• 3. Mamuriy h u q u q buzarlikni sodir etish q uroli h isoblangan yoki bеvosita shunday narsa b o‘ lgan ashyoni musodara
  • Fu q arolik h u q u q i
  • Fu q arolik h u q u q iy munosabatning obеkti
  • Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi




    Download 2.68 Mb.
    bet5/18
    Sana23.12.2019
    Hajmi2.68 Mb.
    #4659
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    1. Jari-ma.

    2. Ma'muriy huquq-buzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bеvosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish.

    3. Ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bеvosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish.

    4. Muayyan shaxs-ni unga bеrilgan maxsus huquqdan (transport vosita-sini boshq, ov qilish huquqidan) mahrum etish.

    5.Ma'-muriy qamoq-qa olish.

    1) jarima ma'muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir. Bu eng ko‘p tarqalgan ma'muriy jazo turidir. Jarimaning miqdori ma'murii huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan ma'muriy huquqbuzarlik uchun esa, bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‘yilgan eng kam ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

    2) ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish, shu ashyoni majburiy tarzda tortib olib, uni keyinchalik sotib yuborish hamda sotishdan tushgan pulni ashyoning sobiq egasiga tortib olingan ashyoni sotish xarajatlarini chegirib tashlagan holda topshirishdan iboratdir.

    3) ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish shu ashyoning haqini to‘lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o‘tkazishdan iborat.

    4) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi tuman (shahar) sudining ma'muriy ishlar bo‘yicha sudyasi tomonidan uch yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati o‘n besh kundan kam bo‘lmasligi kerak.

    5) ma'muriy qamoqqa olish 3 sutkadan 15 sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun 30 sutkagacha muddatga qo‘llaniladi. ma'muriy qamoqqa olish tuman (shahar) sudining ma'muriy ishlar bo‘yicha sudyasi tomonidan, favqulodda holat tartibi sharoitida esa harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshlig‘i tomonidan belgilandi.

    ma'muriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollarga, o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi tarbiyalaetgan shaxslarga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas (o‘zr mjkning 29-moddasi). jazoni qo‘llash chog‘ida sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyati, huquqbuzarning shaxsi, uning aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar hisobga olinadi.

    bundan tashqari, ma'muriy ushlab turish chorasi ham bo‘lib, u 3 soatdan oshmasligi kerak. alohida holatlarda ma'muriy ushlab turish bir qancha muddatga cho‘zilishi mumkin. chegara va bojxona xizmati idoralari huquqbuzarlik holati va ma'muriy ushlab turgan shaxsning shaxsiyatini aniqlash uchun uni uch sutkacha ushlab turishlari mumkin, bu holat bo‘yicha ular 24 soat ichida prokurorga xabarni yozma ravishda berishlari kerak. agar huquqbuzarning shaxsini belgilab beruvchi hujjat bo‘lmasa u prokuror sanksiyasiga ko‘ra 10 sutkagacha ushlab turilishi mumkin. voyaga yetmaganlarning ushlab turilganligi to‘g‘risida ota-onasiga yoki qarindosh-urug‘lariga xabar berish majburiydir.

    ma'muriy ushlab turish faqat ana shunday vakolatga ega organlar (mansabdor shaxslar), masalan, ichki ishlar idoralari, chegara, bojxona xizmati, harbiy avtomobil noziri, davlat tog‘ nazorati xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

    mayda bezorilik sodir etgan, yig‘inlar miting, ko‘cha namoyishlari o‘tkazish va tashkil etish tartibini buzganlar, militsiya xodimiga, boshqa mansabdor shaxslarga yoki jamoatchilik vakiliga karshilik ko‘rsatgan shaxslar, o‘rnatilgan tartibda savdo-sotiq qilish qoidalarni buzgan shaxslar tuman sudlari orqali yoki ichki ishlar idoralari boshliqlari ishni ko‘rib chiqqunga qadar ushlab turilishlari mumkin. ma'muriy ushlab turish muddati huquqbuzarlik bo‘yicha bayonnoma tuzilgan paytdan boshlab, mast holatidagi shaxslar uchun - u xushyorxonaga kelgan paytidan boshlab hisoblanadi.

    ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish vazifalari har bir ishning holatini o‘z vaqtida, har tomonlama, to‘la va xolis aniqlash, uni qonunga muvofiq aniq hal etish, chiqarilgan qarorning bajarilishini, shuningdek, huquqbuzarlik sodir etish sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlashdan huquqbuzarlikning oldini olishdan, o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashdan, qonuniylikni mustahkamlashdan iboratdir.

    ma'muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni amalga oshirish tartibi ma'muriy huquq kodeksi bilan belgilanadi.



    voyaga yetmaganlar o‘n olti yoshdan ma'muriy javobgarlikka tortiladilar. 16 yoshdan 18 yoshgacha ma'muriy huquqbuzar shaxslarga nisbatan voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi.

    sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyatini va huquqbuzarning shaxsini hisobga olgan holda voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan ishlar voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi shahar, tuman, shaharlardagi tuman komissiyalari ixtiyoriga berilishi mumkin. oz miqdorda talon-taroj qilgan shaxslarning ishlari esa shu komissiyalarga berilishi lozim.

    ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va aybdorga nisbatan ma'muriy jazo chorasini qo‘llash vakolatiga quyidagi organlar egadirlar:


    • shahar, shahardagi tuman, tuman sudlarining ma'muriy ishlar bo‘yicha sudyasi, xo‘jalik sudlari;

    • ichki ishlar organlari va mansabdor shaxslar;

    • davlat inspeksiyasi organlari (¸í\èí íàçîðàòè, щàâî âà ñóâ òðàíñïîðòè îðãàíëàðè, ôó=àðîëàð øàщàð âà ýëåêòð òðàíñïîðòè îðãàíëàðè, щó=ó=èé âà òåõíèê èíñïåêöèÿëàð, äàâëàò øàщàð òåõíèê íàçîðàòè âà áîø=àëàð);

    • voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi tuman (shahar) komissiyalari va qonun aktlari boshqaruv vakolat berilgan boshqa organlar.

    Nazorat uchun uchun savollar:

      1. ma'muriy huquq qanday munosabatlarni tartibga soladi?

      2. ma'muriy huquq qanday huquq sohalari bilan bog‘liq?

      3. ma'muriy huquqning manbaalariga nimalar kiradi?

      4. davlat boshqaruvi deganda nimani tushunasiz?

      5. ma'muriy huquqiy normalar deganda nimalar tushiniladi?

      6. ma'muriy huquq munosabatlar sub'ektlariga nimalar kiradi?

      7. davlat xizmatchisi deganda nimani tushunasiz?

      8. qanday davlat boshkaruv organlari mavjud?

    Adabiyotlar:

    1. O‘Zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-t.:o‘zbekiston 2008.

    2. O‘Zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. – t.: adolat, 2005.

    3. KARIMOV I. “mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir”, o‘zbekiston respublikasi oliy majlisi qonunchilik palatasi va senatining qo‘shma majlisidagi ma'ruzasi, “xalq so‘zi”, 28 yanvar 2010 yil.

    4. Qosimbekova S.M., qurbanova d.a., yakubova j.a., ishanxujaev s. a..«huquqshunoslik, o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi». ma'ruzalar matni. tdiu. 2006.

    5. Qosimbekova S. «huquqshunoslik, o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi» fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua. –t.: tdiu. 2006. 50-65-b.

    6. Saidov a., rustamboev m., tursunov a. o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi. – t.: tdyui, 2005 yil

    MAVZU: FUQAROLIK HUQUQI ASOSLARI


    Reja

    1. Fuqarolik huquqi tushunchasi. Fuqarolik huquqiy munosabat.

    2. Fuqarolik huquqiy munosabat, uning mazmuni, ob'ekti va sub'ekti.

    muomala layoqati.

    3. Uuridik shaxs tushunchasi. bitimlar va majburiyat.
    1. fuqarolik huquqi tushunchasi.

    mulkiy bo‘lmagan shaxsiy munosabatlar mulkiy munosabatlardan shu bilan farqqiladiki,bunda o‘zaro munosabatlar qiymat (pul) bilan ifodalanmaydi, balki shaxsning o‘zi bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. mulkiy va mulkiy bulmagan munosabatlar fuqarolik huquqiga taalluqli manbalar bilan tartibga solinadi va

    himoya etiladi. bu manbalarga

    o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi, qonunlari, prezident farmonlari, vazirlar mahkamasining qaror va farmoyishlari,

    fuqarolik kodeksi, fuqarolik-protsessual kodeksi kiradi.

    Fuqarolik Huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi shaxslar yuridik shaxslarga

    (korxona, tashkilot, jamoa xo‘jaligi) va jismoniy shaxslarga (fuqarolar) bo‘linadi.


    Fuqarolik huquqi – tovar-pul munosabatlarini va tomonlarning tеngligiga asoslangan boshqa munosabatlarni, mulkiy munosabatlarni va unga bog‘liq bo‘lgan shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalar majmuidan iborat.

    Fuqarolik huquqi insonning kundalik hayoti va faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan huquq sohalaridan biridir. Masalan, oldi-sotdi, hadya, qarz – majburiyat huquqini, ijod qilish, asar, shе'r yozish – intеllеktual huquqni, mеros olish – vorislik huquqini vujudga kеltiradi.


    fuqarolik huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy munosabatlar doirasi nihoyatda keng. bular jumlasiga olish-sotish, xilma-xil

    buyurtmalar qabul qilish (ijro etish), turar joylarni ijaraga qo‘yish va ijaraga olish, korxonalar va tashkilotlarning bir-biriga mahsulotlar yetkazib berish, qurilish ishlarini amalga oshirish, transport korxonalari orqali yuk va yo‘lovchi tashish, yetkazilgan zararni to‘latish, qonun va vasiyat bo‘yicha meros olish, umuman har qanday shakldagi mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlardan iboratdir. turar joy kodeksi bilan turar joyga egalik, foydalanish, turar joy sanitariya normasi, turar joyni kapital va joriy remont qilish, ijara haqi kabi misollar haqida so‘z boradi.

    Fuqarolik huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy xarakterda bo‘lmagan shaxsiy huquqiy munosabatlar ikki turga: mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy munosabatlarga va mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy munosabatlarga bo‘linadi.

    mulkiy xarakterda bo‘lmagan shaxsiy huquqlar fuqarolik kodeksi (fk)ning 100-moddasida ko‘rsatilgan bo‘lib, ular shaxsning nomi, sha'ni, qadr-qimmati, ishchanlik obro‘si va boshqalar shaxslarning mulkiy xarakterda bo‘lmagan manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan huquqiy munosabatlarning ob'ekti sifatida ko‘riladi. yangi qabul qilingan fkda fuqarolik huquqiy munosabat ob'ektlarini tashkil etadigan mulkiy va nomulkiy shaxsiy huquqlar doirasi bir muncha kengaytirilgan.

    intellektual mulk (mulkiy xarakterda bo‘lgan shaxsiy huquq) ob'ektlari moddiy ko‘rinishda emas, balki g‘oya, bilim, axborot shaklida namoyon bo‘ladi. intellektual mulk ob'ektlariga fuqarolik kodeksning 1031-moddasiga binoan quyidagilar:

    1. intellektual faoliyat natijalari ular fan, adabiyot va san'at asarlari, u yoki bu eshittirish tashkilotlarning ijrolari, fonogrammalari va eshittirishlari, ixtirolar va boshqalar kiradi;

    2. fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarining xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar; ularga – firma nomlari, tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari), tovar chiqarilgan joy nomi kiradi;

    3. fuqarolik kodeksida yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalar kiradi.

    intellektual mulk ob'ektlari davlat qonunlari bilan huquqiy (fan va texnika davlat qo‘mitasi, patent idorasi va boshqalar tomonidan) muhofaza qilinadi.



    turdosh huquqlar sahna asarlariga, ijroga, ijroning audio va videoyozuviga (ijro yozuviga), efir va kabel orqali ko‘rsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning ko‘rsatuv va eshittirishlariga tatbiq etiladi.

    sanoat mulkiga bo‘lgan huquq ixtiro, foydali model, sanoat namunasi kabilarga nisbatan qo‘llaniladi.


    2. fuqarolik huquqiy munosabat, uning mazmuni, ob'ekti va sub'ekti. fuqarolik huquqiy munosabat, deb shaxslar o‘rtasida bo‘ladigan va fuqarolik huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatga aytiladi. shaxslar (jismoniy va yuridik) o‘rtasida tuziladigan olish-sotish, mahsulot yetkazib berish, biron-bir ishni bajarish, ijara, qarz to‘g‘risidagi va boshqa shartnomalar huquqiy munosabatlar jumlasiga kiradi.

    fuqarolik huquqiy munosabat ijtimoiy munosabat, ya'ni shaxslar o‘rtasidagi munosabatdir. fuqarolik huquqiy munosabat uni qatnashuvchilarning erki (irodasi) bo‘yicha vujudga keladi. fuqarolik huquqiy munosabatda ifodalanadigan ayrim shaxslarning erklari davlatning fuqarolik huquqiy normasida (qonunda) ifodalangan irodasiga muvofiq bo‘lishi kerak.

    xar qanday huquqiy munosabat: huquqiy munosabat sub'ektlari, mazmuni va ob'ektlaridan iboratdir.


    Fuqarolik huquqiy munosabat sub'еktlari – unda qatnashuvchi shaxslar – fuqarolar va tashkilotlar (ya'ni yuridik shaxs huquqiga ega bolgan korxonalar, muassasalar, jamoa xojaligi, koopеrativ va boshqa tashkilotlar) hamda ularning birlashmalaridir. Davlat ham fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchisi bola oladi.

    fuqarolik huquqiy munosabatning mazmunini shu munosabatda qatnashuvchi shaxslarning sub'ektiv huquqlari va burchlarini tashkil etadi.

    sub'ektiv huquq deyilganda, muayyan huquqiy munosabatda qatnashuvchi shaxsga tegishli huquq tushuniladi. sub'ektiv huquqlar ob'ektiv huquq normalari, ya'ni davlat tomonidan belgilanagan umumiy qoidalar asosida vujudga keladi va ularga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.

    sub'ektiv huquq o‘z erkini amalga oshirish va o‘z manfaatlarini qondirish imkoniyatini beradigan munosabatlarni vujudga keltiradi. sub'ektiv huquq ikkinchi tomondan, huquqka ega bo‘lgan shaxsning boshqa shaxslardan o‘z huquqining buzilmasligini talab qilish imkoniyatini nazarda tutadi. masalan, mulk egasining sub'ektiv huquqi, bir tomondan, o‘z mulkini egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etish bilan bog‘liq huquqlarni nazarda tutsa, ikkinchi tomondan, u sub'ektiv huquq egasi sifatida o‘z huquqlarining buzilmasligini har kimdan talab qila oladi.




    Fuqarolik huquqiy munosabatning ob'еkti, dеb fuqarolik huquqiy munosabatda qatnashuvi shaxslarning sub'еktiv huquqlari va majburiyatlari nimaga qaratilgan bo‘lsa, shunga aytiladi. Bular: ashyolar; ishlar va xizmatlar; intеllеktual faoliyat natijalari; shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa moddiy hamda nomoddiy boyliklardir.

    ishlar va xizmatlar fuqaro va tashkilotlarga ko‘rsatiladigan huquqiy munosabatlarning ob'ektlari hisoblanadi. masalan, olish-sotish shartnomasi bo‘yicha sotuvchi ashyoni topshirishga qaratilgan harakatni qiladi, pudrat shartnomasi bo‘yicha, kiyim tikish atelesi fuqaroning buyurtmasi bo‘yicha kiyim tikishga qaratilgan harakatni qilishga va o‘zining xizmati natijasini topshirishga majburdir.

    huquq sub'ektlarini xarakterlaydigan asosiy huquqiy xususiyatlar huquq va muomala layoqatlaridan iborat. fuqarolik huquqi va burchlariga ega bo‘lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e'tirof etiladi (fkning 17-moddasi). har bir shaxs fuqarolik huquq va burchlariga ega bo‘lish layoqatiga molik bo‘lmay turib, fuqarolik huquqining sub'ekti bo‘la olmaydi.

    davlat hayotning moddiy sharoitlariga qarab fuqarolarning huquq layoqati, ya'ni muayyan huquq va burchlarga ega bo‘lish layoqatini belgilaydi. fuqarolik huquq layoqati fuqarolarga o‘zlarining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida xilma-xil huquqiy munosabatlarga kirishning yuridik imkoniyatini beradi.

    muomala layoqati fuqarolarning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqatidir (fkning 22-moddasi). muomala layoqatini yuridik harakatlar qilish, ya'ni qonun bo‘yicha ma'lum huquqiy oqibatlar qilish layoqati deb ham ta'riflash mumkin (masalan, shartnomalar tuzish, yetkazilgan zararni to‘lash va hakazolar).

    muomala layoqatining huquq layoqatidan farki shuki, barcha fuqarolar ham muomala layoqatiga ega bo‘lavermaydi. muomala layoqatiga ega bo‘lish sharti shundan iboratki, muomala layoqatiga ega bo‘lgan fuqarolar aqli rasolik bilan o‘z harakatlarining oqibatlarini tushunib harakat qiladilar. ma'lumki, yangi tug‘ilgan bola to‘liq huquq layoqatiga ega bo‘lsa ham o‘z harakatlari bilan bironta huquq yoki majburiyat ola olmaydi. ongli harakatlar qilish layoqati faqat ma'lum yoshga yetgandan keyingina boshlanadi. binobarin, voyaga yetish (18 yoshga to‘lish) bilan kishi fuqarolik huquqiy munosabatlarda, jumladan, mulkiy munosabatlarda to‘la qatnashuvchigina bo‘lib qolmay, siyosiy huquqlar bilan birga boshqa fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini ham oladi.

    to‘la muomala layoqati yuqorida ko‘rsatilganidek, 18 yoshga yetgan fuqarolarga berilgani sababli bu yoshga to‘lmagan shaxslarning huquqiy holatini belgilashda ular ikkiga: ya'ni 14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan va 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslar huquqiy muomala maqomi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.

    14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar (yosh bolalar) to‘la ravishda muomalaga layoqatsiz hisoblanadilar.

    6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar:


    1. mayda maishiy bitimlar;

    1. tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan, notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni talab qilmaydigan bitimlar;

    2. qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan muayyan maqsad yoki erkin tasarruf etish uchun berilgan mablag‘larni tasarruf etish borasidagi bitimlarni amalga oshirishga haqlidirlar (fkning 29-moddasi).

    3. 14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar uchun bitimlarni ular nomidan ota-onalari, farzandlikka oluvchilar yoki vasiylari tuzadilar.

    14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar (o‘smirlar) qisman muomalaga layoqatli bo‘lib, qonuniy vakillari (ota-onalari, farzandlikka oluvchilar yoki homiylari)ning roziligi bo‘lgan taqdirda o‘z harakatlari bilan huquq va majburiyatlar olishlari mumkin.

    vasiylik shundan iboratki, bunda muomalaga layoqatsiz shaxs – 14 yoshga to‘lmagan fuqarolar, ruhiy kasal va aqli zaiflar nomidan vasiy harakat qiladi va o‘zining harakatlari bilan vasiylikka olingan shaxs uchun huquq va majburiyatlar tug‘diradi.

    homiylikda homiylarlar qisman muomala layoqatiga ega bo‘lgan shaxslarga (14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarga) o‘z huquqlarini amalga oshirish, majburiyatlarni bajarishda yordam ko‘rsatadilar, shuningdek, ularni uchinchi shaxsning ba'zan bo‘lishi mumkin bo‘lgan yomon niyatli harakatlaridan saqlaydilar. homiylik jismoniy kamchiliklari bo‘lgan, masalan, ko‘rlik, mayiblik sababli o‘z huquqlarini o‘zlari amalga oshira oladigan va himoya qila olmaydigan to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lgan shaxslarga ham belgilanadi. bunday shaxslarga nisbatan homiylikning vazifasi huquqlar olish yoki ularni amalga oshirish bilan bog‘liq turli harakatlarni ular uchun bajarishdan iborat.

    3. yuridik shaxs tushunchasi. bitimlar va majburiyat.



    o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishda yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da'vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi (fkning 39 moddasi).

    yuqorida berilgan ta'rifdan aniqlanishicha, har qanday tashkilot emas, balki muayyan talablarga javob beradigan tashkilotlargina yuridiq shaxs bo‘la oladi. yuridik shaxslar:



    1. tashkiliy birlik; 2) mulkiy mustaqillik; 3) mustaqil mulkiy javobgarlik; 4) fuqarolik muomalasida o‘z nomidan harakat qilish belgilariga ega bo‘lishi kerak.

    Tashkilishy birlik – bu yuridik shaxsning huquq sub'ekti sifatida tashkil bo‘lganligi, muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishini bildiradi.

    Yuridik shaxsning tashkilishy jihatdan tuzilishi (strukturasi)ni ko‘rsatadigan nizomi (ustavi) bo‘lishi kerak. Ba'zi davlat muassasalari va davlat byudjetida bo‘lgan boshqa davlat tashkilotlari, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa tashkilotlar ham alohida nizomga ega bo‘lmay, mazkur turdagi tashkilotlar haqidagi umumiy nizom asosida ish olib borishlari mumkin.



    Mulkiy mustaqillik – fuqarolik huquqlarining sub'ekti bo‘lishi uchun yuridik shaxs hisoblangan har qaysi tashkilotning o‘ziga xos mulki bo‘lishi, har qaysi davlat tashkilotining o‘ziga biriktirilgan mulki bo‘lishini taqozo qiladi. Boshqacha aytganda, yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak (fkning 39-moddasi, 2-bandi).

    Mustaqil mulkiy javobgarlik shundan iboratki, yuridik shaxs hisoblangan tashkilot o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga tegishli bo‘lgan (davlat tashkiloti esa, o‘ziga biriktirib qo‘yilgan) mulki bilan javob beradi. Yuridik shaxs hisoblangan davlat tashkilotlarining majburiyatlari yuzasidan davlat javobgar bo‘lmaydi, aksincha, bu tashkilotlar ham davlat tashkilotlari majburiyati yuzasidan javobgar bo‘lmaydilar. Davlat byudjetida turadigan tashkilotlarning qarzini qoplash, mablag‘ berish shartlari va tartibi qonunlar bilan belgilanadi.

    Fuqarolik muomalasida o‘z nomidan harakat qilish – yuridik shaxs hisoblangan tashkilot o‘z nomidan turli bitimlar tuza oladi, huquqiy majburiyatlarda qatnashib, mulkiy va mulkiy xarakterda bo‘lmagan huquqlarga ega bo‘la oladi, ya'ni boshqa majburiyatlar vujudga keltira oladi, demakdir. Yuridik shaxs sudda, xo‘jalik sudida mustaqil ravishda da'vogar va javobgar bo‘la oladi.

    Yuridik shaxslar quyidagi usullarda vujudga kelishi mumkin:

    1. Buyruq (farmoyish) orqali. Masalan o‘zbekiston respublika prezident farmoni bilan o‘zbekiston milliy universiteti tashkil topgan edi. Odatda bunday usul bilan davlat tashkilotlari hisoblangan yuridik shaxslar tashkil topadi.

    Qolgan ikki usulda esa yuridik shaxslar muassischi yoki ta'sischi bo‘lib, mulkdorlar yoki ular vakil qilgan qonunda ko‘zda tutilgan hollarda esa, boshqa tashkilotlar va fuqarolar hisoblanadi.

    2. Murojaat qilish usuli. Bunda muassislar tomonidan tuziladigan yuridik shaxslarning vujudga kelish imkoniyati qonun tomonidan oldindan belgilab qo‘yilmagan bo‘ladi. Binobarin, bunday hollarda davlat organi xuddi shunday yuridik shaxslarning tashkil bo‘lish-bo‘lmasligi maqsadga muvofiqligini tekshiradi.

    3. Ruxsat olish usuli. Bunday usulda tashkil topadigan yuridik shaxslarning vujudga kelish imkoniyatlari qonunlarda oldindan belgilab qo‘yiladi va binobarin, ularning tashkil bo‘lish-bo‘lmasligi maqsadga muvofiqligi tekshirilmaydi, balki ta'sis hujjatlarning (yuridik shaxslarni tashkil etish haqida ta'sis shartnomasi va ularni ustavi) qonunga muvofiqligi tekshiriladi xolos. Yuridik shaxs ta'sis shartnomasi ishtirokchilar tomonidan tuziladi, ustavi esa tasdiqlanadi.

    Ta'sis hujjatlarida yuridik shaxslarning tarkibi va vakolatlari, boshqa zaruriy ma'lumotlar bo‘lmog‘i kerak. Ta'sis shartnomasida ishtirokchilar yuridik shaxs faoliyatini amalga oshirishda vujudga kelgan foyda va zararni tasdiqlash, yuridik shaxsni boshqarish tartibi belgilaydi.

    Yuridik shaxs murojaat qilish va ruxsat olish usullari orqali tashkil topganda, albatta, uni tashkil qiluvchilar tashabbuskor guruhi bo‘ladi. Bu guruh fuqarolar (jismoniy shaxslar)dan ham, yuridik shaxslardan ham iborat bo‘lishi mumkin. Ular muassischilar va ta'sischilar deb ataladi. Ta'sischilar orasida davlat hamda uning organlari bo‘lishi mumkin. Muassischilar ko‘p hollarda yuridik shaxsning mol-mulkini vujudga keltirishga o‘z ulushini qo‘shadi. Bu ulushlar asosida ko‘p hollarda ustav fondi tashkil topadi. Yuridik shaxs o‘z faoliyatida ko‘zlangan maqsad bo‘yicha tijorat va tijorat bo‘lmagan turlarga bo‘linishi mumkin. (fkning 40-moddasi). Yuridik shaxslarning tijorat turlari muassischilarning foyda olish maqsadini ko‘zlab tuziladi. Notijorat turlarida muassislar foyda olish maqsadini ko‘zlamaydilar. Yuridik shaxs bekor bo‘lganida ularning tijorat turlarida yuridik shaxs hamma kreditorlar hisob-kitob qilgandan keyin mol-mulki muassislar o‘rtasida taqsimlab olinadi. Notijorat harakterdagi yuridik shaxslarda esa qolgan mol-mulkka nisbatan muassislar haq-huquqka ega bo‘lmaydilar. Yuridik shaxslarning davlat ro‘yxatidan o‘tish ma'lumotlari, shuningdek, o‘ziga xos nomi respublika reestriga kiritiladi.

    Yuridik shaxslarni tashkil etishda qonunda belgilangan tartib buzilganida yoki ularning ta'sis hujjatlari qonunlarda zid bo‘lgan hollarda yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish rad etiladi.

    1. Yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari)ning yoki ta'sis hujjatlari bilan tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga muvofiq, shu jumladan, yuridik shaxsning amal qilish muddati tugashi, uni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsadga erishilganligi munosabati bilan yoki yuridik shaxsni tashkil qilish chog‘ida qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi sababli, agar bu buzilishlarni bartaraf etib bo‘lmasa, sud yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazishni xaqiqiy emas deb topganida.

    2. Yuridik shaxs faoliyati ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga oshirilgan yoki qonun bilan taqiqlab qo‘yilgan faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, shuningdek, ushbu kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga muvofiq tugatiladi.

    3. Fkning 57-moddaisda aytilganidek, yuridik shaxsning bankrot deb hisoblanishi uning tugatilishiga olib keladi.

    Yuridik shaxs tugatilayotganda, tugatish komissiyasi tayinlanadi. Tugatish komissiyasi yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi ma'lumotlar bosib chiqariladigan matbuot organlarida yuridik shaxsning tugatilishi hamda uning kreditorlar tomonidan talablari bayon etish tartibi va muddati haqida xabar e'lon qiladi (fkning 55-moddasi).




    Download 2.68 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 2.68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi

    Download 2.68 Mb.