|
Maxsus dori turlarini biosamaradorligiga ta’sir etuvchi omillar
|
bet | 106/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeMaxsus dori turlarini biosamaradorligiga ta’sir etuvchi omillar
Dori turini organizmga so‘rilish tezligiga farmatsevtik omillar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Farmatsevtik omillarga dori moddalarning kristallik shakli va kimyoviy holati, dori turi, yordamchi moddalar, dori turini tayyorlashda qo‘llaniladigan texnologik jarayonlar va x.k. kiradi.
Fizik-kimeviy xossalaridan dori moddalarning kristallik shakli ularning so‘rilishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatish mumkin. Moddalarni turli kristallik shaklida bo‘lishi –polimorfizm.Atsetilsalitsil kislota 3 xil kristallik shaklga ega. Bular bora-bora o‘z shaklini yo‘qotadi. Ularni olishda tashqi muhit, harorat, bosim ta’sir ko‘rsatadi.
Disperslik qattiq dispers moddalar kukunlarini sochiluvchanlik va epishqoqligini belgilaydi. Maydalik darajasi qancha kichik bo‘lsa dori modda shuncha tez so‘riladi va qondagi konsentratsiyasi ko‘payadi.
Dori turlari. Dori moddalarni yuborish og‘iz orqali, to‘g‘ri ichakka va in’eksiya orqali olib boriladi. Masalan to‘g‘ri ichakka yuborilgan dori moddalar 7 daqiqadan keyin so‘rila boshlaydi.Og‘iz orqali yuborilgan dorilar 30 daqiqa keyin so‘rila boshlaydi, qon tomir orqali yuborilgan dori moddalar 1-2 daqiqa vaqt ichida ta’siri yuzaga chiqadi.
Biofarmatsiya ta’limotiga muvofiq dori turini tayyorlashda qo‘llaniladigan yordamchi moddalarni befarq deb bo‘lmaydi. Ular ma’lum darajada dori moddalarining dori turidan ajralib chiqish va so‘rilish teeligiga ta’sir ko‘rsatadi. Dori turini tayyorlashda tanlab olinadigan yordamchi moddalar har bir dori modda uchun o‘ziga mos bo‘lishi lozim.
Ta’sir qiluvchi modda bilan yordamchi modda o‘zaro birikib, kompleks birikma hosil qilishi, dori moddani yordamchi moddaga adsorbsiyalanishi natijasida so‘rilish tezligi o‘zgarishi mumkin.
Adabiyotlarda yordamchi moddalarning dori turini biosamaradorligiga ta’siri ko‘rsatilgan ilmiy ishlar ko‘p uchraydi. Masalan, fenobarbitalga PEO-400 qoshib tayyorlangan tabletka va shamchada suvda yomon eriydigan kompleks birikma hosil qiladi, natijada fenobarbitalning so‘rilishi keskin yomonlashadi. SHunday dori turlarini natriy barbital bilan tayyorlansa, PEO-400 dorini biosamaradorligiga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Ikkilamchi kalsiy fosfat bilan tayyorlangan tetratsiklin tabletkasi ichakda umuman so‘rilmaydigan birikma hosil qiladi.
Demak, har bir dori turi uchun ishlatiladigan yordamchi modda biofarmatsevtik nuqtai nazardan baholanishi lozim, chunki deyarli yordamchi moddalarsiz, u yoki bu dori turi tayyorlanmaydi.
Dori turini tayyorlashda qo‘llaniladigan texnologik jarayonlarga maydalash, namlash, quritish, donadorlash, presslash va x.k.lar kirib, dorilarni turg‘unligiga, sifatiga va biosamaradorligiga ta’sir etishi mumkin. Nam donadorlash usuli ishlatilganda ayrim dorilarni faolligi pasayishi tajribalar asosida isbotlangan. Rauvolfiya alkaloidini donadorlashda bog‘lovchi modda sifatida suv, 90% li etil spirti ishlatilsa, alkaloid yo‘qolishi kuzatilgan.
Presslash bosimining ham biofarmatsevtik ko‘rsatkichlarga ta’siri stafilokokk anatoksini misolida ko‘rish mumkin. 100 MPa bosimda olingan tabletkaning faolligi 100% deb qabul qilinsa, 250 MPa bosimda olinganini faolligi 16% ga kamayishi tegishli adabiyotlarda keltirilgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri presslab olingan tabletkalarni biosamaradorligi nam donadorlash usulida olinganga nisbatan yuqori bo‘lishi tajribalar asosida isbotlangan.
Dori turi va ularni yuborish usullari, dori moddalarning fizik va kimyoviy holatlari ham dorilarning biosamaradorligiga, sifatiga va turg‘unligiga ta’sir ko‘rsatishi tegishli adabiyotlarda keltirilgan.
Farmatsevtik omillarni hisobga olmaslik dori turida terapevtik nomutanosiblikni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Masalan, har xil seriyada, lekin dozasi bir xil bo‘lgan butamid tabletkasini erish va qondagi miqdorini kamaytirish qobiliyati bir xil emasligi isbotlangan.
Shunday qilib, farmatsevtik omillarni o‘rganish amaliy ahamiyatga ega, chunki MTH va adabiyotlarda keltirilgan tarkib va texnologiyani to‘g‘riligi biofarmatsevtik nuqtai nazaridan baxolanishi keltirilmagan. Ular to‘liq terapevtik samara bermay, nobioekvivalentlikka sabab bo‘lishi mumkin.
|
| |