|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 103/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeMagnitli mikrokapsulalarni yaratish maqsadi ularni tananing kerakli joylariga yig‘ilishini ta’minlash. Magnitli mikrokapsulalarni olishda dorivor moddalar bilan birgalikda mikrokapsularning ichiga yoki ularning qobig‘iga magnitli zarrachalar kiritiladi.
Masalan, albuminli magnitli mikrosferalarni (ferritlar asosida) ishlatish tavsiya etiladi. Hozirda miorelaksantlar, antibiotiklar (masalan mitomitsin S saqlovchi, etilsellyuloza polimeridagi) saqlovchi magnitli mikrokapsulalari yaratilgan.
Magnitli mikrokapsulalar ta’sir etuvchi moddani tananing kerakli qismida yuqori konsentratsiyasini ta’minlashga imkoniyat beradi.
Magnitli liposomalar. Magnitli liposomalarni olinishi ularning lipid qavatlariga magnit zarrachalarini kiritishga asoslangan bo‘ladi. Masalan, o‘z tarkibida ditilin (adrenomimetik modda) saqlovchi liposomalar jarroxlikda qo‘llash uchun taklif qilingan.Ditilin mushaklarni bo‘shashtiruvchi xususiyatga ega, lekin oddiy dori turlarida ( in’eksiya) tanaga yuborilsa, nafas olish jarayoni qiyinlashadi. Bunga sabab- ditilin nafas olish mushaklariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ditilindan liposomalar yaratish jarayonida lipid qobig‘iga magnit zarrachalarini kiritish, ularni tanada (magnit maydoni yordamida) kerakli a’zolarni yonida yig‘ilishini ta’minlanadi. Shunda ditilinning ta’siri faqat kerakli mushaklarga qaratilgan bo‘ladi va nafas olish jarayoniga salbiy ta’siri kuzatilmaydi.
Demak, MOB dori turlarini qo‘llash dorivor terapiyani samaradorligini oshirib, dorilarning salbiy ta’sirini kamaytirish imkoniyatni ham beradi.
Magnit maydonining va magnit to‘ldiruvchilarning odamning organizmiga ko‘p tomonlama ijobiy ta’sirini hisobga olib, ularni faqatgina yo‘nal-tirilgan dorilarni yaratishda emas, balki dori turlarini sama-radorligini oshirish ko‘zda tutiladi. Bunga misol sifatida har xil sirtga ishlatiladigan yumshoq magnitli dori turlarini keltirish mumkin.
Magnitli surtmalar. Magnitli surtmalar ham dorivor terapiyada oxirgi yillarda qo‘llanilmoqda. Magnitli surtmalarni tayerlashda birinchi bosqichda magnitli pasta konsentrat ( MPK) olish lozim. Maxsus MPK har xil surtmalarni tayerlash uchun ishlatiladi. Magnit zarrachalari agregatsiyaga uchrashlari oqibatida, surtmalarni birhilligini ta’minlash imkoniyati bo‘lmaydi. MPKni oldindan tayyorlash maqsadi- magnitli to‘ldiruvchini dispersligini va asos bilan bir tekisda aralashishini ta’minlash. MPK olishda turli SFM qo‘llaniladi.
MPK tarkibi 56% kolloid magnetit, 44% olein kislota va vazelin moyining aralashmasidan (1:1) iborat. Magnetitning turg‘unligi uning zarrachalarini olein kislotasi bilan qoplanganligi oqibatida ta’minlanadi. Hosil bo‘lgan MPK keyinchalik har xil asoslar bilan aralashtirilishi mumkin va turg‘un dispers sistemani hosil bo‘lishini ta’minlaydi.
Misol sifatida 5% metiluratsil va 1% dioksidin tarkibli magnitli surtmaning keltirish mumkin. Ushbu surtmaning tayerlanishi kuyidagi bosqichlardan iborat:
1.Vazelin -lanolin tarkibli asosni tayerlash;
2.Asosnig bir qismiga ta’sir etuvchi moddalarni qo‘shish;
3.Hosil bo‘lgan aralashmaga MPK qo‘shib, asosning qolgan qismi bilan gomogenlashtirish;
4.Sterillash (gamma nurlari bilan).
Surtmaning 1,5 yil davomida turg‘unligi ta’minlanadi.
Taklif etilgan magnitli surtmaning samaradorligi tarkibiga magnitli zarrachalar kiritilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu surtma, ichak sistemasidagi operatsiyalar oqibatida sodir bo‘lgan svishlarni ichiga surtilib, ularni tez bitishiga yordam beradi. Surtma magnitli xususiyatga ega bo‘ganligi uchun, uni svishlarni ichida, magnit maydoni yordamida, harakatlantrish imkoniyati tug‘iladi. Undan tashqari, magnetit o‘zi ham bakteritsid va bakteriostatik xususiyatlarga ega bo‘lganligi uchun, svishlarning tez yopilishiga sabab bo‘ladi.
Biofarmatsevtik tekshirishlar natijalari ushbu magnitli surtmaning samaradorligini tasdiqlangan.
|
| |