• MAVZU: XALQARO HUQUQ
  • Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi




    Download 2.68 Mb.
    bet10/18
    Sana23.12.2019
    Hajmi2.68 Mb.
    #4659
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18

    Harakat shaxsning ongi, fе'l-atvori va erkinlik ifodasi bo‘lib hisoblanadi. Shaxs qilgan ijtimoiy harakatini ongli ravishda sodir etadi.

    Harakatsizlik shaxsning ijtimoiy, xavfli, passiv fе'l-atvori bo‘lib, qilish lozim bo‘lgan harakatni qilmaslikda ifodalanadi.
    demak, jinoyat ijtimoiy xavfli, qonunga xilof, qasddan yoki ehtiyotsizlik bilan qilingan harakat yoki harakatsizlikdir. Harakat yoki harakatsizlikning ijtimoiy xavfliligi jinoyatning tabiatini va mohiyatini ochib beradi.

    Qilmishning harakat yoki harakatsiz sodir etilishida aybli ijtimoiy xavfi bo‘lishi asosiy o‘rinni egallaydi. Masalan, onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi harakatli yoki harakatsiz amalga oshirilishi mumkin. Chaqalog‘ni bo‘g‘ib o‘ldirish, suvga tashlash, tiriklayin ko‘mib qo‘yishi harakatli qilmish turiga kiradi. Bolani tashlab ketish, unga qaramasdan qiynoqda qoldirish harakatsiz qilmish turiga kiradi. Yana harakatsiz aybli qilmishga – voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlash, ota-onani moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlashlar misol bo‘la oladi.

    3) aybli ijtimoiy xavfli qilmish qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilishi mumkin. Jinoyatni sodir etgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi.

    O‘z-o‘ziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat deb topiladi.

    Qasddan sodir etilgan qilmishlar to‘g‘ri yoki egri qasddan sodir etilgan bo‘lishi mumkin.

    A) agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishini istagan bo‘lsa, bunday jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etilgan deb topiladi.

    B) agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bunday jinoyat egri qasddan sodir etilgan deb topiladi.

    Agarda jinoyatni sodir etgan shaxs o‘z harakati yoki harakatsizligidan jamiyat uchun xavfli oqibatlar kelib chiqishi mumkinligiga, ko‘zi yeta turib, lekin xomxayolik bilan ana shu oqibatlarning oldini olishni mo‘ljallab harakat qilsa yoki bunday oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligiga ko‘zi yetmasa-da, lekin ko‘zi yetishi mumkin va lozim bo‘lsa, bunday jinoyat ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyat deb topiladi. Jinoyatkorona beparvolik bilan jinoyat sodir qilgan shaxs o‘z harakati yoki harakatsizligidan ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqishi mumkinligiga ko‘zi yetmagan, lekin ko‘zi yetishi kerak va lozim bo‘lsa, o‘z-o‘ziga ishonib jinoyat sodir etgan shaxs mazkur jinoyatning mumkinligiga ko‘zi yetadi, lekin xomxayollik bilan shu oqibatlarning oldini olishni mo‘ljallab harakat qiladi.

    Shaxs sodir qilgan harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfliligini va uning zararli oqibati yuz berishini bilmasa-da, lekin ish holatiga ko‘ra bilishi lozim va mumkin bo‘lmagan taqdirda uni qilmishida jinoyat tarkibi yo‘q deb topiladi va u jinoiy javobgarlikka tortilmaydi, yuz bergan zararli oqibatlar esa tasodifiy hodisa deb sanaladi.

    Jinoyatning ijtimoiy xavflik darajasi tajovuz ob'ektining ahamiyati va yetkazilgan zararning xarakteri aybdorning shaxsi, jinoyatni sodir etish usuli, sharoiti yoki qilmishning takroran sodir etilishi, bir guruh shaxslar tomonidan ilgaridan kelishib sodir qilinishi, vaqti, joyi va uning qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir qilinishi bilan belgilanadi.

    Jk ikki qismga bo‘linadi. Maxsus qismdagi har bir moddaning birinchi qismida konkret jinoyatning mazmuni, javobgarlikni og‘irlashtiradigan va yengillashtiradigan holatlar, uni sodir qilish usuli, maqsadi kabi holatlar bayon qilingan bo‘lib, dispozitsiya deb aytiladi. Har bir moddaning jinoyat sodir etilgan taqdirda tatbiq qilinadigan jazo turlari va muddatlari belgilangan qismi esa sanksiya deb ataladi.


    Jinoiy javobgarlikka faqat jinoyat sodir etishda aybdor dеb topilgan shaxs tortiladi. Qilmishning jinoyat dеb topilishi uchun unda jinoyat tarkibi borligi aniqlanadi. Jinoyat tarkibiga jinoyat 1) ob'еkti, 2) ob'еktiv tomoni, 3) sub'еkti, 4) sub'еktiv tomonlari kiradi. Jinoyat tarkibining bu elеmеntlaridan bittasi bo‘lsa ham shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin.


    Jinoyat tarkibining zaruriy elementlaridan biri jinoyatning ob'ekti bo‘lib, u umumiy, maxsus va bevosita ob'ektlarga bo‘linadi. Jkda ko‘rsatilgan har qanday jinoyat, birinchi navbatda, turli tajovuzlardan qonun bilan himoya qilinadigan ijtimoiy munosabatlar talabini buzib, ularga qarshi qaratilagn bo‘ladi. Shuning uchun ham har qanday jinoyatning umumiy ob'ekti ijtimoiy munosabatlaridir.

    Jinoyat ob'ekti – bu jinoyat qonuni bilan muhofaza etiladigan ijtimoiy munosabatlardir. Qonunlar bilan jinoiy tajovuzlaridan himoya qilinadigan ijtimoiy munosabatlarning ma'lum bir sohasi jinoyatning maxsus ob'ekti deb topiladi. Masalan, jk maxsus qismining uchinchi bobida ko‘rsatilgan jinoyatning maxsus ob'ekti davlat mulkidir.

    Sodir qilingan konkret jinoyat qaysi ijtimoiy munosabatga bevosita qarshi qaratilgan bo‘lsa, ana shu ijtimoiy munosabat jinoyatning bevosita ob'ekti hisoblanadi.

    Jinoyatning ob'ektiv tomonini shaxsning ongli xatti-harakati va irodaviy hulq-atvorini tashkil etadi. Jinoyatning ob'ektiv tomoni – ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlik, uning zararli oqibatlari va ular o‘rtasida sababiy bog‘lanish mavjud bo‘lishidir. Ba'zi jinoyatlarning ob'ektiv tomoni uchun zararli oqibatlar yuz bermasa ham, lekin ularning amalga oshirilishi real, aniq bo‘lishining o‘zi yetarli bo‘lib, tugallangan jinoyat tarkibini xosil qiladi. Agar qasddan qilingan moddiy tarkibli jinoyat yuz bermagan bo‘lsa, aybdor jinoyatga suiqasd qilgan yoki jinoyatga tayyorgarlik ko‘rgani uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi. Jkning ba'zi moddalarida jinoyatning ob'ektiv tomoni uchun zararli oqibatlar yuz berishi talab qilinmay, jinoiy harakat yoki harakatsizlik sodir qilinishining o‘zi tugallangan jinoyat hisoblanadi.

    Jinoyat qonunga binoan, jinoyat ob'ektiv tomonining zaruriy belgilaridan biri jamiyat uchun xavfli harakat yoki harakatsizlik bilan yuz bergan zararli oqibat o‘rtasida sababiy bog‘lanishning mavjud bo‘linishidir.

    Qilmishning sodir etish vaqti, joyi, usuli kabi holatlar jinoyat ob'ektiv tomonining fakultativ belgilari bo‘lib, jk moddalarining dispozitsiyasida ko‘rsatiladi, konkret jinoyat tarkibining zaruriy belgisi deb topiladi.

    Jinoyatning sub'ekti deb, jismoniy aqliraso, jinoiy qonunda belgilangan muayyan yoshga yetgan shaxsga aytiladi. Jinoyatning sub'ekti jinoyat tarkibining bir elementi bo‘lib, jkning 17-18-moddalariga asosan, jinoyat sodir qilgunga qadar shaxs 16 yoshga to‘lgan va aqli raso bo‘lishi talab qilinadi. 17-moddaning davomida esa, jismoniy shaxslarning jinoiy jazoga tortishdagi yoshi to‘rt xilga bo‘linishi ham aytilgan: 13 (bu yoshda faqatgina bitta jinoyat – javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish uchun jinoiy jazo qo‘llaniladi), 14, 16, 18.

    Ba'zi jinoyatlarning sub'ekti 18 yoshga to‘lgan bo‘lishi talab qilinadi. Masalan, mansabdorlik jinoyatlari va harbiy jinoyatlar, xizmat vazifasini suiste'mol qilish va hokazo jinoyatlar.

    Ana shunday jinoyat sub'ektiga, taalluqli zaruriy belgilardan tashqari, yana maxsus belgilarga ega bo‘lgan shaxslar ham kiradi va ular jinoyatning maxsus sub'ekti deb ataladi. Masalan, mansabdorlik jinoyatining sub'ekti mansabdor shaxs bo‘ladi.

    Jinoyat sodir qilingan vaqtda shaxsning aqli raso bo‘lmasa, u harakati yuzasidan o‘ziga hisob berolmaydi. Shuning uchun davolanganidan keyin ham jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Shaxs jinoyat sodir qilinganida aqli raso bo‘lib, sud hukmi chiqishiga qadar yoki jazo o‘taganida ruhiy kasalikka chalinib qolsa, sud unga meditsina harakteridagi majburiy davolash choralarini belgilaydi, lekin davolanganidan keyin jinoyat ishini yuritish tiklanadi va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

    Shaxs spirtli ichimlik ichish yoki narkotik modda iste'mol qilish natijasida mastlik holatida jinoyat sodir qilsa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.

    Jinoyatning sub'ektiv tomoni deb – shaxsning o‘zi sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishiga va uning oqibatlariga uning ruhiy munosabatini ifodalaydi. Jinoyat tarkibining sub'ektiv tomoni ayb bo‘lib, u shaxsning sodir qilgan harakat yoki harakatsizligiga va uning zararli oqibatlariga nisbatan psixik munosabatlarning ifodasidir.

    Ba'zi jinoyatlar sub'ektiv tomonining zaruriy belgisi jinoyatni sodir qilishda motiv va biron-bir maqsadning mavjud bo‘lishidir.

    Jinoyat sub'ektning motivi — shu qilmishni sodir etishga nima majbur qilganligi; maqsadi – bu qilmish natijasida nimaga erishdi, erishmoqchi ekanligini bildiradi.

    Ba'zi jinoyatlarning predmeti qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini aniqlashda va uni yuridik jihatdan baholashda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, jkning 210-moddasi birinchi qismida qurol-yarog‘lar, o‘q-dorilar va portlovchi moddalarni g‘ayriqonuniy ravishda olib yurish, saqlash, sotib olish, yasash va sotish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bu jinoyatning predmeti shu modda dispozitsiyasida ko‘rsatilgan bo‘lib, undan mazkur jinoyat boshqa jinoyatlarga qaraganda xavfliroq ekanligi ravshan ko‘rinib turibdi. Bu hol qilmish darajasini belgilashda va jazo tayinlashda muhim ahamityaga egadir.

    Ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi. (jk 27-moddasi).



    Ob'ektiv tomondan ishtirokchilik: 1) ikki yoki undan ortiq shaxslarning mavjudligi; 2) birlikdagi ishtiroki bilan tavsiflanadi.

    Sub'ektiv tomondan ishtirokchilik: 1) qasddan ayb taktining mavjudligi; 2) o‘zaro axborot almashuv (bilganlik) bilan izohlanadi.

    Jinoyat qonunchiligida to‘rt turdagi ishtirokchilar ko‘rsatilgan. Bular – a) bajaruvchi, b) tashkilotchi, s) dalolatchi va d) yordamchilar.

    A) jinoyatning bajaruvchisi deb:

    1) jinoyatni bevosita to‘la yoki qisman sodir etgan shaxslar;



    2) jinoyatni bevosita sodir etmagan, biroq sodir etish uchun boshqa, jinoyat qonuniga ko‘ra javobgarlikka tortilmaydigan shaxslardan foydalanganlarga aytiladi.

    Sub'ektiv tomondan bajaruvchining qilmishi hamisha qasddan hisoblanadi.



    B) «tashkilotchi» tushunchasiga quyidagi faoliyat shakllari mansubdir:

    1) jinoyatni sodir etishga tayyorgarlik uchun rahbarlik qilish;

    2) jinoyatni sodir etishga rahbarlik qilish kabilar.

    V) dalolatchilik o‘zga shaxsni jinoyatni sodir etishga undash yoki jinoiy faoliyatda qatnashishga qiziqtirishda ifodalanadi.

    G) yordamchi deb, jinoyatni sodir etishga ko‘maklashgan shaxsga aytiladi.

    Sub'ektiv jihatdan tashkilotchi va dalolatchilarning faoliyati to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Sub'ektiv tomondan sheriklik to‘g‘ri va egri qasd bilan amalga oshirilishi mumkin.

    Ishtirokchilikka muayyan shaklni bag‘ishlaydigan belgilar ob'ektiv va sub'ektiv tomonni ta'riflagani bois ishtirokchilik shakllarini tasniflash asosiga ob'ektiv va sub'ektiv mezonlar quyilgan bo‘ladi.

    Ob'ektiv mezon birgaliqda sodir etilish belgisi bilan oldindan aniqlanadi va u ishtirokchilarning o‘zaro harakati xususiyatini ochib beradi. Sub'ektiv mezon ishtirokchilar jinoiy faoliyatining muvofiqlashish darajasini belgilaydi. Ikkala mezon ham ajralmas bir butunlikni tashkil etib, ularning yig‘indisi ishtirokchilikni to‘rt shaklga bo‘lish imkonini beradi. Bular: 1) oddiy shakl; 2) murakkab shakl; 3) uyushgan guruh; 4) jinoiy uyushmadir.




    O‘zbеkiston Rеspublikasi JKning 35-moddasiga binoan quyidagi holatlar: ya'ni kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mudofaa; oxirga zarurat; ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chog‘ida zarar еtkazish; buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik jinoyatni istisno qiluvchi holatlar dеb topiladi.


    Zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, ya'ni mudofaalanuvchi yoxud boshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini qonunga xilof tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazgan holda himoya qilish chog‘ida qilingan harakat, agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi.

    Oxirgi zarurat holatida, ya'ni shaxsning yoki boshqa fuqarolarning shaxsiga yoxud huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga taxdid soluvchi xavfni qaytarish uchun qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazgan holda sodir etilgan qilmish, basharti, shu xavfni o‘sha holatda boshqa choralar bilan qaytarishning iloji bo‘lmasa hamda keltirilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi.

    Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat organlariga topshirish maqsadida ushlash vaqtida unga zarar yetkazish, agar uni ushlash zarur bo‘lgan choralarning chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi.

    Shaxsning buyruq yoki boshqa farmoyishni, shuningdek, mansab vazifalarni qonunan bajarishi tufayli zarar yetkazilgan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi.

    Ijtimoiy foydali maqsadga erishish uchun kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik qilib, huquqlar va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazish jinoyat deb topilmaydi.

    Umuman olganda jinoyat protsessi quyidagilardan iborat:



    • jinoyat ishini qo‘zg‘atish;

    • dastlabki tergov;

    • sudga oshirish;

    • sudda muhokama qilish;

    • kassatsiya tartibida ish yuritish;

    • hukmni ijro etish;

    • ba'zida ishni sud nazorati tartibida qayta ko‘rib chiqish va ishni yangi ochilgan holatlari bo‘yicha qayta qo‘zg‘atish ham protsessga kiradi.

    3. Jinoiy javobgarlik.

    Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qo‘llaniladigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir.

    Huquqiy davlatda jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan xar bir shaxs ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ravishda ko‘rib chiqilib, aybi aniqlanmaguncha aybdor hisoblanmaydi. Jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish, suiqasd kilish; og‘ir jinoyat sodir etilayotganligi hakida aniq bila turib, tegishli organlarga xabar bermaslik yoki jinoyat vositasi yoki jinoyat natijasida qo‘lga kiritilgan narsalarni olish yoki sotish; shuningdek, jinoyat sodir etishga kiziqtirganlik (dalolatchi), tashkil kilganlik (tashkilotchi) va yordam berganlik (yordamchi) xam jinoyat hisoblanadi va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etganlik jinoiy javobgarlik uchun asos bo‘ladi.

    O‘zbekiston respublikasi jkning 43-moddasiga binoan quyidagi asosiy jazolar tizimi mavjud:

    A) jarima (eng kam oylik ish haqining besh baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda belgilanadi);

    B) muayyan huquqdan mahrum qilish;

    V) ahloq tuzatish ishlari (olti oydan uch yilgacha muddatga tayinlanadi);

    G) xizmat bo‘yicha cheklash;

    D) qamoq (shaxsni batamom ajratgan sharoit ostida saqlashdan iborat bo‘lib, bir oydan olti oygacha muddatga belgilanadi);

    Ye) intizomiy qismga jo‘natish (muddatli harbiy xizmatchilarga uch oydan bir yilgacha muddatga qo‘llaniladi);

    J) ozodlikdan mahrum qilish (olti oydan yigirma yilgacha muddatga belgilanadi);

    Z) uzoq muddatli yoki umrbod ozodlikdan mahrum etish (o‘lim jazosi o‘rniga qo‘llaniladi).

    Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari qo‘shimcha jazolar ham qo‘llanilishi mumkin:

    - harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish;

    - mol-mulkni musodara qilish;

    - xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tariqasidagi jazolar faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llaniladi;


    Jazoni qo‘llashda uni yеngillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi holatlari inobatga olinadi.
    - muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qo‘shimcha jazo tariqasida ham qo‘llanilishi mumkin.

    Quyidagi holatlar jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb topiladi:

    A) aybni bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilish, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish;

    B) yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish;

    V) og‘ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish;

    G) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir etish;

    D) jabrlanuvchining zo‘rlik, og‘ir haqorat yoki boshqacha g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanishi holatida jinoyat sodir etishi;

    Ye) zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchiliqda zarar yetkazish;

    J) voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi;

    Z) homilador ayolning jinoyat sodir etishi;

    I) jabrlanuvchining g‘ayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori ta'siri ostida jinoyat sodir etishi.

    Jazoni og‘irlashtirish holatlarga jkning 56-moddasiga binoan quyidagi holatlar kiradi:

    A) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;

    B) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan;

    V) xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchini bajarganligi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan;

    G) aybdorga moddiy tomondan, xizmat yoki boshqa jihatdan qaram shaxsga nisbatan;

    D) o‘ta shafqatsizlik bilan;

    Ye) ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan usulda;

    J) yosh bola yoki ruhiy kasalligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsdan foydalangan holda;

    Z) jinoyat natijasida og‘ir oqibatlarning kelib chiqqanligi;

    I) umumiy ofat sharoitidan foylalangan holda yoki favqulodda holat vaqtida yoxud ommaviy tartibsizliklar jarayonida;

    K) g‘arazli yoki boshqacha past niyatlarda;

    L) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida;

    M) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma tomonidan;

    N) ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi;

    O) mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop yoxud kishining aql-idrokiga ta'sir qiluvchi boshqa moddalar ta'siri ostida jinoyat sodir etish.

    Jinoyat qonunlarida javobgarlikdan va jazodan ozod qilish turlari ko‘rsatilgan. Sodir etilgan qilmishi uchun jinoiy javobgarliqdan ozod qilishning imkoniyati masalasi ikki omildan iborat bo‘ladi:

    A) shaxsning jinoyat belgilari ifodalangan qilmishni sodir etganda, shuningdek uni jinoiy javobgarlikka tortish uchun barcha asoslar mavjud bo‘lganda;

    B) mazkur shaxsni jinoiy javobgarliqdan ozod etish uchun barcha qonuniy asos va shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan holatlarda.




    Voyaga еtmaganlarga nisbatan faqat asosiy jazo choralari qo‘llaniladi, qo‘shimcha jazo ularga qo‘llanilmaydi.
    javobgarlikdan ozod qilish javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan, qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi munosabati bilan, aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan, kasalligi tufayli amnistiya akti asosida amalga oshiriladi.

    Voyaga yetmaganlarning (18 yoshgacha bo‘lganlar) jinoyatlari uchun quyidagi asosiy jazolarni qo‘llash mumkin:

    A) jarima;

    B) axloq tuzatish ishlari;

    V) qamoq;

    G) ozodlikdan mahrum qilish.

    Jarima eng kam ish haqining ikki baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda tayinlanadi. Axloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan o‘z ish joyida o‘tash, aybdor hyech qaerda ishlamasa, ushbu jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan o‘zi yashaydigan hududdagi boshqa joylarda o‘tash tariqasida bir oydan bir yilgacha muddatga tayinlanadi. Voyaga yetmaganlarga qamoq jazosi bir oydan uch oygacha muddatga belgilanadi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi voyaga yetmaganlar uchun olti oydan o‘n yilgacha muddatga tayinlanadi.

    Bu jazoni qo‘llashda voyaga yetmaganning jinoyati sabablari, jinoyatning og‘irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi holatlari, yoshi va boshqa xususiyatlari inobatga olinadi. Voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish faqat voyaga yetmaganlar ishi bo‘yicha komissiya hujjatlari bilan tanishib chiqqandan keyin yuz beradi. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun voyaga yetmagan 18 yoshga to‘lmaganligi, jinoyatni birinchi marotaba sodir etishi, jinoyatning ijtimoiy xavfi katta bo‘lmaganligi e'tiborga olinadi.

    Har bir voyaga yetmaganning jinoyatini sud puxta o‘rganib chiqib, sababini, uzr so‘rashini, shaxsning psixologik jihatini, yoshini, tarbiya olgan muhitini e'tiborga olgan holda, balki, unga jinoiy jazo qo‘llanmasdan, majburlov choralar qo‘llashni ma'qul ko‘rishi mumkin. Sud voyaga yetmaganga uning qilmishini qoralab, og‘ir oqibatini tushuntirib, bunday nojo‘ya harakatlar takrorlamasligini uqtirib, nima sababdan jinoiy jazo emas, majburlov choralar qo‘llaganligini aytib o‘tishi zarur.

    Sud voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qiladi, voyaga yetmaganning rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sog‘ligini, sodir etgan jinoyatning sabablarini, katta yoshdagilarning va boshqa holatlarning uning shaxsiga ta'sirini hisobga oladi.

    13 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida jazo tayinlanganda ozodlikdan mahrum qilishning eng ko‘p muddati o‘n yilgacha, agar sodir etgan jinoyatlarning bittasi o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, o‘n ikki yilgacha tayinlanadi.

    16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi – o‘n ikki yilgacha muddatga, agar sodir etgan jinoyatlarning bittasi o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, o‘n besh yilgacha muddatga tayinlashi mumkin.

    Jinoyat kodeksiga binoan quyidagi jinoyatlar uchun jinoyat sodir etilgunga qadar 18 yoshga to‘lganlar jinoiy jazoga tortiladilar:

    1. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlash;

    2. Ota-onani moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlash.

    3. Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish.

    4. Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish.

    5. Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish.

    6. Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish.

    7. Atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko‘rsatish.

    8. Atrof tabiiy muhitning ifloslanish oqibatlarini bartaraf qilish choralarini ko‘rmaslik.

    9. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish.

    10. Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish.

    11. Mansabga sovuqqonlik bilan qarash.

    12. Hokimiyat harakatsizligi.

    13. Mansab soxtakorligi.

    14. Pora olish.

    15. Harbiy yoki muqobil xizmatdan bo‘yin tovlash.

    16. Ma'muriy nazorat qoidalarini buzish.

    17. Aybsiz kishini javobgarlikka tortish.

    18. Adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish.

    19. Sud qarorlarini bajarmaslik.

    20. Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish.

    21. Ko‘rsatuv berishga majbur qilish.

    22. «harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar» (jkning yettinchi bo‘limidagi 279-302-moddalari) uchun ham javobgarlik begilangan.

    Jinoyat protsessual kodeksining 464-moddasiga ko‘ra oqlov hukmi quyidagi holatlarda chiqariladi:

    1) mahkum sodir etgan jinoyat uchun jazo tayinlashni istisno etadigan amnistiya akti e'lon qilingan bo‘lsa;

    2) mahkumni jinoyat uchun ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish muddati o‘tib ketgan bo‘lsa;

    3) hukm chiqariladigan vaqtga kelib qilmish ijtimoiy xavfliligini yo‘qotsa yoki uni sodir etgan shaxs ijtimoiy xavfli bo‘lmay qolsa;

    4) mahkumning tuzalishiga jamoat birlashmalari va jamoalar tomonidan qo‘llaniladigan jamoat ta'siri choralari yoki ma'muriy jazo choralari ko‘rish yo‘li bilan erishish mumkin bo‘lsa;

    5) hukm chiqarish vaqtigacha sudlanuvchi vafot etgan bo‘lsa.
    Nazorat uchun savollar:


    1. o‘zbekiston respublikasi jinoyat huquqining tushunchasi.

    2. Jinoyatning qanday belgilari va tarkibi mavjud?

    3. Jinoiy javobgarlik haqida tushuncha bering.

    4. Jinoiy jazo, uning qanday turlari bor?

    5. Jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi, asosi, shakllari qanday?

    6. Ijtimoiy xavfli bo‘lmagan jinoyat turlari haqida tushuncha bering.

    7. Javobgarlikdan ozod qilishning qanday turlari mavjud?

    8. Jazo muddatlari qanday hisoblanadi?

    9. Jazo qanday tartibda tayinlanadi?

    10. Tibbiyot sohasidagi jinoyatlarni ayting.

    Adabiyotlar:

    1. O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi. – t.: o‘zbekiston, 2016.

    2. O‘zbekiston respublikasi jinoyat kodeksi. – t.: adolat, 2001.



    3. O‘zbekiston respublikasining jinoyat protsessual kodeksi. –t.: adolat, 2001.

    4. O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksiga sharhlar. – t.: «adolat». 1997.

    5. Rustamboev m.x. “jinoyat huquqi” darslik. –t.: tdyui, 2006.
    MAVZU: XALQARO HUQUQ

    Reja


    1. Xalqaro huquqning paydo bo‘lishi va halqaro huquq tushunchasi.

    2. Xalqaro huquq tizimi, funksiyalari va tamoyillari.

    3. Xalqaro shartnoma, uning tuzilishi va mazmuni.

    1. Xalqaro huquqning paydo bo‘lishi va xalqaro huquq tushunchasi.

    Xalqaro huquq huquqning boshqa sohalari kabi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan emas. U muayyan ijtimoiy jarayonlarning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Xalqaro huquq tarixiy ijtimoiy-huquqiy amaliyotining rivojlanishi natijasidir. Kishilik tarixi davomida xalqaro huquq nafaqat xalqaro munosabatlarni taraqqiyoti bilan birga rivojlanib keldi, balki ularga malum darajada ta'sir ko‘rsatgan.

    Xalqaro huquqning kelib chiqishi tabiiy-obektiv jarayondir. Xalqaro huquqni paydo bo‘lishining umumiy shart-sharoiti davlatlarning xohish-irodasi emas, balki insoniyat hayotining sharoiti, uning tarixiy evalyusiyasi, insonni atrofdagi dunyo bilan o‘zaro munosabati, ijtimoiy mehnat taqsimoti, davlatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishidir.



    Xalqaro huquq – bizni o‘rab turgan dunyoning muhim bir ajralmas qismi. U doimiy ravishda insonga, xalqlarga davlatlarga ta'sir ko‘rsatib keladi.

    Davlat va huquq nazariyasi fani davlatning milliy huquqiy tizimiga xos bo‘lgan hodisalarni o‘rgansa xalqaro huquq fani esa, davlatlararo yoki kengroq ma'noda xalqaro munosabatlarga xos bo‘lgan hodisa va jarayonlarning xususiyatlarini ko‘rib chiqadi.




    Xalqaro huquq fanida xalqaro huquq tushunchasiga bеrilgan turli xil tariflardan bir nеchtasini kеltirib o‘tamiz:





    Download 2.68 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




    Download 2.68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi

    Download 2.68 Mb.