Maxsus dori turlarini biosamaradorligini aniqlash




Download 6,71 Mb.
bet107/316
Sana16.01.2024
Hajmi6,71 Mb.
#138330
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   316
Bog'liq
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

Maxsus dori turlarini biosamaradorligini aniqlash
1974 yilda "biosamaradorlik testi" tushuncha Butunjaxon sog‘liqni saqlash tashkilotining 17-assambleyasida qabul qilinib, 1983 yildan boshlab shu tashkilotning tavsiyasi bilan tibbiyotga ruhsat etish uchun tavsiya etilayotgan hamma dori preparatlarning biosamaradorligi aniqlanishi lozim deb qabul qilindi.
Biosamaradorlik testini aniqlash in vitro va in vivo tajribalar yordamida olib boriladi. Bunda so‘rilish tezligi (biosamaradorlik) preparatning biosuyuqlikda maksimal konsentratsiyasining hosil bo‘lish vaqti bilan ifodalanadi; so‘rilish darajasi esa taklif etilgan va andoza (standart) dori turlarining so‘rilgan dori miqdoriga nisbati bilan ifodalanadi.
Ammo bu ko‘rsatgichlar so‘rilish to‘liq bo‘lganligi yoki bo‘lmaganligini ifodalab bera olmaydi. Bunda farmakokinetik yoki farmakodinamik usullar yordam beradi.
Farmakokinetika organizm yoki biologik suyuqlikda dorivor moddalarni ma’lum vaqt ichida sifat va miqdoriy ko‘rsatgichlarini o‘zgarishini o‘rganadi. Bunda eng asosiy ko‘rsatgichlardan biri bu dorivor moddaning biosuyuqlikdagi maksimal konsentratsiyasini aniqlash va uning pasayishini kuzatishdir. Bunda tekshirilayotgan dori shakli bilan standart taqqoslanadi.
Biologik samaradorlik darajasi foiz (%) bilan ifodalanadi:
V
BS = ----- x 100,
A
BS - biologik samaradorlik darajasi, %.
A - standart dori shaklidagi preparatni yuborilganida organizmga so‘rilgan preparat miqdori, mg/ml.
V - tekshiralayotgan dori shaklining yuborilganida organizmga so‘rilgan preparat miqdori, mg/ml.
So‘rilish darajasi - bu kinetik egri chiziq tegidagi aniqlanadigan va standart dori shaklidagi dorilardan so‘rilgan dorivor moddalar maydoni mutanosibligigga aytiladi.
Biosamaradorlik testi tirik organizmlarda olib boriladi va aniqligi bilan ajralib turadi, ammo ular murakkab va uzoq vaqt talab etganligi uchun ishlab chiqarishda kam qo‘llaniladi.
Shu sababli Butun Jaxon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tavsiyasi bilan biosamaradorlikni instrumental - in vitro usuli qo‘llanila boshlandi. In vitro usullari orasida eng ko‘p ko‘llaniladigan dializ, "aylanadigan kajava" va "aylanadigan kolba" usullaridir.
"Aylanadigan kajava" usuli qattiq dori turlaridan biofaol ajralib chiqishini aniqlashda qo‘llaniladi va XI DFga rasmiy usul sifatida kiritildi.
Biosamaradorlikni aniqlash bo‘yicha ko‘proq izlanishlar erimaydigan yoki qiyin eriydigan dorivor moddalar bilan olib borilgan.
Shuni alohida qayd etish lozimki, har doim ham in vitro va in vivo tajribalari asosida olingan ko‘rsatkichlar bir- biriga mos kelavermaydi. SHuning uchun tajribalarni korrelyasion koeffitsientini aniqlash zarurdir. Korrelyasiya natijasi bo‘yicha in vitro tajribalarini qo‘llanilishi yoki qo‘llanmasligi ma’lum bo‘ladi. qanchalik son birga yaqin bo‘lsa, shuncha olingan natija ijobiy deb hisoblanadi. In vitro va in vivo tajribalari korrelyasiyasini baxolash usullari yuzasidan olib borilgan izlanishlar, bu usullarni qo‘llab olingan natijalarda ajralib chiqqan moddaning miqdori, uning terapevtik konsentratsiyasi bilan farqini aniq ifodalamaydi. Bu korrelyasiyani to‘g‘ri yuqori koeffitsientbilan ifodalash uchun "o‘rtacha so‘rilish vaqti" degan tushunchalarni kiritish lozim. Ko‘rsatilgan tushunchalarni aniqlashda matematik, farmakokinetik va fizik- kimyoviy usullardan foydalanish zarur bo‘ladi.
Dorivor moddalarning ta’sir kuchi faqat ularning fizik-kimeviy xususiyati, maydalik darajasi, tabiatidangina iborat emas, balki dorini tayerlash texnologiyasidan, dori turidan va uni tanaga yuborish yo‘llariga bog‘liq ekan. Shuning uchun har bir dori turini farmakopeya talabi bo‘yicha tekshirishdan tashqari, uni davolovchi ta’sirini ko‘rsatuvchi "test" bo‘yicha ham tekshirmoq lozimdir.
Bu tekshirish dorivor moddaning qancha qismi, qanday tezlik bilan dori turidan tanaga ajralib chiqishini ko‘rsatadi. Yoki boshqa so‘z bilan aytganda ta’sir qiluvchi moddalarning biologik samaradorligi bildiradi.Hozir biologik samaradorlikni aniqlaydigan juda ko‘p usullar mavjuddir. Shular ichida aniq usul 60 yil boshida in vivo va in vitro taklif etgan.
Bunda dori turidan ta’sir qiluvchi moddalarning qon aylanish sistemasiga so‘rilish darajasi va tezligi aniqlaniladi. Bu usul hozir qabul qilingan va biofarmatsevtik nashrietlarda keltirilgan va hozirgi paytda DF X1 talabi bo‘yicha dori turlarini biologik moyilligini aniqlash shart.
Biologik samaradorlikni aniqlash quyidagi hollarda lozim:
- yangi dori turi ishlab chiqarilganda, dorini ma’lum yil saqlagandan so‘ng,
- bir necha xil dori turini bir-biri bilan taqqoslaganda /agar ta’sir qiluvchi moddasi bir xil bo‘lib tanaga yuborish yo‘llari turlicha bo‘lsa / ishlab chiqarish texnologiyasi farq qilsa va x.k.
Dorilarning biologik samaradorligini aniqlash ularning sifatini oshirishga, takomillashtirishga xizmat qiladi. Biologik samaradorlikni aniqlash testi- bu dorining davolovchi ta’sirini o‘rganadi, dorivor moddaning davolovchi ekvivalenti xaqida ma’lumot berish biologik moyillikni dori sifatini belgilashda eng muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Biologik moyillikni aniqlashning ikkita asosiy usuli bor. 1-usulda dorivor modda miqdorini ajralib chiqish tezligi va vaqti bilan bog‘liqligini o‘lchaydi.
2-usulda esa dori moddalarining farmakodinamik eki bioximik reaksiyasi o‘rganiladi. Bu usul juda murakkab bo‘lib, ko‘proq birinchi usul qo‘llaniladi.
Dori moddalari bioximiyaviy muhitlarda metabolizmga uchrashi, buyrakda, jigarda va oshqozon ichakda parchalanishi va ular orqali tarqalishi. Dorilarni so‘rilish effekti farmatsevtik omillarga bog‘liq bo‘ladi va ular quyidagilardan iborat:
1. kimyoviy holatni tanlash
2. fizikaviy holati
3. yordamchi moddalarni so‘rilishi
4. bir vaqtda boshqa dorilarni qo‘llash
5. dori shaklini tanlash
6. yuborish yo‘lini tanlash
7. dorini aniq dozasini tanlash
8. fiziologik omillar

Download 6,71 Mb.
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   316




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maxsus dori turlarini biosamaradorligini aniqlash

Download 6,71 Mb.