• Bolalar uchun beriladigan dori vositalar jihozlanishi
  • Kattalarga mo‘ljallangan doza asosida turli koeffitsientlar yordamida hisoblash




    Download 1,8 Mb.
    bet124/172
    Sana12.02.2021
    Hajmi1,8 Mb.
    #13127
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   172
    Kattalarga mo‘ljallangan doza asosida turli koeffitsientlar yordamida hisoblash

    1. Koeffitsient (dozis-faktor) yordamida hisoblash:

    Bolaning yoshiga qarab quyidagi dozis-faktor (koeffitsientlar) taklif etilgan:

    1 yoshgacha – 1,8

    1-6 yoshgacha – 1,6

    6-10 yoshgacha – 1,4

    10-14 yoshgacha – 1,2

    Misol: Paratsetamolning dozasini 1 yoshli va vazni 10 kg li bolaga hisoblash uchun kattalarga mo‘ljallangan paratsetamolning dozasini asos qilib olish kerak. Bu doza 0,5 g tashkil etadi. Uni odamning o‘rtacha vazniga (70 kg) bo‘lib preparatning 1 kg vazniga beriladigan preparatning dozasini hisoblab chiqamiz: 0,5 : 70 = 0,0071.

    So‘ng topilgan massani tegishli koeffitsientga (1,8) ko‘paytirib, bolaning 1 kg vazniga beriladigan preparat dozasini hisoblab chiqamiz:

    0,0071 x 1,8 = 0,001278 g

    Bolaning vazni 10 kg bo‘lishini hisobga olib, paratsetamolning kerakli dozasini topamiz: 0,01278 x 10 = 0,1278 g.

    2. X–DF da ham dori moddalarni dozasini bolalar uchun hisoblash jadvali keltirilgan.

    X–DF bo‘yicha




    Bolaning yoshi

    Bolaga mo‘ljallangan doza (katta odamlarga mo‘ljallangan dozaning qismi)

    1

    1 yoshgacha

    1/24-1/12

    2

    1 yosh

    1/12

    3

    2 yosh

    1/8

    4

    4 yosh

    1/6

    5

    6 yosh

    1/4

    6

    7 yosh

    1/3

    7

    14 yosh

    1/2

    8

    15-16 yosh

    3/4

    Harnack V. tomonidan taklif etilgan usul





    Bolaning yoshi



    Bolaga mo‘ljallangan doza (katta odamlarga mo‘ljallangan dozaning qismi)

    1

    1/12

    1/10

    2

    ¼

    1/6

    3

    ½

    1/5

    4

    1

    ¼

    5

    3

    1/3

    6

    7,5

    1/2

    7

    12

    2/3

    3. Kattalarga mo‘ljallangan dozasi asosida turli fomulalar yordamida hisoblash:



    1. Augsberger tomonidan taklif etilgan usul

    A= (4 x bolaning yoshi + 20)

    A – kattalarning dozasidan olinadigan qismi, %.




    1. Lenart G. tomonidan taklif etilgan usul.

    a) K = 2 x bolaning yoshi x bolaning vazni

    K– kattalarning dozasidan olinadigan qismi, %.

    b) K+ = (2 x bolaning yoshi x bolaning vazni + 12)

    v) K- = (2 x bolaning yoshi x bolaning vazni - 12)




    Bolalar uchun beriladigan dori vositalar jihozlanishi

    Bolalarga mo‘ljallangan dorilarning tashqi ko‘rinishi, mazasini, hidini yaxshilash bilan birgalikda yana bir muammo echilishiga e’tibor berish lozim. Bu muammo – yosh bolalarni dorilar bilan zaharlinishini oldini olish. SHuning uchun bolalarga dorilarni yaratishda ularning jihozlanishiga ham e’tibor berilishi lozim:



    1. Maxsus dozalash moslamalari mavjudligi (dozalarga bo‘lish uchun maxsus qoshiqchalar, menzurkalar, tomizg‘ichlar va sh.o‘.).

    2. Jihoz himoyalovchi moslamasi bilan ta’minlanganligi. YA’ni yosh bolalar tomonidan qiyin ochiladigan jihoz bo‘lishi shart. Masalan, maxsus qopqoqli flakonlar, maxsus penalga o‘xshagan jihoz, konstrutsiyasi murakkab bo‘lgan yoki maxsus tabletkalarga mo‘ljallangan jihozlovchi lentalar.

    3. YAna bir yo‘l bilan zaharlanish oldini olish mumkin – bu bolalarga dorilarni bir marta ishlatiladigan, ya’ni bitta dozani saqlaydigan jihozlarni qo‘llash. Masalan, polimer materiallardan yasalgan bitta dozali sashe–paketlar (poroshoklar, mikroblardan saqlaydi va maxsus avtomatlar yordamida ishlab chiqariladi).


    Internet sahifalarida bolalar uchun yaratilayotgan dori preparatlarni jihozlash uchun taklif etilayotgan yangiliklar bilan tanishing.






    Faraday Packaging Partnership jamiyati (Buyuk Britaniya) dorilarni saqlash uchun uch hil turdagi (Slide, Tri va Poke) konteynerlarni taklif etdi. Slide shakldagi konteyner yassi korobka shaklida bo‘lib, uni ochish uchun konteyner qopqog‘ida joylashgan uchta dvijokni bir vaqtda ma’lum kombinatsiyaga keltirish lozim. Ushbu konteynerda turli dorilarni saqlash uchun maxsus bo‘limlar bor. Tri va Poke qopqoqsiz bo‘lib, estetik jihatdan bejirim va murakkab bo‘lmagan boshqotirma prinsipi bo‘yicha yaratilgan. Masalan, Poke konteynerni ochish uchun plastik trubkaning pastki qismida joylashgan tugmani bosish kerak. Buning uchun qo‘llar chaqqon va barmoqlar uzun bo‘lishi kerak. Buni bolalar eplamaydilar va konteynerni ocholmaydilar. Tri – yarim sfera ko‘rinishdagi konteyner bo‘lib, uning ochilishi uchun bir vaqtning o‘zida ikkita yoki uchta tugmani bosish kerak. Ushbu konteynerlar bolalarni dorilardan zaharlanish hodisalarini 90% kamaytirishini hamda ko‘p marta ishlatish mumkinligi sababli chiqindilar kamayishini ta’kidladilar.





    Xitoylik dizayner Leo Yu CHun Pong (Leo Yiu Chun Pong) tomonidan taklif etilgan shokoladli plitka shakldagi dorilar jihozi dorini shirin qilmasada, kayfiyatni ko‘tarishi mumkin.Konteyner sakkizta bo‘limdan iborat bo‘lib, qulaylik uchun har bir bo‘limning ustiga hafta kunning nomi yozilgan. Biroq bir haftada etti kun bo‘lishini hisobga olsak, ohirgi bo‘limda tabletkalarni bo‘lish uchun moslama saqlanishi ko‘zda tutilgan.







    Pill Takers Cup kompaniyasi tabletkani qabul qilish uchun qulay bo‘lgan stakanni taklif etdi.

    DizaynerMoon Sun-Hee - ‘Medi Flower’ nomli blister jihozni taklif etdi. Tabletkalar esa gul shaklida joylashtirilgan bo‘ladi. Jihozni ko‘rinarli joyga qo‘yish va dorilarni o‘z vaqtida ichish uchun qulay.

    Adabiyotlar ro‘yxatida keltirilgan Internet saytlarida pediatriya amaliyotida ishlatiladigan dori turlarining jihozlarini takomillashtirish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar bilan batafsil tanishingiz mumkin.


    Nazorat savollari

    . Bolalarga mo‘ljallangan dorilarni dozalashdagi yondoshish?

    2. Bolalarga dorilarni dozalashda koeffitsientlarni qo‘llash prinsiplari

    3. Formulalar yordamida bolalarga dorilarni dozalash

    4. Bolalarga mo‘ljallangan dori turlarini jixozlashning o‘ziga xos tomonlari?


    Download 1,8 Mb.
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   172




    Download 1,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kattalarga mo‘ljallangan doza asosida turli koeffitsientlar yordamida hisoblash

    Download 1,8 Mb.