgan liposomal kremlar, epidermisni tashkil qiluvchi hujayra membranalari bilan birikib, unga biofaol moddalarni beradi va natijada ajinlarni kamayishi kuzatiladi. Deyarli 20 yil davomida liposomalarasosida tayyorlangan kosmetik vositalarni soni bir necha yuzdan oshdi va yildan yil ularning soni kengaymoqda. Hozirgi vaqtda krem va gelladan tashqari liposomalar boshqa kosmetik vositalarda keng qo‘llaniladi: lab pomadalari, duxi, soch uchun konditsionerlar va sh.o‘.. Ularning afzalligi –ta’siri davomli va samaradorli.
    16-Ma’ruza
    Mavzu: Magnit orqali boshqariladigan sistemalar, glikoproteidlar, antitelalar


    Ma’ruza maqsadi: Magnit orqali boshqariladigan sistemalar, glikoproteidlar, antitelalar tarkibi va nomenklaturasini bilish
    Tayanch atama va iboralar:Magnit orqali boshqariladigan sistemalar, glikoproteidlar, antitelalar, nomenklatura
    Reja:
    1. Magnit orqali boshqariladigan sistemalar (MOBS) haqida tushuncha, ularni barpo etish zaruriyati.
    2. Magnit maydonining manbalari
    3.Magnit xususiyatga ega bo‘lgan materiallar (magnitli to‘ldiruvchilar) ta’rifi, turlari.
    4.Magnitli dori turlarining ta’rifi, tasnifi
    5. Magnitli dori turlari texnologiyasining o‘ziga xosligi.
    6. Glikoproteidlar va antitelalar yordamida dorilarni tanada yo‘naltirish.


    Ma’ruzaning qisqacha matni:
    Tanada dorivor moddalarni kerakli a’zolarga va to‘qimalarga yo‘naltirish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
    1 - passiv yo‘l bilan etqazish;
    2-aktiv ( faol) yo‘l bilan etqazish.
    1- passiv, ya’ni sustkashlik bilan etqazishda dorivor moddani tarqalishi asosan tashuvchi vositani fizik-kimyoviy xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
    2- aktiv, ya’ni faollashtirilgan etqazishda bu jarayon har hil tashqi omillar yordamida (masalan magnit maydoni yordamida) tartibga solinib turiladi.
    Oxirgi yillarda tashqi omil sifatida magnit maydonini qo‘llash maq-sadga muvofiqligi tasdiqlandi. Magnit maydoni yordamida boshqariladigan ( magnitli) diagnostik va davolovchi preparatlarni yaratish va ishlatish dolzarb muammo. Magnitli dori turlarini yaratish quyidagi masalalarni echilishiga imkoniyat beradi:
    1. rentgenologik tekshirishlarni o‘tkazish;
    2. mikrotsirkulyasiya va qon aylanish tezligini aniqlash;
    3. a’zolarga dorivor moddalarni yo‘naltirilgan ravishda etkazish;
    4. shikastlangan a’zo yoki to‘qimalar yonida dorivor "depo"larni hosil qilish va dori moddalarni uzaytirilgan ta’sirini ta’minlash.
    Undan tashqari, magnit maydoni qator tibbiy muammolarni echishda ham yordam beradi:
    -magnit maydoni ta’siri yordamida jarroxlikda choksiz ulash;
    -tanadan yot, metal tabiatli moddalarni chiqarish;
    -ko‘krak deformatsiyasini magnitoxirurgik usulda davolash.
    Oxirgi yillarda magnit maydonini klinik tibbiyotda ishlatilishi o‘sib bormoqda. Buni magnit maydonning odam organizmiga ijobiy biologik ta’sir ko‘rsatishiga bog‘liqdir.
    Hozirgi vaqtda magnit maydoni qator biologik ta’sirga ega ekanligi aniqlangan:

    • magnit maydoni yallig‘lanish jarayonini kamaytiradi;

    • sedativ, gipotenziv, og‘riq pasaytiruvchi xususiyatlarga ega;

    • magnit maydonning antimikrob ta’siri mikroorganizmlarning ferment sistemasini ishdan chiqarish bilan bog‘liq;

    • magnit maydoni turli asab kasalliklarni ( vegetativ polinevritlar, umurtqa pog‘onasi osteoxondrozlari) davolashda qo‘llaniladi;

    • pereferik tomirlarda qon va limfa aylanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;

    • peroral magnitli dori turlari yordamida oshqozon-ichak kasalliklarni davolash;

    • magnit maydonining ta’siri natijasida to‘qimalarni trofikasi (oziqlanishi) va mikrotsirkulyasiya, regeneratsiya jarayonlari faollashadi;

    • magnit maydoni immun sistemasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Shu xususiyatlariga ko‘ra, oxirgi yillarda “magnitofarmakologiya” – tibbiyotning bir yo‘nalishi shakllandi.
    Magnit maydoni xirurgiya, stomatologiya, kardiologiya, travmatologiya sohalarida keng qo‘llaniladi. Lekin magnit maydonining asosiy afzallik tomoni (farmatsiya sohasiga tegishli)- bu dori moddalarni tanada tashish, ya’ni ma’lum bir kerakli joyga eltib etqazishda yordam berish.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

    Download 6,71 Mb.