• MAVZU: JINOYAT HUQUQI ASOSLARI
  • Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi




    Download 2.68 Mb.
    bet9/18
    Sana23.12.2019
    Hajmi2.68 Mb.
    #4659
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18

    Vasiylik 14 yoshga to‘lmagan bolalarga va sud tomonidan ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi tufayli muomalaga layoqatsiz dеb topilgan shaxslarga nisbatan bеlgilanadi.



    Homiylik 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga hamda kasalligi sababli mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan voyaga yеtgan shaxslarga, shuningdеk, sud tomonidan muomala layoqati chеklangan shaxslarga nisbatan bеlgilanadi.
    Vasiylik va homiyliklarni vasiylik va homiylik organlari tayinlaydilar. O‘z roziligi bilangina vasiy yoki homiy bo‘lish mumkin. Vasiy va homiy bo‘ladigan shaxslar odobli, ongli, o‘z vazifalarini bajarish ma'suliyatini biladiganlar bo‘lishi shart. Ular ota-onaning o‘rnini bosa olish darajasida bola tarbiyasida qatnashishlari, unga mulkiy va shaxsiy yordam berishlari kerak.

    Vasiylik va homiylik bola 14 yoshga yoki 18 yoshga yetganda, vasiy yoki homiy vafot etsa, muoamala layoqati cheklangan shaxslarga sudning hal qiluvchi qarori bilan ular endi muomalaga layoqatli deb tanilsa, tugaydi.

    Oila kodeksida bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) ham belgilangan. Ota-onasiz qolgan bolalarni ayrim fuqarolar o‘z roziliklari bilan tarbiyaga olishlari mumkin.

    Tarbiyaga olayotgan shaxsning maishiy sharoitlari va oila a'zolarining salomatligi tekshirilgandan keyin bolani tarbiyaga olish masalasi hal qilinib, tegishli organlar tomonidan rasmiylashtiriladi. 10 yoshga to‘lgan bolalar ularning roziligi bilan tarbiyaga beriladi.

    Nazorat uchun savollar:

    1. «Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini» deganda nimani tushunasiz?

    2. Nikoh tuzish yoshini ayting.

    3. Er va xotinning shaxsiy huquq va erkinliklari nimalardan iborat?

    4. Farzandlarning ota-onalari oldida qanday burch va majburiyatlari bor?

    5. Fhdyo tomonidan qaysi holatlarda nikoh bekor qilinishi mumkin?

    6. Farzandlikka olish qonun-qoidasi qanday?

    7. Homiylik va vasiylikni qanday tushunasiz?

    8. Aliment to‘lashdan bosh tortganlik uchun qanday javobgarliklar mavjud?

    9. Ota-ona va bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari qanday?

    10. Voyaga yetmagan ota-onaning qanday huquqlari mavjud?
    Adabiyotlar:

    1. O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi. – t.: o‘zbekiston, 2016.

    2. Otaxo‘jaev f.m. «o‘zbekiston respublikasining oila huquqi» darslik. Tdyui. –t., 2005.

    3. O‘zbekiston respublikasining oila kodeksi. –t.: adolat, 1998.

    4. Qosimbekova s. «huquqshunoslik, o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi» fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua. T. Tdiu. 151-160-betlar.

    MAVZU: TABIATNI MUHOFAZA QILISH

    Reja

    1. Tabiatni muhofaza qilish tushunchasi.



    2. Ekologiya huquqining tamoyillari, usullari va tizimi. Ekologik nazorat.

    3. Ekologik qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik.



    Kishilar hayotini saqlab qolishning hozirgi zamondagi eng samarali usullaridan biri, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishda kelib chiqadigan jamiyatdagi munosabatlarni huquqiy-me'yoriy boshqarishdir

    N.f.reymers

    1. Tabiatni muhofaza qilish tushunchasi.

    O‘zbekiston resblikasining boyliklari g‘oyat kattadir. Tabiiy boyliklar deyilganda yer va yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, o‘zbekiston hududidagi havo havzasi ko‘zda tutiladi. Tabiiy boylilaklardan foydalanishda tabiatda ro‘y beradigan asosiy jarayonlarni rivojlanishini va o‘zaro ta'siri qonuniyatlarini o‘rganib, ish tutish katta ahamiyatga egadir.

    O‘zbekiston konstitutsiyasining 34-moddasida belgilanishicha, o‘zbekiston fuqarolari tabiatni muhofaza qilishlari, uning boyliklarini qo‘riqlashlari kerak.

    “yer to‘g‘risida”gi qonunda tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, qo‘riqxonalar, botanika bog‘lari, zakazniklar, tabiat yodgorliklari yerlaridan to‘g‘ri foydalanish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish, shu resurslar unga qanday maqsadlarda berilgan bo‘lsa, ulardan ana shu maqsadlarga muvofiq tejab-tergab foydalanish, atrof-muhitni zararli ta'sirlardan muhofaza qilishi, tabiiy muhitni muhofaza etish zarurligi ko‘rsatilgan.

    Inson bu tabiat maxsuli, uning bir qismi, tabiat qonuniyatlari doirasida shakllanadi va rivojlanadi va taraqqiy etadi. Shuning uchun ham jamiyat o‘z taraqqiyotiga erishmoqchi bo‘lsa, albatta tabiatning muqaddas, ustuvor qonuniyatlarini anglashi, e'tirof etishi, o‘z xatti-harakatlarini moslashtirishi va eng muhimi o‘z ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq harakat yo‘nalishlari tabiatning holatiga bog‘lab rivojlantirilishi lozim bo‘ladi.

    Ekologik muammolarni xal qilishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ekologik tamoyil, qoida, talablar bilan bir qatorda boshqa huquq sohalari ya'ni ma'muriy, jinoiy, fuqarolik, mehnat va xo‘jalik huquqiy vosita va qoida talablaridan foydalanadi.

    Hozirda tabiat ilmini o‘rganishda tabiiy fanlar tizimida o‘z yo‘nalishi, xususiyatlariga ega bo‘lgan ekologiya fani tobora rivojlanmoqda.

    Ekologiya huquqi o‘rganadigan ekologik munosabatlar deganda, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta'sirlar natijasida paydo bo‘ladigan turli ijtimoiy munosabatlarni tushunamiz. Bugungi kunda bu munosabatlar uchta quyidagi asosiy yo‘nalishlarda paydo bo‘ldi:

    1. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq ekologik huquqiy munosabatlar;



    2. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq ekologik huquqiy munosabatlar;

    3. Aholini ekologik xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan ekologik huquqiy munosabatlar.

    Ekologiya huquqining predmeti – jamiyat (kishilar) va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro ta'sir doirasining jamiyatdagi ekologik huquqiy munosabatlari.

    Ekologiya huquqining maqsadi – hozirgi va kelajak avlod uchun tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish doirasidagi jamiyatning ekologik munosabatlarini huquqiy tartibga solish.

    Ekologiya huquqining ob'ektlari – amaldagi qonunlar bilan himoya qilinadigan atrof tabiiy muhitning tarkibiy qismlari. Ularning belgilari:

    1) tabiiy kelib chiqqanlik,

    2) ekologik tizimning tarkibiga kirishi,

    3) kishilarning ekologik, iqtisodiy, madaniy va dam olish talabini bajarishi, hamda yashash muhiti sifatini ta'minlab berishi.

    Ekologiya huquqining prinsiplari:

    - kishilar sog‘ligi va hayotini muhofaza qilishning afzalligi;

    - ekologik xavfsiz muhitni ta'minlash;

    - ekologik ekspertizaning majburiyligi;

    - tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish;

    - tabiatni muhofaza qilish qonun talablarini buzganlik uchun javobgarlik;

    - ta'lim sohasida ekologik o‘quvning majburiyligi;

    2.ekologiya huquqining tamoyillari, usullari va tizimi. Ekologik nazorat.

    Ekolgiya huquqining tamoyillarini quyidagi tizimga bo‘linadi:

    1. Davlat va huquqning umumiy tamoyillari;

    2. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga oid tamoyillar;

    3. Tabiat resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan tamoyillar.

    Ekoliya huquqi huquq tizimining sohasi sifatida ekologik munosabatlarni tartibga solishda davlat va huquqning quyidagi tamoyillaridan foydalaniladi:

    1. Qonuniylik;

    2. Ijtimoiy adolat;

    3. Oshkoralik;

    4. Ishontirish va majburlov choralarining hamkorligi;

    5. Shaxslarning huquq va burchlarining birligi va boshqalar.

    Atrof tabiiy muhit barqarorligini ta'minlash va tabiatni muhofaza qilishning asosiy tamoyillari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    1. Biosfera va ekologiya tizimlari barqarorligi xozirgi va kelgusi avlodning genetik fondini saqlash;

    2. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishda tabiat qonuniyatlari ustuvorligini tan olish;

    3. Fuqarolarning hayoti uchun qulay tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqini ta'minlash;

    4. Jamiyatning ekologik, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini uyg‘unlashtirish;

    5. Tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining tabiiy resurslardan foydalanish tadbirlaridan ustuvorligini tan olish;

    6. Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini rag‘batlantirish;

    7. Ekologik qonun-qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik;

    8. Tabiiy resurslar holatini tiklash majburiyligi;

    9. Ekologiya ekspertizasini o‘tkazishning majburiyligi.

    Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar quyidagi tamoyillar doirasida tartibga solinadi:

    - tabiiy resurslardan faqat ilmiy asoslangan holda oqilona foydalanishning zarurligi;

    - tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish faoliyatini rag‘batlantirish;



    - yer, yer osti boyliklari, o‘simlik, hayvono tdunyosidan maxsus foydalanganlik uchun haq to‘lash va umumiy asosda foydalanganlik uchun haq to‘lamaslik;

    - yerlardan belgilangan toifalar doirasida maqsadli foydalanish;

    - qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning ustuvorligi;

    - tabiiy resurslar kadastrini yuritish majburiyligi va boshqalar.

    Ekologik huquqiy munosabatlar tizimida quyidagi usullardan foydalaniladi:


    1. Ekologizatsiyalashtirish;

    2. Ma'muriy-huquqiy;

    3. Fuqaroviy-huquqiy.

    Ekologiya huquqining tizimi – ekologik munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyati va mazmuniga ko‘ra asosiy institut, toifa va nazariy-huquqiy masalalarning ma'lum tartibda joylashishidir.

    Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solishda yordam beradigan, qatnashadigan huquqiy hujjatlar ekologik huquqning manbasi sifatida qaralishi mumkin.

    Ekologik munosabatlarni tartibga solishni yo‘nalishlari bo‘yicha:

    - tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi;

    - tabiiy resurslardan oqilona foydalanish qonunchiligi;

    - aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash qonunchiligi.

    Munosabatlarni tartibga solish predmeti bo‘yicha:

    - umumiy va maxsus ekologik qonunchilik hujjatlari;

    - huquqiy tartibga solish holati bo‘yicha moddiy va protsessual ahamiyatdagi qonunchilik hujjatlari;

    - qonunchilik hujjatlarining tizimi bo‘yicha oddiy kodifikatsiyalashgan manbalar.

    Qonunchilik hujjatlarining qo‘llanilish doirasi bo‘yicha:

    - hududiy-mintaqaviy;

    - respublika miqiyosida;

    - xalqaro miqiyosdagi manbalar va xokazo.

    Tabiiy hodisa va jarayonlar ko‘p qirralikdir. Shuning uchun ham ular har tomonlma ob'ektiv baholanishi kerak. Bu degani har bir tabiiy hodisa yoki ob'ektga xalq xo‘jaligining sohaviy zaruriyatiga qarab yondoshish demakdir. Bu sohaviy yondoshuv avvalambor ekologik tizimlarni saqlab qolish va ularni qayta tiklash nuqtai nazaridan amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

    O‘rta osiyo sharoitida o‘rmon qurilish yoki ximik xom-ashyo manbai emas, balki ekologik tizim yoki lanshaftlarni bir me'yorda ushlab turuvchi element sifatida qaralishi kerak. Chunki bu mintaqada bor yo‘g‘i umumiy maydonning bir fiozidan oshmaydigan siyrak daraxtzor va butazorlar suv tuproq muhofazasida «yashil qalqon», iqlimni mo‘tadillashtiradigan kompanent, aholini madaniy dam olishini ta'minlaydigan ob'ekt sifatida qarashni taqozo etadi7.

    O‘zbekiston respublikasi suv va suvdan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga ko‘ra suv fondidagi daryolar o‘rta osiyo sharoitida sug‘orish va rekratsiya manbai emas, balki ichimlik suvi va aholining maishiy xizmati uchun mo‘ljallanishi kerak. Chunki issiq iqlimli sharoitda suv aholi uchun hayot manbaidir. Sibir, uzoq sharq kabi sovuq yoki nam iqlimli mintaqalar uchun daryolar, avvalambor aholini transport xizmatini bajaruvchi va arzon energetika manbaidir. Daryolar insonlarning hayoti uchun bilvosita qishloq xo‘jaligi, metallurgiya, tog‘-kon sanoati, kimyo kabi suvni ko‘p talab qiluvchi xalq xo‘jaligi tarmoqlari orqali xizmat qiladi. Asosiysi tabiat komponentlari turli chiqindilar va axlatlar tashlaydigan tabiiy ob'ekt bo‘lib qolmasligi kerak.

    Hozirda o‘zbekistonda mavjud bo‘lgan orol dengizi va uning atrofida ro‘y bergan ekologik inqiroz holati sobiq ittifoqning noekologik agrar iqtisodiy siyosatining natijasidir. Shu sabab davlatimiz ekologik masalalarni iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlar bilan uyg‘unlashtirgan holda olib borishni lozim deb topmoqda8.

    O‘zbekiston respublikasi ekologik siysatining asosiy maqsadi – kishilarning hayotiy zarur bo‘lgan ekologik xavfsiz muhitini ta'minlash uchun tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanish, ya'ni tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi iqtisodiy-ekologik munosabat shaklini qo‘llashdir.

    29 avgust 1997 yilda qabul qilingan milliy xavfsizlik konsepsiyasi to‘g‘risidagi qonunda ham mamlakatimizning ekologik konsepsiyasi berilgan. «o‘zbekiston xxi asr busag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida xamda 2005 yilgacha bo‘lgan davrda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanishning davlat dasturida yuqorida aytilgan maqsad va konsepsiyalarni amalga oshirishning asosiy chora-tadbirlari belgilandi. Ular quyidagilardan iborat:

    - ekologik texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish;

    - qishloq xo‘jalik ekinlarini eng avallo g‘o‘zani sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish;

    - sanoat korxonalarida atmosferaga, havoga, suv havzalariga, tuproqqa ifloslantiruvchi hamda zararli moddalarni tashlaganlik uchun maxsus soliqdan keng foydalangan holda ma'suliyatni oshirish darkorligi;

    - qayta tiklanadigan zaxiralarni qayta ishlab chiqarishning tabiiy ravishda kengayishini ta'minlangan turlaridan oqilona foydalanish;

    - foydali qazilmalardan oqilona foydalanish kerakligi;

    - keng maydonlardagi tabiiy sharoitlarni tabiiy zaxiralardan samarali va kompleks foydalanishni ta'minlaydigan darajada aniq maqsadli, ilmiy asoslangan tarzda uzgartirish;

    - jonli tabiatning xilma-xilligini saqlash;

    - jahon jamoatchiligi e'tiborini mintaqaning ekologik muammolariga qaratish va boshqalar9.

    Ekologik nazorat – atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta'minlash qoida-talablarini barcha vazirlik, davlat qo‘mitalari va idoralari korxonalar. Tashkilotlar, muassasalar, mansabdor va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini tekshirish, tabiiy muhit holatini o‘rganish va kuzatish, chora-tadbirlarni qo‘llash bilan bog‘liq siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy chora-tadbirlar yig‘indisini o‘z ichiga oladi.

    Ekologik nazoratning asosiy maqsadi atrof-tabiiy muhit barqarorligini saqklashdan iborat bo‘lib davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirgan holda olib borilishini takazo etadi.

    Ekologiya nazoarti bilan bog‘liq murakkab faoliyatni olib borishda ekologik nazorat sub'ektlari tomonidan quyidagi asosiy tashkiliy-huquqiy usullar qo‘llaniladi:

    - kuzatish – atrof tabiiy muhitda bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘rganish va ma'lumotlarni to‘plash;

    - umumlashtirish – atrof tabiiy muhit holatiga zararli va xavfli ta'sirlarni aniqlash, tahlil qilish asosida ma'lumotlarni tasniflash;

    - baholash – antropogen faoliyat ishlarining zararli, xavfli va noqonuniyligini aniqlash;

    - ruxsatnima berish – yuridik va jismoniy shaxslarga yer, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi, yer osti boyliklari va atmosfera havosidan foydalanish uchun litsenziya berish;

    - ogohlantirish, cheklash va to‘xtatish – ekologik xavfli va zararli xo‘jalik va boshqa faoliyatni cheklash, vaqtincha to‘xtatib qo‘yish va bekor qilish;

    - javobgarlikka tortish – ekologik qoida-talablarni buzgan, yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan ma'muriy-huquqiy javobgarliklarni qo‘llash.

    Qonun hujjatlariga muvofiq tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, sog‘likni saqlash vazirligi, yer resurslari davlat qo‘mitasi, ichki ishlar vazirligi, sanoat va konchilik nazorati agentligi maxsus vakolatli davlat organlri hisoblanadi.

    Ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:

    - mo‘ljallanayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilinishidan oldingi bosыkichlarda bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;

    - rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘ligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash;

    - atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosliligini aniqlash10.

    Ekologik ekspetizaning eng asosiy vazifasi atrof tabiiy muhit va aholining hayoti va sog‘ligiga xavfli va zararli ishlab chiqarish va xo‘jalik ob'ektlarining ta'sirlarini oldini-olish, bartarf etish bilan bog‘liq preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iboratdir.

    Ekologik ekspertiza jarayonida turli shakldagi quyidagi usullardan foydalangan holda kщuzda tutilgan maqsadlarga erishiladi:

    - ma'lumotlar to‘plash – ekspertizadan o‘tayotgan muayyan ob'ektga tegishli bo‘lgan barcha axborot, ma'lumotlarni yig‘ish va to‘plash;

    - umumlashtirish – ob'ekt haqidagi tщplangan iqtisodiy, texnologik, ekologik, gidrologik kimyoviy va boshqa ma'lumotlarni o‘z yщnalishlari bo‘yicha ma'lum tizimga keltirish;

    - tahlil qilish – umumlashgan ma'lumotlar bankini o‘z yo‘nalishi va xususiyatlari bo‘yicha alohida o‘rganish va tasniflash;

    - baholash – ekspertiza o‘tkazilayotgan ob'ekt yo‘nalishlari, bo‘limlari, tashkil etuvchi qismlari bo‘yicha xavfli va zararlilik darajasini aniqlash;

    - xulosa berish – ekspertiza o‘tkazilayotgan ob'ektning ekologik jihatdan zararli yoki zararsiz, xavfli yoki xavfsiz, ekologik qoida-talablarga mos keladi yoki ushbu qoidalarga zid ekanligi haqidagi yakuniy, adolatli, ob'ektiv xulosaga kelish.

    Ekologik ekspertizaning huquqiy holati konstitutsiyaviy qoidalarda «tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, «ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi qonunlarda, tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, sog‘likni saqlash vazirligining ekologik ekspertizani o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi me'yoriy hujjatlarida belgilangan11. Davlat ekologik ekspertizasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan olib boriladi.

    3. Ekologik qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik. Ekologiya qonun hujjatlarini buzganlik uchun yuridik javobgarlik o‘zining asosiy maqsadi va tamoyillari bilan boshqa qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikdan farq qilmaydi, lekin ma'lum bir o‘ziga xos xususiyatlariga ham ega. Ushbu xususiyatlar o‘simlik va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararni undirish va ekologik qonun hujjatlarini buzganlik uchun maxsus jazo choralari, ya'ni tabiiy resurslardan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib turish va undan mahrum qilish choralarini qo‘llashdan iboratdir.

    Ekologik qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik quyidagi maqsadlarga qaratilgandir:

    ♦ tabiiy ob'ektlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan jazo choralari qo‘llash;

    ♦ atrof tabiiy muhitga va inson salomatligiga yetkazilgan zararni qoplash;

    ♦ yangi ekologik huquqbuzarliklarni sodir etishni ogohlantirish.

    Ekolik huquqbuzarliklarning ob'ekti tabiiy resurslar, atrov tabiiy muhit, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza etish bo‘yicha belgilangan tartibi hisoblanadi.

    Ekologik huquqbuzarliklarning sub'ektlari esa, uni sodir etuvchi yuridik va jismoniy shaxslardir.

    Ekologik huquqbuzarlikning ob'ektiv tomoni xatti-harakatning noqonuniyligi, ekologik zararni yetkazish yoki yetkazish xavfi tug‘ilishi hamda ekologik munosabatlarning boshqa sub'ektlarini huquq va manfaatlari buzilishi. Ushbu xatti-harakat bilan vujudga kelgan yoki vujudga kelishi mumkin bo‘lgan oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish bilan ifodalanadi.

    Ekologik huquqbuzarliklarning sub'ektiv tomoni deganda, huquqbuzarlarning aybi tushuniladi. Huquqbuzarning aybi qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir etilishi mumkin. Qasddan huquqbuzarik sodir etishda huquqbuzar taqiqlangan qoidani yoki bajarishi lozim bo‘lgan majburiyatni atayin buzadi yoxud bajarmaydi va bunda u o‘z xatti-harakatlari bilan zararli oqibatlarni kelib chiqishini biladi hamda unga ongli ravishda yo‘l qo‘yadi.

    Ekologik huquqbuzarlik o‘zining xavflilik darajasiga qarab jinoiy, ma'muriy, fuqaolik (mulkiy) huquqbuzarlik hamda intizomiy xatti-harakat tarzida bo‘lishi mumkin va ularga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan turli javobgarliklar qo‘llaniladi.

    «ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksining xii-xiii boblarida belgilangan qoidalar tabiat atrof muhitga qarshi sodir etiladigan huquqbuzarliklar uchun javobgarliklardir. Ularda ko‘rsatilgan qoidalar buzilsa, jarima, maxsus huquqdan mahrum etish, ma'muriy qamoq, mol-mulkini musodara qilish kabi jazolar qo‘llanilishi belgilangan.

    «jinoyat kodeksi»ning 193-194-195-196-moddalarida umumiy ekologik talablarni buzish oqibatida vujudga keladigan javobgarliklar belgilangan. Ularning barchasi tabiiy resurslarni muhofaza qilish bilan bog‘liqdir.12 ekologik jinoyatlar uchun javobgarlikka tortish yoshi 16 yosh bo‘la oladi.

    Yuqorida qayd etilgan kodekslardan tashqari «tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, «atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, «milliy xavfsizlik konsepsiyasi to‘g‘risida»gi, «o‘simliklar dunyosidan foydalanish va ularni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, « hayvonot dunyosidan foydalanish va uni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, «davlat yer kadastri to‘g‘risida»gi, «o‘rmonlar to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlar.

    Nazorat uchun savollar:

    O‘zbekistonda tabiat muhofazasi bo‘yicha qandy huquqiy aktlar mavjud?

    Ekologiya huquqining predmeti nimani o‘rgatadi?

    Ekologik jamg‘armalarning vazifalari nimalardan iborat?

    Ekologiya huquqining manbalari haqida tushuncha bering.

    Ekologik ekspertiza nima?

    Ekologiya huquqining asosiy yo‘nalishlari haqida nima bilasiz?

    Ekologik ekspertizaning tizimi qanday?

    Ekologiya huquqi qanday tamoyillarga asoslanadi?


    Adabiyotlar:

    1. O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi. – t.: o‘zbekiston, 2016.

    2. Mirzaev t. «o‘zbekistonda ekologik muammolar va prokurorlik nazorati». –t., 2000.

    3. Xaytboev e.r. «ekologik huquqi» o‘quv qo‘llanma. –t.: o‘z mi, 2002.

    4. Xolmo‘minov j.t. «ekologiya va qonun». – t.: adolat, 2000.

    5. Qosimbekova s. «huquqshunoslik, o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi» fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua. – t. Tdiu.



    MAVZU: JINOYAT HUQUQI ASOSLARI

    Reja:


    1. Jinoyat huquqi tushunchasi va uning mohiyati.

    2. Jinoyat belgilari, turlari, tarkibi, elementlari va ishtirokchilari.

    3. Jinoiy javobgarlik.

    4. Jinoyat kodeksining tibbiyot sohasiga oid moddalari.

    1. Jinoyat huquqi tushunchasi va uning mohiyati. Mustaqillikdan beri respublikamiz oldida turgan g‘oyat muhim vazifalardan biri jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurash olib borishdir. Bu vazifani xal etish davlat va fuqarolar tomonidan doimo kuch-g‘ayrat sarflashni, ijtimoiy-iqtisodiy, tarbiyaviy va huquqiy tadbirlarni og‘ishmay amalga oshirishnii taqozo etadi. Shu bilan birga, jazoni yengillashtirish ham davlat darajasidagi muhim masala sanaladi. Ilk mustaqillik paytlarida jinoyat qonunchiligida o‘lim jazosini nazarda tutgan 33 ta modda bor edi. 1994 yilda qabul qilingan jinoyat kodeksi (jk)da ushbu moddalar soni 13 taga, 1998 yilda 8 taga, 2001 yilda esa 4 taga qisqartirdi. Nihoyat, 2003 yilda jinoyat qonunchiligini erkinlashtirishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilganidan keyin o‘lim jazosi faqat 2 jinoyat turi, ya'ni aybni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish va terrorizm sodir etganligi uchun nazarda tutilgan. Bugungi kunga kelib esa, prezident farmoni va qonunchilikka ko‘ra bunday jinoyatlarga belgilangan o‘lim jazosi uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan almashtirildi.

    O‘lim jazosini bekor qilishning ahamiyati shundan iboratki, sud tomonidan xatolikka yo‘l qo‘yish oqibatida odam asossiz qatl etilishining oldi olinadi.



    Ilmiy xulosalar, hayotiy tahlillar shuni korsatmoqdaki, olim jazosi tufayli jinoyatchilik kamayib qolmaydi. Zero, qatl hukmi jamiyatdagi insoniy, axloqiy normalarga ziddir. Qolaversa, uzoq yillik qamoq jazosi olimdan kora ta'sirliroqdir. Yana shuni ta'kidlash kerakki, jazoning shafqatsizligi emas, uning muqarrarligi muhim. Har bir fuqaro jinoyatga qol urishdan oldin qilmishiga yarasha jinoyatga tortilishi aniqligini his etsa, anglab yetsagina adolat yolidan ogishmaydi.

    Qamoqqa olish to‘g‘risidagi sanksiyani prokuraturadan sudlarga o‘tkazilishi ham bu boradagi muhim ishlardan bo‘ldi. Shunga muvofiq, sudlar qamoqqa olish to‘g‘risida jinoyat protsessual kodeksining 236- va 242-moddalarida ko‘rsatilgan holatlardagina qaror chiqarishlari mumkin. Ayblanuvchi, sudlanuvchining suddan yashirinishi mumkinligiga oid asosli taxmin mavjud bo‘lsagina shunday qaror qabul qilinadi. Qamoka olish chorasi qasddan sodir etib, 3 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan hamda ehtiyotsizlik oqibatidagi jinoyati 5 yildan ortiq muddatga qamoq jazosiga loyiq bo‘lgan ayblanuvchilarga nisbatan qo‘llanadi.

    Sanksiya berish jarayonida o‘tkaziladigan sud majlisida ayblanuvchi va uning himoyachisi, tergovchi, prokuror, jabrlanuvchi hamda uning vakili ishtirok etib, o‘z fikrlarini bildiradilar. Mazkur holatda jamoatchilik ishtiroki, albatta, ta'minlanmokda. Shu tarzda sudgacha bo‘lgan jarayonda ayblov va himoya o‘rtasida tortishuv imkoni tug‘ildi.

    Davlatimiz jinoyatchilikning sababini tugatish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. Lekin shunga qaramay jinoyat bugungi kunda mavjuddir. Xo‘sh, nima uchun jinoyat sodir etish ko‘paymoqda? Bunga sabab ko‘p hollarda kishilarning qonunni bilmasliklari yoki qonunni hurmat qilmasliklaridir. Ular o‘z xatti-harakatlariga yengil qaraydilar.

    Shuning uchun barcha qilayotgan har bir xatti-harakatlarini uylab, oqibatini bilib qilishi zarur. Jinoyat sodir etilgach, u albatta jazoga tortiladi.

    Ozbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxs o‘zbekiston jinoyat kodeksiga binoan javobgarlikka tortiladi. Ya'ni qilmish (jk 11-modda):

    ◄ o‘zbekiston hududida boshlangan, tamomlangan yoki to‘xtatilgan bo‘lsa;

    ◄ o‘zbekiston hududidan tashqarida sodir etilib, jinoiy oqibati o‘zbekiston hududida yuz bergan bo‘lsa;

    ◄ o‘zbekiston hududida sodir etilib, jinoiy oqibati o‘zbekiston hududidan tashqarida yuz bergan bo‘lsa;

    ◄ bir nechta qilmishdan iborat yoki boshqa qilmishlar bilan birgalikda sodir etilgan bo‘lib, uning bir qismi o‘zbekiston hududida sodir etilgan qilmish jinoyat deb topiladi.

    O‘zbekiston bayrog‘i ostidagi yoki o‘zbekiston portida ro‘yxatga olingan havo, dengiz yoki daryo kemasida o‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lib, chet el davlati hududi hisoblanmagan joyda sodir etilsa, bunday jinoyat uchun ozbekiston jinoyat kodeksi asosida javobgarlikka tortiladi.



    O‘zbekiston respublikasi jinoyatga oid qonun hujjatlari ozbekiston fuqarolari, shuningdek ozbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bolmagan shaxslar, basharti boshqa davlat hududida sodir etgan jinoyati uchun o‘sha davlat sudining hukmi bilan jazolangan bo‘lmasalar, mazkur qonunlar asosida jinoiy javobgarlikka tortiladilar.


    Qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi ana shu qilmish sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan qonun bilan bеlgilanadi.
    ozbekiston fuqarosi chet davlat hududida sodir etgan jinoyati uchun, agar xalqaro shartnomalar yoki bitimlarda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushlab berilishi mumkin emas. Chet el fuqarolari, shuningdek ozbekiston hududida doimiy yashamaydigan fuqaroligi bolmagan shaxslar o‘zbekiston hududidan tashqarida sodir etgan jinoyatlari uchun faqat xalqaro shartnomalar va xalqaro bitimlarda nazarda tutilgan hollardagina o‘zbekiston jinoyat kodeksi bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar.

    Jinoyat huquqining vazifalariga quyidagilar kiradi: «shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, mulkini, tabiiy muhitni, jamoat va davlat manfaatlarini hamda butun huquq tartibotni jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, jinoyatlarni oldini olishga, fuqarolarni respublikamiz konstitutsiyasi va qonunlarga aniq rioya etish ruhida tarbiyalashga yordam berish»13.

    Jinoyat huquqi normalari oz mazmuniga kora ikki qismga bolinadi: ulardan biri jinoyat huquqning umumiy ornini, qoida va tartibini belgilab beradi, ikkinchisi esa aniq jinoyatlar belgilarini ta'riflab, mazkur jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qollaniladigan jazolarni aniqlaydi. Birinchi xil normalar jinoyat huquqining umumiy qismini, ikkinchi xil normalar esa maxsus qismini tashkil etadi.

    2. Jinoyat belgilari, turlari, tarkibi, elementlari va ishtirokchilari.

    Jinoyat (huquqbuzarlik) jinoyat deb topilishi uchun uning quyidagi to‘rtta belgisi mavjud bo‘lishi kerak:


    • huquqqa zidlik (jk bilan taqiqlanishi);

    • ijtimoiy xavflilik (harakat yoki harakatsizlik);

    • ayblilik (qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida);

    • jazolanish (vakolatli davlat organi tomonidan javobgarlikka tortilish).

    1) jinoyatning qonunga xilofligi – jinoyatning yuridik huquqiy belgisidir. Ya'ni uning qilmishi jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan bo‘lishi darkor.

    2) jinoyat boshqa qoidabuzarliklardan o‘ziga xos jixatlari bilan ajralib turadi. Bu qilmishning ijtimoiy xavfliligidir. Chunki jinoyat natijasida jamiyat va shaxs uchun ham moddiy, ham ma'naviy zarar yetkaziladi. Shuning uchun jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi jinoiy oqibatda aks etadi.

    Jinoyatlar ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:


    • Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar – qasddan sodir etilib, uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga, shuningdek, extiyotsizlik oqibatida sodir etilib, besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan maxrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar. Masalan, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini ancha miqdordagi qiymatda buzish, shunday qilmishlar uchun ma'muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, – eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi (jk 189-modda);

    • Uncha oѓir bo‘lmagan jinoyatlar – uch yildan ortiq, lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar.

    • Og‘ir jinoyatlar – qasddan sodir etilib, besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar. Masalan, o‘zbekiston respublikasi prezidenti badaniga qasddan shikast yetkazish jinoyati uchun besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (jk 158-modda);

    • O‘ta og‘ir jinoyatlar – qasddan sodir etilib, o‘n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki o‘lim jazosi (bu jazo turi 2008 yildan olib tashlangan bo‘lib, o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatli qamoq jazosi kiritilgan) nazarda tutilgan jinoyatlar. Masalan, o‘zbekiston respublikasi prezidentining hayotiga tajovuz qilish, o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (jk 158-modda).



    Download 2.68 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




    Download 2.68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi

    Download 2.68 Mb.