Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi




Download 2.68 Mb.
bet12/18
Sana23.12.2019
Hajmi2.68 Mb.
#4659
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18

Nazorat uchun savollar:

1. Xalqaro huquq qanday paydo bo‘lgan?

2. Xalqaro huquqning mohiyati nimada?

3. Xalqaro huquq va ichki davlat huquqi nisbati nimada?

4. Xalqaro huquq normalarini yaratish jarayoni nimaning vositasida amalga oshiriladi?

5. Xalqaro huquq davlatlarning tashqi siyosatida va diplomatiyasida qanday o‘ringa ega?

6. Xalqaro huquq funksiyasi nimadan iborat?

7. Xalqaro huquq tamoyillarini tushuntiring.

9. Xalqaro shartnoma qanday tuziladi va rasmiylashtiriladi?
Adabiyotlar:

1. O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi. – t.: o‘zbekiston, 2016.

2. Karimov i.a. “o‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li” –t., 2008.

3. Saidov a.x. «xalqaro huquq» darslik. 2-tom. – t.: adolat, 2001.

4. Saidov a.x. «xalqaro huquq tushunchasi va mohiyati» o‘quv qo‘llanma. – t.: 2000.

5. Bekyashev k.a., volosov m.ye. «mejdunarodnoe pravo v sxemax» uchebnoe posobie. – m.: prospekt, 2006.

6. Qosimbekova s. «huquqshunoslik, o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi» fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua. – t. TDIU.

MAVZU: «O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASINI O‘RGANISH» O‘QUV KURSI, UNING MAQSAD VA VAZIFALARI

Nazorat uchun savollar:


  1. Konstitutsiyani o‘rganish qachon joriy qilindi?

  2. Konstitutsiyani o‘rganish o‘quv kursining vazifasi, maqsadlari nimalardan iborat?

  3. Konstitutsiyani o‘rganish kursi – konstitutsiyaviy huquqning asosiy qismiga nimalar kiradi?

Adabiyotlar:



  1. O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi. –t.: «o‘zbekiston», 2003.

  2. Karimov i.a. Bunyodkorlik yo‘lidan. T. 4. –t.: «o‘zbekiston», 1996.

  3. O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2001 yil 4 yanvardagi «o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoyishi.

  4. Tadjixanov u., saidov a., odilqoriev x. O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi (darslik). – t.: «sharq», 2001.

  5. O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi. – t.: moliya nashriyoti. 2002. 632-b.

1. O‘quv kursining joriy qilinishi, tushunchasi, maqsad va vazifalari.



O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2001 yil 4 yanvardagi «o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoyishi asosida 2001 yil 1 sentyabrdan boshlab mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimining magistraturagacha bo‘lgan bosqichida konstitutsiyani o‘rganish tashkil etildi. Ta'lim tizmiining bog‘chadan to oliy o‘quv yurtlarining eng yuqori bosqichigacha bo‘lagan yosh avlod bugun asosiy qonunimizni o‘rganmoqda.


O‘quv kursining asosiy vazifalari quyidagilarni o‘rganishdan iborat bo‘lib, ular:



  1. O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosiy prinsiplarini;

  2. Fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlarini;

  3. Jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni;

  4. Jamiyatning iqtisodiy asoslarini;

  5. O‘zbekistonning ma'muriy-hududiy davlat tuzilishini;

  6. O‘zbekiston respublikasi saylov tizimini;

  7. O‘zbekiston respublikasi davlat hokimiyatini, oliy va mahalliy organlarining tuzilishini;

  8. O‘zbekiston respublikasi sud hokimiyatining amalga oshirilishini;

  9. O‘zbekiston respublikasi prokuratura organlarining tashkil etilishi va vazifalarini;

  10. o‘zbekiston respublikasi moliya va kredit tuzilishini;

  11. o‘zbekiston respublikasida mudofaa va xavfsizlikning ta'minlanishini;

  12. o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibini o‘rganish.

2. O‘zbekiston konstitutsiyasini o‘rganish kursi konstitutsiyaviy huquqning asosiy qismi. O‘zbekiston konstitutsiyasini o‘rganish kursining predmeti.

Ushbu o‘quv kursining mohiyatini to‘la anglab olish uchun avvalo «konstitutsiyaviy huquq» tushunchasini bilib olish kerak, zero, «o‘zbekiston konstitutsiyasini o‘rganish» o‘quv kursi «konstitutsiyaviy huquq» fanining asosiy qismini tashkil etadi.

Konstitutsiyaviy huquq fani esa, huquqshunoslikning muhim tarmog‘i bo‘lib, uning asosiy vazifasi konstitutsiyaviy huquq sohasini o‘rganishdan iborat.

Konstitutsiyaviy huquq fani o‘zbekiston respublikasi huquqiy tizimning etakchi tarmog‘i bo‘lgan konstitutsiyaviy huquq tushunchasi, uning predmeti, huquqiy normalari, institutlari, ularni amalga oshirish natijasida kelib chiqadigan huquqiy munosabatlarni o‘rganadi va ushbu huquqiy tarmoqning rivojlanish istiqbolini ko‘rsatib beradi.

O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasini o‘rganish o‘quv kursida ham konstitutsiyaviy huquq fanida o‘rganilgani kabi shaxsning asosiy huquq va erkinliklari, burchlari, hokimiyat bilan shaxsning o‘zaro munosabatlari, davlat idoralari tizimining faoliyat yuritishini tartibga soluvchi, fuqarolarning huquqiy maqomi, shuningdek, jamiyatning boshqa ijtimoiy tuzilmalari holatini tadqiq etiladi.

Demak, o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasini o‘rganish kursining predmeti – bu konstitutsiyaviy institutlar haqida tasavvurlar va bilimlar, konstitutsiyaviy normalar va ular orqali tartibga solinadigan munosabatlar tizimidir. O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasini o‘rganish kursi o‘ziga o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari, ularning kafolatlari va burchlarini, ma'muriy-hududiy va davlat tuzilishini, saylov tizimini, hokimiyat tizimi va davlat organlari tizimini tashkil etish hamda faoliyatining asosiy prinsiplarini fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish asoslarini mustahkamlaydi.

O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasini o‘rganish kursi konstitutsiyaviy institutlar va normalar haqida bilim va tasavvurlar va ularning rivojlanishlarini o‘rganadi.



Shulardan kelib chiqqan holda bu o‘quv kursiga quyidagicha ta'rif berish mumkin:




Tizimi bu konstitutsiyaviy huquq normalarini ilmiy asoslangan tartibda, ularning mazmuniga, ular tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarning xususiyatiga, ahamiyatiga qarab muayyan guruhlarga bo‘lish demakdir.

Konstitutsiyaviy huquqning huquq sohasi sifatidagi tizimi o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasining tizimiga mos keladi. Konstitutsiya tizimi o‘zgarishi bilan konstitutsiyaviy huquqi tizimi ham o‘zgaradi.



Huquq sohasi sifatida konstitutsiyaviy huquq quyidagi tizimga ega.

Endi bu tizimlar haqida to‘xtalib o‘tamiz.



Download 2.68 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Download 2.68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Download 2.68 Mb.