• Ma’ruzaning qisqacha matni
  • -Ma’ruza Mavzu: Maxsus dori turlarini yaratishdagi biofarmatsevtik izlanishlar, ularning biosamaradorligini aniqlash usullari




    Download 6,71 Mb.
    bet105/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    17-Ma’ruza
    Mavzu: Maxsus dori turlarini yaratishdagi biofarmatsevtik izlanishlar, ularning biosamaradorligini aniqlash usullari


    Ma’ruza maqsadi: yumshoq dori turlaridan ta'sir etuvchi moddalarning biologik so’rilish darajasini in vitro tajribalari yordamida aniqlash usullarini o’zlashtirish.
    Tayanch atama va iboralar:yumshoq dori turlari, shamcha, surtma, biosamaradorlig
    Reja:
    1. Dorilarni biosamaradorligiga ta’sir etuvchi omillar:
    a) dori moddani fizik-kimyoviy xossalari;
    b) qo‘llanilgan yordamchi moddalar;
    v) texnologik jarayonlar;
    g) yuborish yo‘li ( dori turi)
    2. Biosamaradorlikni aniqlashning ahamiyati, usullarini
    3. Maxsus dori turlarini biosamaradorligini aniqlash
    4. Yumshoq dori turlaridan ta’sir etuvchi moddalarni biologik so‘rilish
    darajasini aniqlash usullari.


    Ma’ruzaning qisqacha matni:
    Farmatsevtika fanlarining majmuasida biofarmatsiya alohida o‘rinni egallaydi, chunki dorilar texnologiyasini rivojlanishi shu fanga chambarchas bog‘liq. Ayniqsa yoshiga qarab beriladigan dorilar, zamonaviy ( ta’siri uzaytirilgan va yo‘naltirilgan) dorilarni barpo etilishini biofarmatsiyasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
    Biofarmatsiya farmatsevtika fanining yangi tarmog‘i sifatida 1960 yilarda yuzaga chiqqan bo‘lishiga qaramay unga tegishli bo‘lgan eksperimental natijalar ancha oldindan ma’lum edi. Binobarin, dori moddalarning "so‘rilish" va ta’siriini organizmga yuborish yo‘li bilan bog‘liqligi bizning eramizdan oldingi tibbiyot olimlarini izlanishlaridan ma’lum bo‘lgan (Ibn Sino 5 kitob). Erdamchi moddalarning dorivor modda so‘rilishiga ta’siri kabi masalalar ham ko‘p yillardan beri e’tibor etiladi.
    Sulfanilamid preparatlarning maydalik darajasi bilan biologik ta’siri o‘rtasidagi bog‘liqlikning 1940 yillarda aniqlanishi ham olimlar diqqat markazidan chetda qoldi.
    Yil sayin bunday misollar ko‘plab yig‘ilib boraveradi. Birinchi marta katta shov-shuv sababchisi: Nyu-York kasalxonalaridan birida, antikoagulyant - bisgidroksikumarinning ikki firmadan olingan tabletkasi bir dozada bo‘lsa ham,biroq terapevtik faolligi 2 martagacha bir-biridan farqlanishi aniqlandi. Kimyo tarafdan tekshirilganda tabletkalarning hech bir farqi aniqlanmagan.
    Xuddi shunday ma’lumotlar levomiitsetin, eritromitsin va x.q. tabletkalarida ham kuzatilgan. Tekshirilgan tabletkalar MTH to‘la to‘kis javob bersa ham, klinik sinovlar har xil natijalar berishi isbotlandi. Oldindan bu masalalarni olimlar diqqat markazidan chetda qolishiga asosiy sabab ularning bu masalaga faqat tovarshunosliik va analitik nazar bilan qarash edi. Biroq fan taraqqiyoti dori moddalar konsentratsiyasisi va ularning metabolitlarini organizm suyuqligiida (qonda, plazmada, siydik va boshqa suyuqliklarda) miqdorini aniqlash usullarini yaratish va o‘lchashga asbob-uskunalarni yaratish natijasida yuzaga keldi.
    Dori shakliga tovarshunoslik ko‘zi bilan qarash va baho berish hozirgi zamon talablariga javob bermay qo‘ydi. Biofarmatsiya fanini yuzaga chiqishga asosiy sabablaridan biri bu yordamchi moddalar sifatida ishlatiladigan kimyoviy birikmalarini keskin ko‘payishidir. Yordamchi moddalar bilan olib borilgan tajriba va tekshiriishlar ularni organizmga va dori moddaning terapevtik terapevtik ta’siriga befarq degan tarixiy tushunchaning noto‘g‘riligini isbotladi. Erdamchi moddalar dori preparatlarining ta’sirini ko‘paytirishi, pasaytirishi yoki ta’sirini qisman yoki mutlaqo o‘zgartirishi mumkinligi isbotlandi.
    Demak faqat dori moddaning ta’siri asosida dori shakli to‘g‘risida xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Dori moddaning ta’siriga dori turini shakllantiruvchi omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatishi isbotlandi.Yuqoridagilarga xulosa qilib aytganda:
    Biofarmatsiya - bu dori preparatlarining biologik ta’siriga (terapevtik samaradorligiga farmatsevtik omillar ta’siri) dori moddaning fizik-kimyoviy hossalari, dori shakli, tayyorlash texnologiyasi va yordamchi moddalar ahamiyatini o‘rganadigan fan.
    Biofarmatsiya fanining asosiy vazifasi dori turlarining biosamaradorligini oshirish va qo‘shimcha ta’sirini kamaytirish.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Ma’ruza Mavzu: Maxsus dori turlarini yaratishdagi biofarmatsevtik izlanishlar, ularning biosamaradorligini aniqlash usullari

    Download 6,71 Mb.