A) Ajralish
V) Er-xotindan birining vafoti
S) Er-xotindan birining sud tartibida vafot etgan deb e’lon qilinishi
D) Er-xotindan birining vafoti, er-xotindan birining sd tartibida vafot etgan deb e’lon qilinishi, ajralish
E) Er-xotindan birining muomala layoqatini sud tartibida cheklash
Ajratish kim tomonidan amalga oshiriladi
A) Faqat sud tomonidan
V) FHDYO va sud tomonidan
S) Faqat FHDYO organi tomonidan
D) O‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan
E) To‘g‘ri javob yo‘q
Nikohni haqiqiy emas deb topishga asos bo‘la olmaydigan xolni belgilang
A) Nikoh ozodlikdan mahrum qilingan shaxs bilan tuzilgan bo‘lsa
V) Nikoh nikoh yoshiga to‘lmagan shaxs bilan tuzilgan bo‘lsa
S) Nikoh tuzishga monelik qiladiggan xolatlar mavjud bo‘lgganda tuzilgan bo‘lsa
D) Majburlab tuzilgan nikoh
E) Soxta nikoh tuzilgan bo‘lsa
Nevara bobo va buvisiga nisbatan
A) YOn shajara bo‘yicha qarindosh
V) Birinchi darajali
S) Ikkinchi darajali qarindosh
D) Uchinchi darajali qarindosh
E) To‘g‘ri javob yo‘q
Nikoh tugaganidan so‘ng necha kun ichida tug‘ilgan bola nikohda tug‘ilgan deb xisoblanadi
A) To‘g‘ri javob yo‘q
V) 270 kun
S) 365 kun
D) 400 kun
E) 300 kun
Otalik (onalik) to‘g‘risida e’tiroz bildirish uchun da’vo muddati
A) 18 yil
V) uch yil
S) 6 oy
D) bir yil
E) To‘g‘ri javob yo‘q
Oila huquqi fanining o‘ziga xos xususiy tamoyili sifatida belgilanmagan tamoyilni ko‘rsating
A) Mulk dahlsizligi
V) Oilaviy munosabatlarda ayol va erkakning teng huquqligi’
S) Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning tengsh huquqligi
D) Oilaning, onalik, otalik va bolalaikning davlat muhofazasida bo‘lishi
E) Nikoh tuzishning ihtiyoriyligi
Oilaviy munosabatlarning sub’ektlari-
A) Oilaviy huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan shahslar
V) Er-xotin, ota-ona farzandlar, farzandlikka oluvchilar
S) Jismoniy va yuridik shaxslar
D) Vasiylik va xomiylik organlari
E) Davlat
Ko‘rsatilgan huquqlarni himoyalash asosiy shakllaridan, vasiylik va xomiylik organlari qaysi bir ximoyalash usulini qo‘lla olmaydi
A) O‘z vakolatalari doirasida ayrim xarakatlarni amalga oshirish uchun ruxsat berish
V) O‘z vakolatlari doirasida mustaqil qaror qabul qilish
S) Bola huquqlari buzilganda jinoyat ishini qo‘zg‘atish
D) Da’vo qilish tartibida aniq talablar bilan sudga murojat qilish
E) Sud muhokamasida ishtiroq etish
296. Oilaviy munosabatlaridan kelib chiqadigan talabalarga nisbatan da’vo muddatini qo‘llshda sud
A) To‘g‘ri javob yo‘q
V) Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Kodeksini qo‘llaydi
S) Jinoyat Kodeksini qo‘llaydi
D) Mehnat Kodeksini qo‘llaydi
E) Fuqarolik Kodeksi normalarini qo‘llaydi
Nikohni davlat tomonidan qayd etilishi
A) Nikohlanuvchi shaxslarning bevosita ishtiroqida va xomiy ishtiroqida
V) Faqat nikohlanuvchi shaxslarning bevosita ishtiroqida amalga oshiriladi
S) Nikohlanuvchi shaxslarning bevosita ishtiroqida va vakil ishtiroqida
D) Nikohlanuvchi shaxslarning bevosita ishtiroqida va vasiylik va xomiylik organlari ishtiroqida
E) Nikohlanuvchi shaxslarning birining bevosita ishtiroqida
quyida ko‘rsatilgan xolatlaridan qaysi bir nikohlanuvchi shaxslar tomonidan nikohni qayd etishda beriladigan arizaning mazmuniga kiritilmaydi
A) YAshash joyi
V) Nikohlanuvchilarning tug‘ilgan vaqti
S) Nikohlanuvchilarning yoshi
D) Kasallik haqida ma’lumot
E) Nikohlanuvchilarning nikoh qayd etilganidan so‘ng familiyasi
FHDYO organlari nikohni qayd etish uchun belgilangan bir oylik muddatni qanchaga uzaytira oladilar
A) Ko‘pi bilan 3 oyga
V) Ko‘pi bilan 1 oyga
S) Ko‘pi bilan 7 kunga
D) Ko‘pi bilan 2 oyga
E) O‘zaytira olmaydilar
Nikoh tuzish vaqtida er va xotin
A) O‘z familiyasini saqlab qoladilar yoki umumiy er yoki xotinning familiyasidan bir umumiy familiya tanlab oladilar
V) Oila va farzandlar uchun bir umumiy familiya tanlab oladilar
S) Har bir nikohlanuvchi o‘z familiyasini saqlab qoladi
D) O‘z familiyasini saqlab qoladilar yoki umumiy er yoki xotinning familiyasidan bir umumiy familiya tanlab oladilar, er-xotin o‘z familiyalarni qo‘shib qo‘sh familiya tanlab oladilar
E) To‘g‘ri javob yo‘q
108. Respublikada demokratiya qanday prinsiplarga asoslanadi?
A) Umuminsoniy prinsiplarga
V) Davlat nazorat funksiyasini chegaralab borish prinsipiga
S) Davlat boshqaruvini nomarkazlashtirib borish prinsipi
D) Demokratik markazlashtirish prinsipiga
E) To‘g‘ri javob yo‘q.
109. Nimalar referendumga qo‘yiladi?
A) Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari
V) Vakillik organlarini tuzish
S) Vakillik organlarini tarqatish
D) Xukumatni tarqatish
E) To‘g‘ri javob yo‘q.
110. O‘zbekiston Respublikasining boshqaruv shakli
A) Respublika
V) Parlamentar Respublika
S) Konstitutsiyaviy monarxiya
D) Monarxiya
E) Absolyut monarxiya
111. Qaysi hujjat yuqori kuchga ega
A) Qonun
V) Prezident Farmoni
S) Vazirlar Mahkamasining qarori
D) Hokimning buyrug‘i
E) Bosh vazir farmoyishi
112. Fuqarolar murojaatlari shakllari qaysilar?
A) Taklif, ariza va shikoyat
B) Taklif va shikoyat
C) Xabar, so‘rov
D) YOzma, og‘zaki
E) da’vo arizasi
113. Mahalliy hokimiyat organlarining konstitutsiyaviy vazifalarini aniqlang?
A) Hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish
V) Qishloq xo‘jaligi, qurilishga rahbarlik qilish
S) Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqib xal qilish
D) Oilani muhofaza qilish
E) YOllanib ishlayotgan barcha fuqarolarning dam olishini ta’minlash
114. Referendum nima?
A) Fuqarolarning umumxalq ovozi
V) Muhim masalalar yuzasidan maslahatlashuv
S) Umumxalq muhokamasi
D) Saylovning bir turi
E) To‘g‘ri javob yo‘q
115. O‘zbekistonda milliy-davlat tuzilish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tizimini kim belgilaydi?
A) O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti
V) Respublika Prezidenti
S) Vazirlar Mahkamasi
D) Konstitutsiyaviy Sud
E) Jo‘qorg‘i Kenges
116. Qonun qachon kuchga kiradi?
A) E’lon qilingandan so‘ng 10 kundan keyin; agarda qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa;
V) Qabul qilingandan so‘ng 10 kun ichida agarda qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa;
S) Qabul qilingandan so‘ng 1 xaftada;
D) Qabul qilingandan so‘ng 1 oy ichida
E) E’lon qilingandan so‘ng 15 kundan keyin
117. Qurolli kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qanday hujjatlar bilan belgilanadi?
A) Qonun bilan
V) Vazirlar Mahkamasi qarori bilan
S) Prezident farmoni bilan
D) Farmoyish bilan
E) To‘g‘ri javob yo‘q
118. Respublikada eng oliy qadriyat nima?
A) Inson, uning hayoti, erkinliklari
V) Mamlakatning milliy boyligi
S) Davlat va jamiyat manfaatlari
D) Xususiy mulk
E) Davlat manfaati.
119. Prezident qachon va qaerda qasamyod qiladi?
A) Oliy Majlis palatalari qo‘shma yig‘ilishida
V) Vazirlar Mahkamasida
S) Konstitutsiyaviy Sudda
D) Prezident devonida
E) To‘g‘ri javob yo‘q1
120. Kimlar saylovda qatnashmaydi?
A) Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganlar
V) Davlatga qarshi jinoyat sodir etganlar
S) Taqiqlangan partiya va harakatlar a’zolari
D) V) va S)
E) To‘g‘ri javob yo‘q
121. O‘zbekiston xalqi nomidan kim ish olib borishi mumkin?
A) V) va E)
V) Parlament
S) Konstitutsiyaviy sud Raisi
D) Bosh vazir
E) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
122. Xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ekti kim?
A) O‘zbekiston Respublikasi.
V) Vazirlar Mahkamasi.
S) Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
D) Senat
E) Qoraqalpog‘iston Respublikasi
123. YAshash huquqi konstitutsiyaning qaysi moddasida aks ettirilgan ?
A) 24 modda
V) 21 moddada
S) 28 moddada
D) 23 moddada
E) 31 moddada
124.” Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega” jumlasi konstitutsiyaning qaysi moddasida aks ettirilgan?
A) 25 moddada
V) 24 moddada
S) 28 moddada
D) 23 moddada
E) 31 moddada
125. SHaxsiy huquqni aniqlang?
A) Aybsizlik prezumpsiyasi.
V) Saylash huquqi
S) Mulkdor bo‘lish huquqi
D) Dam olish huquqi
E) Bilim olish huquqi
126. Turar joy daxlsizligi huquqi – bu
A) SHaxsiy huquq
V) Ijtimoiy huquq
S) Siyosiy huquq
D) Iqtisodiy huquq
E) Tabiiy huquq
127. “Har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega” jumlasi konstitutsiyaning qaysi moddasida qayd etilgan?
A) 27 modda
V) 24 moddada
S) 28 moddada
D) 23 moddada
E) 31 moddada
128. So‘z va e’tiqod erkinligi - bu
A) SHaxsiy huquq
V) Ijtimoiy huquq
S) Siyosiy huquq
D) Iqtisodiy huquq
E) Tabiiy huquq
129. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi qachon va qaysi hollarda cheklanishi mumkin?
A) faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin.
V) Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi cheklanmaydi.
S) Senzura yo‘li bilan cheklanadi
D) Oilaviy munosabatlarda cheklanadi
E) To‘g‘ri javob yo‘q.
130. “Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi” jumlasi qaysi moddada qayd etilgan?
A) 31 modda
V) 24 moddada
S) 28 moddada
D) 23 moddada
E) 21 moddada
131. Fuqarolarning murojaati huquqi konstitutsiyamizning qaysi moddasida qayd etilgan?
A) 35 modda
V) 24 moddada
S) 28 moddada
D) 23 moddada
E) 21 moddada
132. “Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli” jumlasi qaysi moddada qayd etilgan?
A) 36 modda
V) 24 moddada
S) 28 moddada
D) 23 moddada
E) 21 moddada
133. Mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqi - bu
A) Ijtimoiy - iqtisodiy huquq
V) SHaxsiy huquq
S) Siyosiy huquq
D) To‘g‘ri javob yo‘q
E) Tabiiy huquq
134. Bilim olish huquqi - bu
A) Ijtimoiy - iqtisodiy huquq
V) SHaxsiy huquq
S) Siyosiy huquq
D) To‘g‘ri javob yo‘q
E) Tabiiy huquq
135. Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi - bu
A) Ijtimoiy - iqtisodiy huquq
V) SHaxsiy huquq
S) Siyosiy huquq
D) To‘g‘ri javob yo‘q
E) Tabiiy huquq
136. Ijtimoiy ta’minot olish huquqi konstitutsiyaning qaysi moddasida aks ettirilgan?
A) 39 modda
V) 24 moddada
S) 28 moddada
D) 23 moddada
E) 21 moddada
137. “Davlat fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi” jumlasi qaysi moddada qayd etilgan?
A) 43 modda
V) 24 moddada
S) 28 moddada
D) 23 moddada
E) 21 moddada
138 Viloyatlar, shaharlar, tumanlarni tashkil etish, tugatish kimning vakolatiga kiradi?
A) Oliy Majlisning
V) O‘zbekiton Respublikasi Perezidentining
S) Vazirlar Mahkamasining
D) Konstitutsiyaviy sudning
E) To‘g‘ri javob yo‘q
139. Fuqarolikni o‘zgartirish haqida ariza qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?
A) Bir yillik muddatda
V) Bir oylik muddatda
S) Bir xaftalik muddatda
D) yarim yillik muddatda
E) 3 oylik muddatda
140. Jamiyatning iqtisodiy negizini nima tashkil etadi?
A) Mulkning xilma-xil shakllari
V) Er osti boyliklari
S) Xususiy mulk
D) SHaxsiy mulk
E) Aralash mulk
141. Kim qonunlarni imzolaydi?
A) Prezident
V) Bosh vazir
S) Spiker
D) Senat Raisi
E) Markaziy saylov komissiyasi Raisi.
142. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kim saylanadi?
A) 25 yoshga to‘lgan, oxirgi 5 yilda muqim yashagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari
V) O‘z manfaatidan davlat manfaatini ustun qo‘yuvchilar
S) Davlat ishlarini va qonunlarini yaxshi biladigan fuqarolar
D) Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
E) To‘g‘ri javob yo‘q.
143. Mahalliy hokimiyat organlarining konstitutsiyaviy vazifasini ko‘rsating.
A) Fuqarolarning manfaatini yuqori davlat organlarida qo‘riqlash
V) Qonuniylik, huquqiy - tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash
S) Jinoyatchilikni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurash
D) A) va V)
E) To‘g‘ri javob yo‘q.
144. O‘zbekiston xalqini kim tashkil etadi?
A) Millatidan qat’iy nazar O‘zbekiston fuqarolari, O‘zbekistonda doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet el fuqarolari.
V) O‘zbekistonda tug‘ilgan shaxslar
S) Millatidan qat’iy nazar O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari.
D) chet eldagi o‘zbeklar
E) To‘g‘ri javob yo‘q
145. Kimlar davlatning alohida himoyasida?
A) voyaga etmaganlar, mehnatga layoqatsizlar, yolg‘iz qariyalar, nogironlar.
V) davlatning alohida topshirig‘ini bajarganlar
S) davlat oldida ko‘p xizmat qilganlar
D) chet el fuqarolari
E) fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
146. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini rasmiy talqin etish huquqiga ega bo‘lgan davlat organini ko‘rsating
A) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi
V) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi;
S) O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti;
D) Senat
E) To‘g‘ri javob yo‘q
147. Oliy Majlisni kim tarqatib yuborish huquqiga ega?
A) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
V) Spiker
S) Konstitutsiyaviy sud
D) Senat Raisi
E) Bosh vazir
148. Kim qonunchilik tashabbusiga ega?
A) Qonunchilik palatasi deputatlari
V) Sudyalar
S) Prokurorlar
D) Xavfsizlik xizmati xodimlari
E) Ombudsman
149. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qachondan boshlab o‘z lavozimiga kirishadi?
A) Qasamyod qabul qilgandan
V) Saylangandan so‘ng bir oy ichida
S) Saylanganligi e’lon kilinishi bilan
D) Saylangandan so‘ng 10 kun ichida
E) Saylov o‘tkazilgan kundan
150. Sudyalar kimga bo‘ysunadi?
A) Konstitutsiya va qonunga
V) Bosh vazirga
S) Prokuratura organlariga
D) Konstitutsiyaviy sudga
E) Prezidentga
151. Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning munosabati nimaga asoslanadi?
A) o‘zaro hamkorlikka
V) ishontirish prinsipiga
S) majburlov prinsipiga
D) Bo‘ysunish asosida
E) To‘g‘ri javob yo‘q
152. Mahalliy vakillik organlarining tizimini aniqlang?
A) Viloyatlar, tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari
V) Viloyatlar, tumanlar, shaharlar, qishloqlar xalq deputatlari Kengashlari
S) Viloyatlar, tumanlar, shaharlar, qishloqlar, ovullar xalq deputatlari Kengashlari
D) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, tumanlar, shaharlar, qishloqlar. ovullar xalq deputatlari Kengashlari
E) Viloyatlar, tumanlar, ovullar xalq deputatlar Kengashlari
153. Hokimlar qanday hujjatlar qabul qiladi?
A) qarorlar, farmoyishlar
V) Buyruqlar, qarorlar
S) qarorlar, farmonlar
D) Qonun
E) Qonun, buyruq
154. Davlat organlari va masabdor shaxslar kimning oldida mas’uldir?
A) Jamiyat va fuqarolar oldida
V) Millatlar oldida
S) Siyosiy partiyalar oldida
D) Davlat oldida
E) Prezident oldida
155. Respublikada davlat hokimiyatini kim amalga oshiradi?
A) Vakolatli idoralar
V) Jamoat birlashmalari
S) Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari
D) Prezident devoni
E) Hokim
156. O‘zbekistonda davlat hokimiyati bo‘linishining prinsipi?
A) qonunchilik, ijro, sud hokimiyati
V) Vakillik, ijro, sud hokimiyati
S) Mahalliy, markaziy, sud hokimiyati
D) Markaziy, mahalliy
E) Vakillik, sud hokimiyati
57. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini kim ta’minlaydi?
A) Davlat
V) Malakali advokatlar
S) Prokurorlar
D) Sudyalar
E) IIB xodimlari
158. Mahalliy vakillik organlari qanday hujjatlar qabul qiladi?
A) qarorlar
V) Yo‘riqnomalar
S) qonunlar
D) Buyruqlar
E) Farmoyishlar
159. Mahalliy vakillik organlarining qonunga zid qarorlarini kim bekor qila oladi?
A) O‘zbekiston Prezidenti
V) Bosh prokuror
S) Senat raisi
D) Spiker
E) To‘g‘ri javob yo‘q
160. Viloyat, tuman, shahar prokurorlarini kim tayinlaydi?
A) Bosh prokuror
V) O‘zbekiston Prezidenti
S) Spiker
D) Senat Raisi
E) Bosh vazir
161. Prezidentlikka nomzod kimlar tomonidan ko‘rsatiladi?
A) Siyosiy partiyalar
V) Mahalliy hokimiyat vakillik organlari
S) O‘zini o‘zi boshqarish organlari
D) Vazirlar Mahkamasi
E) Konstitutsiyaviy sud
162. Vazirlar Mahkamasi qanday hujjatlar qabul qiladi?
A) Qaror, farmoyish
V) Farmon, buyruq.
S) Murojaatnoma
D) yo‘riqnoma
E) Qonun
163. Qoraqolpog‘iston Respublikasining chegarasi va hududi kimning roziligi bilan o‘zgartiriladi?
A) Qoraqolpog‘iston Respublikasining
V) Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining
S) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
D) Bosh prokurorning
E) Senat Raisining
164. Xususiy mulk egasi, qachon mulkdan mahrum qilinadi?
A) Qonunda nazarda tutilgan holda va tartibda
V) Davlat manfaatini ko‘zlab
S) Aholi manfaatini ko‘zlab
D) Jamiyat manfaatini ko‘zlab
E) To‘g‘ri javob yo‘q
165. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
A) 1992 yil 8 dekabrda
V) 1992 yil 9 dekabrda
S) 1991 yil 31 avgustda
D) 1993 yil 14 yanvar
E) 1991 yil 21 avgustda
166. O‘zbekiston SSR ning 1978 yilgi Konstitutsiyasi qachon o‘z kuchini yo‘qotgan?
A) 1992 yil 8 dekabrda
V) 1991 yil 7 dekabrda
S) 1991 yil 31 avgustda
D) 1993 yil 10 avgustda
E) 1990 yil 24 martda
167. Davlat mukofotlari, orden, medallarni kim ta’sis etadi?
A) Oliy Majlis palatalari
V) O‘zbekiston Prezidenti
S) Konstitutsiyaviy sud
D) Vazirlar Mahkamasi
E) Adliya vazirligi
Konstitutsiyaga kim o‘zgartirish kirita oladi?
A) Oliy Majlis palatalari
V) O‘zbekiston Prezidenti
S) Konstitutsiyaviy sud
D) Vazirlar Mahkamasi
E) Prezident devoni
169. Kimlar vakillik organlariga saylanishi mumkin emas?
A) Sudyalar, prokurorlar
V) Boshqa millatga mansub O‘zbekiston fuqarolari
S) O‘zbekistonda oxirgi 10 yilda muqim yashaganlar
D) o‘zbekiston fuqarolari
E) To‘g‘ri javob yo‘q.
Senat tomonidan rad etilgan qonun qanday tartibda qabul qilinadi?
A)Agar Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining 2/3 qismi qonunni ma’qullasa;
V) Agar kelishuv komissiyasi ikkala palatani murosaga keltirsa;
S) Agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni yoqlab murojaat qilsa;
D) Spiker shuni xoxlasa.
E) Senat Raisi ma’qul deb topsa
VII.GLOSSARIY
1.agressiya (bosqinchilik)-bmt ustaviga nomuvofiq ravishda bir davlatning boshqa davlat suvereniteti, xududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi harbiy kuch ishlatish bilan tajavuz qilishi.
2.advokat-oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan va belgilangan tartibda advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyani olgan o‘zbekiston respublikasining fuqarosi o‘z rda advokat bo‘lishi mumkin.
3.ayb- javobgarlikka tortishning zaruriy sharti.
4.adliya-(arab-adolat)-sud muassasalarining butun majmuini, ularning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatini, shuningdek, sud idorasini bildiruvchi termin.
5.aksept krediti- banklar tomonidan banklardagi eksport qiluvchilar ko‘chirib oladigan o‘tkaziluvchi veksellar aksepti shaklida beriladigan kredit, tashqi savdoni bank tomonidan kreditlash shakllaridan biridir.
6.aliment-voyaga etmagan, shuningdek voyaga etgan mehnatga layoqasiz, yordamga muhtoj shaxslarga ta’minot berish majburiyati
7.aralash huquqlar-alohida huquqlarning mualliflik huquqidan paydo bo‘ladigan, lekin ularga to‘liq muvofiq bo‘lmagan bir turi.
8.astoydil pushaymon bo‘lish-jinoiy javobgarlikni engillashtiruvchi holatlardan biri.u sudga modda sanksiyasidagi jazo chorasini engillashtirish imkonini beradi.
9.ashyoviy dalillar-jinoyat yoki jinoyatchi shaxslardan qoladigan moddiy izlar. jinoyat sodir etilishida ishlatiladigan qurollar yoki tajavuz natijasida vujudga kelgan moddiy o‘zgarishlar va ularning sodir etilganini bildiruvchi izlar ham ashyoviy dvlil hisoblanadi.
10.aholining ijtimoiy faolligi-ijtimoiy ongning kishilik jamiyati siyosiy hayotiga tegishli bo‘lgan tibiiy ehtiyojini belgilovchi holati.
11.boshqaruv uslubi- davlat boshqaruv faoliyatining maqsadlariga erishish, vazifalarini bajarish va funksiyalarini amalga oshirish vositasi.
12.boshqa ishga o‘tkazish - mehnat shartnomasi shartlaridan birining o‘zgartirilishi.
13.banditizm-davlat va jamiyat muassasalariga, korxonalar yoki ayrim shaxslarga hujum qilish maqsadida qurolli to‘dalar tashkil etish.
14.bezorilik – o‘z jk ning 277-moddasida nazarda tutilgan jamoat tartibiga qarshi jinoyat. u jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensinmaslik, urush-do‘pposlash, badanga engil shikast etkazish yoki o‘zganing mulkiga shikast etkazish yoxud nobul qilish orqali jiddiy zarar etkazishda namoyon bo‘ladi.
15.belli kazusi-davlatlar o‘rtasida urush holatining kelib chiqishi uchun bevosita farmal bahona.
16.bilvosita daromad-jismoniy shaxs qo‘shimcha faoliyati natijasida oladigan daromad.
17.bitim-fuqarolik huquqida fuqaro va yuridik shaxslarning fuqarolik huquqi va majburiyatlarini o‘rnatish, o‘zgartirish va tugatishga qaratilgan harakat.
18.bodmeriy shartnoma-kemaning qarzini to‘lash uchun garovni tasdiqlovchi hujjat.
19.bonda yuki-boj hali to‘lanmagan va bojxona omborida turgan import tovarlar.
20.bosh polis-sug‘urtachi va sug‘urta qiluvchi idora o‘rtasida tuziladigan uzoq muddatli shartnoma.
21. vasiylik va homiylik - ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ta’minot berish, ularni tarbiyalash va ularga ta’lim berish, shuningdek bunday bolalarning shaxsiy hamda mulkiy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi
22.vazirlar mahkamasi-o‘z r.ning hukumati, davlatning oliy ijroiya organi.
23.vakolat-fuqaroviy huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi shaxsga beriladigan faoliyat doirasi
24.valyuta pariteti-davlat qonuni va hukumatlarlararo kelishuv asosida valyuta qiymatlarini belgilash.
25.vasiqa-o‘zr fuqarolik qonunchiligiga muvofiq, mol-mulkka egalik qilishni tasdiqlovchi dalolatnoma, hujjat.
26.vasiyatnoma-qonunda belgilangan tartibda fuqaroning o‘ziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xoxish-irodasi va bu istakni ifoda ettiruvchi hujjat.
27.vaqtincha ushlab turish izolyatorlari-jinoyat sodir qilishda gumon qilinuvchi sifatida ushlab turish uchun mo‘ljallangan joy.
28.versiya-biror voqea, hodisp yoki faktlar to‘g‘risida bildirilgan turli fikr, mulohaza, bayonot.
29.vindikasion da’vo-mulkdorning o‘zganing noqonuniy egalik qilishidan ashyoni talab qilib olish huquqgi yoki boshqacha qilib aytganda mulkka egalik qilmayotgan mulkdorning egalik qilayotgan mulkdor bo‘lmagandan mol-mulkni qaytirish huquqgi da’vosi.
30.vositachilik haqi-mijozning vositachiga uning topshirig‘i bo‘yicha amalga oshirgan operasiyasi va ko‘rsatgan xizmati uchun to‘lanadigan haq.
31..gipoteza-huquq normasini qo‘llash sharti, biron-bir huquqka ega bo‘lish.
32.gangster- jinoiy do‘q-po‘pisa, tovlamachilik, odam o‘ldirish va o‘g‘irlash kabi ishlar bilan shug‘ullanuvchi bosqinchilar to‘dasining ishtirokchisi.
33.garov-fuqarolik huquqida majburiyatlar bajarilishini ta’minlashning asolsiy usullaridan biri.
34.genosid-milliy, etnik,irqiy yoki diniy guruhni ushbu guruh a’zolarini o‘ldirish, ularning sog‘lig‘iga og‘ir ziyon etkazish, bolalar tug‘ilishiga kuch ishlatib to‘sqinlik qilish, bolalarni majburan topshirish,kuch ishlatib ko‘chirish yoxud ushbu guruh a’zolarini to‘la yoki qisman yo‘q qilish.
35.guvoh-biror bir jinoyat yoki fuqarolik ishi bo‘yicha o‘tadigan biror-bir holatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan shaxs.
36.guruhiy nikoh-nikohning qadimiy shakli bo‘lib, unga bir frakriya, urug‘ yoki muayyan ichki guruhning barcha erkaklari xuddi shunday boshqa gurug‘ning ayollari bilan nikoh aloqasiga ega bo‘lishlari mumkin bo‘lgan.
37.davlat boshqaruvi-ijtimoiy boshqaruvning asosiy turi.
38.davlat xizmati – davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan harakat.
39.davlat boshqaruv organlari-ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalga oshiradi.
40.deportasiya-jinoiy yoki ma’muriy jazo chorasi sifatida davlatdan majburan chiqarib yuborish.
41.davlat bankrotligi-davlatning tashqi va ichki qarzlarini to‘lashdan to‘liq yoki qisman bosh tortishi: davlat moliyaviy inqirozining eng yorqin shakli.
42.davlat dini-tegishli diniy institutning davlat rasmiy tashkiloti tarkibidagi qismi deb tan olinishini bildiradigan konstitusiyaviy-huquqiy institut.
43.davlat siri- harbiy, iqtisodiy va siyosiy xususiyatga ega, alohida davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan va davlat tomonidan maxsus qo‘riqlanadigan ma’lumotlar.
44.davlat xizmati- ma’muriy huquqning markaziy institutlaridan biri, davlat organlari vakolatlarining bajarilishini ta’minlash bo‘yicha kasbiy faoliyat.
45.davlat yurisdiksiyasi-davlat sud va ma’muriy organlarining o‘z vakolatlaridan kelib chiqib ishlarni ko‘rib chiqish va xal etish huquqi.
46.davlat hududi-er sharining muayyan davlat suverenitetida bo‘lgan qismi, uning tarkibiga quruqlik bag‘ri bilan birga suv havzalari hamda quruqlik va suv havzvlvri ustidagi havo kengliklari kiradi.
47.dekuver-mulk bahosi va sug‘urta summasi o‘rtasida sug‘urta qilinuvchi shaxs tavakkaliga qoldiriladigan farq.
48.dekort-tovar bahosini muddatidan oldin tshlaganlik uchun beriladigan imtiyoz.
49.demarsh-bir davlat tashqi aloqa organlarining boshqa davlatga nisbatan favqulodda chiqishi.
50.denominasiya-pul muomalasini tartibga solish va milliy valyutaga ko‘proq salmoq berish maqsadida mamlakat pul birligini yiriklashtirish.
51.ekosid-hayvonot va o‘simliklar dunyosini yoppasiga qirib tashlash, atmosfera va suv resurslarini zaharlash, shuningdek, ekologik inqirozlar keltirib chiqaradigan boshqa harakatlarni amalga oshirish.
52.ekologik urush- raqibga, uning xududiga ta’sir qilish orqali zarar etkazish. bu bmt tomonidan man qilingan.
53.ekologik jamg‘armalar-byudjetdan tashqari davlat jamg‘armalari. ular kechiktirib bo‘lmaydigan tabiiy muhofaza vazifalarini bajaradilar.
54.ekologik ofat zonalari- o‘zbekiston respublikasi xududiy uchastkalarida xo‘jalik va boshqa faoliyat natijasida faunalar va floralar buzilishi, tabiiy ekologik tizimni vayron qilish natijasida tabiiy muvozanatning buzilishi.
55.eksgibisionizm- o‘z tanasi a’zolarini qarama-qarshi jinsdagi yoki o‘z jinsidagi odamlarga yalong‘och qilib ko‘rsatish orqali jinsiy qoniqish olish yoki lazzatlanish.
56.eksgumasiya-shaxs o‘limining sababi yoki o‘likning shaxsini aniqlash masadida ko‘milgan murdani qayta kavlab olish.
57.ijrochi-maishiy xizmat, uy-joy kommunal ta’mirlash, qurilish, transport xizmati va xizmat ko‘rsatishning boshqa sohalari bo‘yicha iste’molchi uchun ishlar bajaradigan va xizmatlar ko‘rsatadigan korxona, tashkilot, birlashma yoki yakka tartibda faoliyat ko‘rasatuvchi tadbirkor.
58.iste’molchi –foyda chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo‘lgan fuqaro (jismoniy shaxs).
59.ishlab chiqaruvchi – iste’molchiga realizasiya qilish uchun tovar ishlab chiqaradigan korxona, tashkilot, muassasa yoki xususiy tadbirkor.
60. indent-agent-chegara ortida vositachilik asosida xorijiy mol etkazib beruvchidan kelib tushadigan tovarlarni sotish bo‘yicha operasiyalarni amalga oshiruvchi agent.
61.indeksasiya-inqirozdan himoya qilish vositasi sifatida kontraktlar va majburiyatlar bo‘yicha narxlar indeksi bilan to‘lovlar muvoqligi.
62.ish vaqti- mehnat huquqida kalendar vaqtining bir qismi, bu vaqt mobaynida ishchiyoki xizmatchi o‘ziga ko‘rsatilgan joyda topshirilgan ishini yoki boshqa ish majburiyatlarini bajarishi kerak.
63.ishonch xati-fuqarolik huquqida bir shaxs boshqa shaxsga uchinchi shaxslar oldida uning nomidan ish yuritishi uchun beriladigan yozma vakolat.
64.iqtisodiy josuslik-qonunga xilof ravishda iqtisodiyot, tijorat, ishlab chiqarish sohasidagi ma’lumotlarni o‘z manfaatlari uchun olish va foydalanish.
65.iqtisodiy huquqlar-iqtisodiy sohadagi inson faoliyatining yuridik jihatdan belgilovchi huquqlarning majmui.
66.konfederasiya – shartnoma asosida qat’iy muayyan maqsadlar yo‘lida birlashishidir.
67. kafil- u yoki bu narsaga kafolat beruvchi davlat, muassasa yoki shaxs.
68. kafolat muddati-fuqarolik huquqida tovar oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha sifat talablariga javob berishi, ish va xizmatlar esa-o‘zining is’temol xossalarini saqlab qolishi kerak bo‘lgan davr.
69.kodifikasiya-normativ-huquqiy aktlarni qayta ishlash yo‘li bilan ularning yagonaligiga olib boruvchi prosess.
70.kontraktasiya-mahsulot etishtiruvchi bilan davlat yoki bosh xaridor o‘rtasida tuziladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma.
71.legalizasiya-biron tashkilotning faoliyatini qonuniylashtirish, biron-bir hujjatga, harakatga yuridik kuch berish, legal holatga o‘tish.xorijiy davlatlarga beriladigan xujjatning haqiqiyligini tasdiqlash va unga yuridik kuch berish.noqonuniy yo‘l bilan topilgan pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni oshkoralashtirish.
72.lesbiyanlik-ayollarning ayollar bilan jinsiy aloqasi.
73.lisenziya-maxsus vakolatli davlat organi amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra lisenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turi bilan muayyan muddat davomida shug‘ullanish uchun beriladigan ruxsat.
74.lyumpsum-tashilayotgan yukning haqiqiy miqdoridan qa’tiy nazar, butun kema uchun akkord ravishda olinadigan kira haqi.
75.ma’muriy-boshkaraman, boshqaruvchi ma’nosini anglatadi.
76.ma’muriy huquq-davlat boshqaruvini tashkil etish tartibi va boshqaruvni amalga oshirish normalarini uz ichiga olgan huquqning aloxida tarmogi.
77.ma’muriy jarayon – ijro hokimiyat organlarining ma’muriy prosessual shaklda amalga oshiriladigan va aniq bir huquqiy masalalarni hal etishga qaratilgan hokimiyat faoliyati.
78.ma’muriy huquqiy norma-davlat tomonidan urnatilgan va bajarishi shart bo‘lgan koida.
79.ma’muriy huquqbuzarlik-ma’muriy koidalarning buzilishidir.
80.ma’muriy javobgarlik – ma’muriy huquq normalari bilan tartibga solingan, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan ma’muriy prosessual tartibda ma’muriy jazoni qo‘llashdir.
81.makler-vositachi degan ma’noni anglatadi.
82.mulkiy zarar-jismoniy va yuridik shaxs mulkiga unga ziyon etkazish yoki u bilan birga tuzilgan shartnomani bajarmaslik oqibatida etkazilgan zarar.
83.mehnat shartnomasi - ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kasbga oid yozma kelishuvdir.
84.mehnatga layoqatlilik-inson salomatligiga bog‘liq bo‘lgan mehnat faoliyatiga qobillik.
85.mehnatni muhofaza qilish jamg‘armalari-mehnatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlash manbai bo‘lib xizmat qiluvchi.
86. jamiyat- kishilarning murakkab ijtimoiy birlashmasidir.
87.jamoa shartnomasi - bu korxonada ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni normativ hujjat.
88.jamoat izzasi-mahkumni omma o‘rtasida uyaltirish, unga qo‘llaniladigan jazoning samarasini oshirish maqsadida jazoni ijro etish usuli.
89.jahon bozori-milliy bozorning jahon darajasiga chiqishi bo‘lib, asosan davlatlarning iqtisodiy hamkorligi, munosabatlarida namoyon bo‘ladi. unda jahon bahosi o‘rnatilgan bo‘lib, davlatning bojxona siyosati va holati bilan bog‘liq bo‘ladi.
90.jahon sudi-ayrim mamlakatlarning quyi sudi tizimi bo‘lib, kichik fuqarolik va jinoiy ishlarni ko‘radi.
91.jinoiy javobgarlik-yuridik javobgarlik turlaridan biri. jinoyat sodir etishning huquqiy oqibati bo‘lib, aybdorga nisbatan jazolash shaklidagi davlat majburlov chorasini qo‘llashdan iborat.
92.jamoa pudrati-brigada yoki boshqa jamoa mehnatini tashkil etish va unga haq to‘lash shakli. to‘lov bajarilgan pirovard natijaga qarab amalga oshiriladi.
93.zarar- fuqarolik huquqida bir shaxsning qonunga hilof harakati yoki harakasizligi tufayli ikkinchi shaxsga etkazgan pul shaklidagi ziyon.
94.zaharlar-sud toksikologiyasida tirik organizmlarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi kimyoviy moddalar.
95.zo‘rlik-biror kishining ikkinchi bir kishiga nisbatan zo‘rlik qilishi, zo‘rlashi, kuch ishlatish yshli bilan zo‘rlashi, jabr-zulm qilishi. u insonning daxlsizligini buzib jismoniy va ma’naviy zo‘rlash, jabr-zulm qilish shaklida ham bo‘lishi mumkin.
96.nikoh shartnomasi-nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohida bo‘lgan davrida va er-xotin nikohdan ajratilgan taqdirida ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi
97.nazariya-jamiyat taaqqiyoti qonuniyatlarini mujassamlashtirgan amaliyotning mantiqan ilmiy umumlashtirilishidir.
98.nikoh haqiqiy emas deb topilishi - faqat sud tartibida amalga oshiriladi
99.nikohni qayd etish - nikohlanuvchi shaxslardan birining yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
100.narkobiznes-norkotik moddalarni olish va sotish bilan shug‘ullanadigan jinoiy uyushma faoliyati.
101.naturalizasiya-xorijiy fuqaroni muayyan davlatni haqiqiy fuqarosi qilib qabul qilish
102.nafaqa-qonunda belgilangan tartibda davlat yoki boshqa bir sub’ektlar tomonidan tayinlanadigan umrbod va doimiy moddiy ta’minot.
103.negator da’vo-mulkdorning mulkiy huquqini uning ashyoga egalik qilishdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan buzishliklardan himoya qilishga yo‘naltirilgan. bu da’vo mulkdorga uning mol-mulkidan foydalanishga xalaqit beruvchi to‘siqlarni bartaraf qiladi.
104.obrogasiya-eski qonunga qisman o‘zgartirishlar kiritish.
105.obstruksiya-shovqin ko‘tarish, ishga taalluqli bo‘lmagan uzundan uzoq nutq so‘zlash orqali yig‘ilish, majlis va hakozolarni buzishga qaratilgan, ko‘proq parlamentcha e’tiroz turi, kurash uslubi.
106.oversold-ma’lum turdagi mahsulot yoki qimmatli qog‘ozlarning bozorda ko‘payib ketishi sababli, narxlar keskin tushib ketishi natijasida yuzaga keladigan holat.
107.odat huquqi-ma’lum davlat, joy yoki etnik va ijtimoiy guruhda takroriy qo‘llanishi natijasida yuzaga kelgan jamoat munosabatlarini boshqaruvchi yozilmagan axloq qoidalari majmui.
108.respublika – davlatni idora qilish (boshqarish) shakli bo‘lib, unda davlatni saylab qo‘yilgan kishilar boshqaradi.
109.ratifikasiya-tasdiqlash, biror bir mamlakatning oliy davlat organi tomonidan tasdiqlangan xalqaro shartnoma.
110.reablitasiya-nohaq qoralangan, ayblanuvchi sifatida javobgarlikka tortilgan yoki aybdor deb hisoblangan, nohaq hukm qilingan shaxsga nisbatan ma’muriy ta’sir chorasi ko‘rilishi hisoblanadi.
111.ramburs krediti-savdo operasiyalarini bank tomonidan qisqa muddatli kreditlash.
112.regress da’vo-qarzdorning aybi bilan uchinchi shaxsga to‘langan pulni qaytarish to‘g‘risidagi qarshi talabnoma.
113. syuzerenitet – frans., bir davlatning ikkinchi davlatga (vasiylik)ga nisbatan ustuvorlik huquqi.
114.sabotaj-ma’lum majburiyatlarni olgan holda bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik.
115.sotuvchi-oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha iste’molchiga tovar realizasiya qiladigan korxona, tashkilot, muassasa yoki yakka tadbirkor.
116.savdo-tovar ishlab chiqaruvchi va uni iste’mol qiluvchi o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy vositachilik bo‘lib, iste’molchilarga qayta sotish maqsadida ishlab chiqaruvchilardan tovarlarni xarid qilish yo‘li bilan yoxud tovarlarni iste’molchilarga sotish va keyinchalik ularning pulini ishlab chiqaruvchilarga to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
117.sanasiya-qarzdor tashkilotlarga davlat yoki boshqa tashkilotlar tomonidan moliyaviy yordam berilishi.
118.satisfaksiya-xalqaro-huquqiy javobgarlik shakllaridan biri bo‘lib, huquqbuzar davlat jabrlangan davlatga ko‘rgan zararni qoplashga so‘z beradi.
119.status-huquq sub’ektlarining huquq va majburiyatlari majmuini ifoda etuvchi, huquq normalari bilan belgilangan holat.
120.sub’ektiv huquq-fuqaroviy tashkilotning o‘z manfaatlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadiga erishish yo‘lida amalga oshirishi mumkin bo‘lgan hatti-harakatlari qonun orqali ta’minlangan chorasi.
121. tovar – bu ishlab-chiqaruvchi faoliyatining iste’molchiga shartnoma bo‘yicha sotish uchun mo‘ljallangan mahsulotidir.
122. terrorizm-jamoat havfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyat xalqning tinchligini buzish.
123.tabiatning huquqiy muhofazasi-tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan yuridik normalarda qayd etilgan, inson hayot sharoitini yaxshilashga yo‘naltirilgan davlat chora-tadbirlari majmui.
124.tavsifnoma-shaxsning xizmat, jamoat va boshqa faoliyatlaridan guvohlik beruvchi rasmiy hujjat.
124.taksa-tovarga belgilangan aniq narx yoki ish va xizmatlarga to‘lanadigan haqning belgilangan hajmi.
125.taloq-shariatda er tomonidan e’lon etilib, nikohning bekor qilinishi.
126.tarif stavkasi-xodim yoki yollanib ishlovchiga bir soat yoki bir kunlik mehnati uchun to‘lanadigan ish haqining hajmi.
127.unitar – (lot. uniya – birlik) – yagona. davlatning tuzilish shakli bo‘lib, muayyan ma’muriy xududiy bo‘linishga ega bo‘ladi. biroq bu mustaqil xududlar (tumanlar, viloyatlar, kontonlar) davlat suverenitetiga ega bo‘lmaydi.
128. uzufruktariy-shaxsiy servitut egasining, ya’ni birovning mulkidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs.
129.ultimatum-bir mamlakat hukumatining boshqa mamlakat hukumatiga quyadigan qat’iy va hech qanday baxs va e’tirozlarga yo‘l qo‘ymaydigan talabi.
130.unitar davlat-davlat va milliy davlat tuzilishining shakli bo‘lib, bunda davlat xududi ma’muriy-xududiy birliklarga bo‘linadi.
131.ustav-davlat, mulk egasi yoxud jamoat tashkiloti o‘rnatgan va tartibga soladigan qoidalar majmui.
132.uyushgan jinoyatchilik-qasddan jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanadigan va ijtimoiy nazoratdan himoya tizimini yaratuvchi turg‘un boshqariladigan jinoiy tuzilmalar.
133. federasiya – (lot. ittifoq, birlashma) – davlatning tuzilish shakli bo‘lib, uning asosi – ikki yoki bir necha mustaqil davlatning bitta ittifoq davlatga birlashishidir.
134.fuqarolik - shaxsning aniq bir davlatga siyosiy va huquqiy mansubligi.
135. fuqarolik muomalasi - iqtisodiy muomalaning fuqarolik huquqiy ifodasi..
136. fuqarolik holati dalolatnomalari - fuqarolar hayotidagi, tug‘ilish, o‘lim, nikoh tuzish, nikohdan ajralish kabi voqea hamda faktlarning vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanishidir.
137.farzandlikka olish - faqat voyaga etmagan bolalarga nisbatan va ularning manfaatlarinigina ko‘zlab yo‘l qo‘yiladi.
138. fxdyo - fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish
139.faktoring-savdo-komission operasiyaning mijoz aylanma kapitalini kreditlash bilan uyg‘unlashgan turi.
140.federalizm-davlat xududiy tuzilishining ikki shaklidan biri bo‘lib, uning murakkab ittifoq xususiyatini taqozo etadi.
141.huquq normasi – huquq tizimining birlamchi unsuri bo‘lib, u davlat tomonidan o‘rnatiladigan hokimiyat harakteriga ega bo‘lgan xatti-harakat qoidasidir.
142.huquq tarmog‘i-bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normalar va huquq institutlarining alohida majmui.
143. xususiy mulk huquqi- shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishi.
144. xususiy huquq –umumiy manfaatlarni tartibga soluvchi va muhofaza qiluvchi ommaviy huquqdan farqli o‘laroq xususiy manfaatlarni munosabatlarni ifodalovchi hamda yakka mulkdorlar va birlashmalarni ularning mumkin faoliyatidagi va shaxsiy munosabatlaridagi mustaqilligi va tashabbusiga asoslangan munosabatlarni tartibga soluvchi huquq tarmoqlaridan biridir.
145.xalqaro kafolat- xalqaro huquqda xalqaro majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash bilan bog‘liq huquqiy normalar yigindisidir.
146.xaker-begona kompyuter tizimlariga kirish va ulardan axborotlar olish, noqonuniy ravishda dasturli mahsulotlar himoyasini buzish va ulardan nusha ko‘chirish.
147.shartnoma intizomi-shartnomalarda belgilangan majburiyatlarni o‘z vaqtida va lozim darajada bajarish.
148.shtreykbrexer-ish tashlashda qatnashishdan bosh tortgan yoki ish tashlagan ishchilarning o‘rniga ma’muriyat tomonidan yollangan odam.
149.shikaner-insofsiz sotuvchi.
150. yuridik kafolat-fuqarolar va tashkilotlarning sub’ektiv huquqlarini muhofaza qilishning qonunda belgilangan vositalari.
151.yuridik faktlar-qonunda nazarda tutilgan va muayyan huquqiy munosabatlar yuzaga kelishi uchun asos bo‘lgan holatlar.
152.yuridizasiya-biron-bir faktlarga, munosabatlarga huquqiy tus berish.
153.yuridik javobgarlik-huquqbuzarlik sub’ektining huquq normalarida nazarda tutilgan noqonuniy oqibatlarga bardosh berish majburiyati.
154.yurisprudensiya-huquqshunoslik, yuridik fanlar majmuasi, yuristlarning amaliy faoliyati.
155.yuristiksiya-tegishli davlat organlarining huquqiy kelishmovchiliklarni va huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni hal etish,ya’ni shaxs yoki boshqa huquq sub’ekti harakatlarini ularning qonuniyligi nuqtai nazaridan baholash.
156.yaroqlilik muddati - muayyan davr bo‘lib, bu davrda tovar foydalanishga yaroqli bo‘ladi va u tamom bo‘lgach, tovar odamlar hayoti va sog‘lig‘i uchun havf tug‘dirishi mumkin.
157.yarashuv-o‘zaro harbiy holatda bo‘lgan davlatlarning halqaro huquqiy normalar asosida yarashuvi.
158.yashash huquqi-insonning eng asosiy ham tabiiy, ham ijtimoiy huquqi.
159.o‘zlashtirish-fuqarolik huquqida mol-mulkning boshqa shaxs egaligiga berilishi.
160.o‘zboshimchalik bilan qurilish qilish-fuqarolik qonunlariga ko‘ra hech qanday hujjasiz qurilgan turar joy binolari.
VIII.ADABIYOTLAR RO‘YXATI
MAXSUS ADABIYOTLAR
Karimov I.A. “o‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li”. t., “o‘zbekiston” - 1992. b. 26
Karimov I.A. . “buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati” \\bizdan ozod va obod vatan qolsin. 2-tom. t. 1996. 96-bet.
Karimov I.A. «o‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura». t 1. t.: o‘zbekiston. 1996y. 123-bet.
Karimov I.A. “o‘zbekiston xxi asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”. t., “o‘zbekiston” - 1997.
Karimov I.A. . o‘zbekiston xxi asr bo‘sag‘asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. / havfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lidan. t. 6. –t.: «o‘zbekiston», 1998, 141-b.
Karimov I.A. . o‘zbekiston xxi asrga intilmoqda. t.: o‘zbekiston, 1999. 29-b.
Karimov I.A. . «qonunga hurmat, qonunga itoat hayotimiz mezoni bo‘lsin» t.: toshkent oqshomi. 2001 y. 10-dekabr.
Karimov I.A. . «biz uchun xalqimiz, vatanimiz manfaatidan ulug‘ maqsad yo‘q» t.: xalq so‘zi 2001 y. 7 dekabr.
Karimov I.A. . «bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir” xalq so‘zi. 2005 yil 29 yanvar.
Karimov I.A. . « inson, uning huquq va erkinliklari hamda manaatlari – eng oliy qadriyat. t. o‘zbekiston. 2005 yil. 10-11 betlar.
Karimov I.A. . “inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o‘zgarishlarimizning bosh maqsadidir”. t. xalq so‘zi. fevral 2008 yil.
Karimov I.A. . vatanimizning bosqichma – bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash – bizning oliy maqsadimiz. t. 7 xalq so‘zi. dekabr 2008 yil.
Karimov I.A. “jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, o‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari”. t. o‘zbekiston 2009 yil.
Karimov I.A. . o‘zbekiston konstitutsiyasi – biz uchun demokratik taraqqiyot yo‘lida va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevordir. t. o‘zbekiston. 2009 yil.
“Mamlakatimizni modernizasiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir”. – prezident islom karimovning o‘zbekiston respublikasi oliy majlisi qonunchilik palatasi va senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi // xalq so‘zi, 2010 yil 28 yanvar.
“Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir”. – prezident islom karimovning 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda o‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan vazirlar mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi // xalq so‘zi, 2010 yil 30 yanvar.
Karimov I.A. asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz faravonligini yanada yuksaltirishdir. t. o‘zbekiston. 2010 yil.
Karimov I.A. . jahon inqirozining oqibatlarini yengish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va taraqqiy topgan davlatlar darajasiga ko`tarish sart. – t.: «o`zbekiston», 2010. – j.18. 264 b.
Karimov I.A. mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi: o‘zbekiston respublikasi oliy majlisi qonunchilik palatasi va senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruza. 2010 yil 12 noyabr / – toshkent: o‘zbekiston, 2010. – 56 b. – b. s.
Prezident islom karimovning o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganining 18 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi // xalq so‘zi, 2010 yil 7 dekabr.
Karimov I.A. barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi: 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan o‘zr vazirlar mahkamasining majlisidagi ma’ruza, 2011 yil 21 yanv. – t.: o‘zbekiston, 2011. – 48 b.
Karimov I.A. . «o‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» – t.: o‘zbekiston, 2011.
Karimov I.A. ison manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo‘lishiga erishish – bizning bosh maqsadimizdir: o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza / 2012 yil 7 dek./ – toshkent: o‘zbekiston, 2013.
Karimov I.A. amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish – yorug‘ kelajagimizning asosiy omilidir”. t. xalq so‘zi. 2013 yil 7 dekabr.
Karimov I.A. .“mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishga qaratilgan taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirish – bosh maqsadimizdir”t. xalq so‘zi. 2014 yil 6 - dekabr.
Karimov I.A. . “2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish – ustuvor vazifamizdir. t. xalq so‘zi. 2015 yil 17 yanvar.
ASOSIY VA QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR
Davlat va huquq nazariyasi. darslik. x.t.odilqoriev, i.t.tulteev va boshq.; x.t.odilqoriev tahriri ostida. – t.: “sharq”, 2009. – 592 b.
Xuquqshunoslik, o`zbekiston respublikasi konstitutsiyasi / o.karimovaning umumiy tahriri ostida. – toshkent: tdiu, 2009. – 141 b.
Xuquqshunoslik darslik xayitboev e.r. yokubov j. yangi asr avlodi nashiriyoti 2006 yil (lotin yozuvida)
4.O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasini o‘rganish: (lotin yozuvidagi darslik) mualliflar jamoasi, bakalavriatning noyuridik yo‘nalishlari uchun. – t.: yangi asr avlodi, 2005.
5. Ikramov r.a. jalilov sh.i., ganieva g.yu., polvonov i.t. o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasini o‘rganish. o‘quv qo‘llanma. – t.: o‘zmu, 2012
6.O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasiga sharh. mualliflar jamoasi. – t.: o‘zbekiston, 2013.
elektron ta’lim resurslari
http://www.lex.uz
“xalq so‘zi” gazetasi – www info xs. uz.
“ma’rifat” jurnali – www ma’rifat – inform.
“jamiyat va boshqaruv” jurnali – www rzult academy freenet uz.
www. ziyonet.uz.
|