|
Magnit to‘ldiruvchilari va magnit maydoni manbalari
|
bet | 101/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeMagnit to‘ldiruvchilari va magnit maydoni manbalari
Magnitli to‘ldiruvchilar sifatida asosan temir- Fe, intermetallik birikmalar –SmCo5, SmCo17 - kobalt samariy qotishmalari, ferritlarya’ni Fe2O3 ning har xil metallar oksidlari bilan birikmalari qo‘llaniladi.
Metallik temirni keng ishlatilishini uning tez oksidlanishi chegaralaydi. SHuning uchun, hozirda ferritlar keng ishlatiladi, asosan bariy geksaferriti Ba Fe12O19 va magnetit Fe3O4. Ular organizmga nisbatan bezarar va dori turining magnit xususiyatini belgilaydi. Magnetit - kimyoviy usulda quyidagi reaksiya natijasida olinadi:
8NaOH
FeCL2 + 2FeCL3 --- Fe3O4 + 8NaCL + 4H2O
Magnetit tabiatda ham uchraydi. Ayrim bakterialarda magnetitni sintez qilish qobiliyati bor. Undan tashqari odamning tanasida ham magnetit uchrar ekan.
Magnetitning mutlaqo organizmga bezarar ekanligi aniqlangan (endogen modda). Undan tashqari, magnetitning bakteriostatik, bakteritsid xosslalari bor va u nisbatan arzon modda.
Magnit maydonining manbalari sifatida har xil ferritli magnit-lar ishlatish tavsiya etladi. Hozirgi paytda sanoatda kuyidagi yangi ferritli magnitlar ishlab chiqarilmoqda: MDM 2-2, MDM 2-1.
1980 yillardan boshlab elastik magnitlar -EM ishlab chiqariladi. EM lar bu murakkab tarkibli materiallar. Ular tabiiy yoki siloksan kauchuk, vinilpirrolidon va har xil magnitli to‘ldiruvchilardan tashkil topgan. Asosan ularning tarkibiga bariyli ferrit - Ba Fe12O19 eki kobaltsamariy qotishmalari -SmCo5 kiritiladi. EM lar yuqori elastik xususiyatlarga ega bo‘lib, toksik reaksiyalardan holis bo‘lganligi uchun ular sirtga va odamning tanasiga kiritish uchun ham mo‘ljallangan.
Sirtga qo‘llaniladigan EM lar applikator sifatida bo‘lib parda, uzuk, marjon, bilakuzuk, kamar va sh.u. shakllarida yaratiladi va tananing kerakli joyiga o‘rnatilish mumkin.
|
| |