• Magnitli suyuqliklar Magnitli suyuqliklar
  • Magnitli dori turlari texnologiyasi




    Download 6,71 Mb.
    bet102/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Magnitli dori turlari texnologiyasi
    Adabiyotlarda uchraydigan iboralar: "Magnitli", "Ferromagnitli", "Magnit orqali boshqariladigan"(MOB), "Magnit sezgirli" hammasi magnitli dori turlariga tegishli va ularning tarkibiga albatda magnitli materiallar kiritilganlini belgilaydi.
    Hozirgi paytda farmatsiya amaliyotida har xil magnitli dori turlari taklif qilingan: suyuq, yumshoq, qattiq.Ularni quyidagicha tasniflash mumkin:
    1. Magnitli suyuqliklar:
    - eritmalar;
    - magnitoreologik osilmalar va emulsiyalar;
    2. Magnitli yumshoq dori turlari:
    - magnitli surtmalar;
    - shamchalar;
    - kapsulalar va plastirlar;
    3. Magnitli mikrokapsulalar;
    4.Magnitli liposomalar;
    5. Magnitli tabletkalar
    Magnitli dori turlari quyidagi vazifalarni bajarish mumkin:
    1.Kerakli a’zolarga dori moddalarni tashish;
    2.Zararlangan a’zolarni enida dorivor "depo"larni hosil qilish va moddalarni ta’sirini uzaytirish.
    Oqibatda dorivor terapiyaning samaradorligini va salbiy ta’sirini kamaytirish imkoniyatini bo‘ladi.
    Lekin magnitli dori turlarini yaratishda bir necha muammolar echilish lozim:
    -magnitli to‘ldiruvchilarni tanlash va dorivor moddalar bilan mos kelishini o‘rganish;
    -turg‘unligini tekshirish;
    -magnitli xossalarini aniqlash;
    -biofaolligini va davolovchi xususiyatlarini o‘rganish;
    - mikrobiologik tozaligiga baho berish va sifatini nazorat usullarini ishlab chiqish.
    Magnitli suyuqliklar
    Magnitli suyuqliklar- bu magnitli materiallarning kolloid eritmala-ri yoki osilmalaridan tashkil topgan geterogen sistemalar. Dispersion muhit sifatida - suv, dori moddalarning suvli eritmalari, vazelin moyi, fiziologik eritma, 2% li albumin eritmasi, defibrinlangan hayvonlarning qoni ishlatiladi. Dispers faza esa yuqori dispersli karbonil temir, magnetit va boshqa magnitli to‘ldiruvchilarning zarrachalaridan iborat bo‘ladi.
    Magnitli suyuqliklar rentgenologik tekshirishlarni, qon aylanish tezligini va mikrotsirkulyasiyani aniqlash hamda dorilarni a’zolarga etqazishda qo‘llaniladi.
    Ko‘pincha ferromagnitli suyuqliklarni turg‘unligini oshirish uchun ularning tarkibiga turli SFM (sirt faol moddalar) kiritiladi.
    Misol sifatida maxsus rentgenologik ferromagnit suyuqligini keltirish mumkin. Bu suyuqlik tarkibi 15% magnetit, 9,9% olein kislotasi, 37,5% yodolipol (yodlangan kungaboqar moyi) va 37,5% zaytun moyi iborat.
    Magnitli suyuqlikning texnologiyasi quyidagilardan iborat:
    1) Ferrofazani kolloid zarrachalarini hosil qilish. Buning uchun temirning suvda eruvchan tuzlari: FeCL3 va FeSO4 alohida suvda (150 ml ) eritiladi. So‘ng eritmalar bir biri bilan aralashtiriladi va NH4OH qo‘shiladi. Reaksiya natijasida magnetit (Fe3O4) cho‘kmasi hosil buladi.
    2) 1 soat o‘tgach cho‘kma suv bilan yuviladi va unga SFM-olein kislotasi qo‘shiladi va sistema yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan aralashmaga yodolipol qo‘shilib, suv hammomida 30 daqiqa davomida qizitiladi.
    3) Belgilangan vaqt o‘tgach, suvli faza quyib tashlanadi va cho‘kmadagi konsentrat 100oS gacha isitiladi (suvning qoldiqlarini bo‘g‘latish maqsadida).
    4) Hosil bo‘lgan konsentratga zaytun moyi qo‘shiladi, aralashtiriladi va ultra tovush yordamida ishlov beriladi.
    Bu suyuqlikni, magnit maydoni yordamida tananing kerakli joyiga yo‘naltirish imkoniyati bo‘ladi va ichak- oshqozon sistemasining tahlil uchun qiyin qismlarini nazorat qilishning samaradorligi oshadi. Yuqorida keltirilgan usulda olingan va SFM lar bilan turg‘un-lashtirilgan turli sitostatik preparatlar saqlovchi magnitli suyuqliklar ham ishlab chiqilgan.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Magnitli dori turlari texnologiyasi

    Download 6,71 Mb.