• Ikkinchi tarif
  • Олтинчи таъриф
  • Uchinchi tarif
  • Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi




    Download 2.68 Mb.
    bet11/18
    Sana23.12.2019
    Hajmi2.68 Mb.
    #4659
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
    Birinchi ta'rif: xalqaro huquqni “davlatlarning irodasini muvofiqlashtirish asosida tuzilgan va rivojlanadigan, davlatlarning tinch totuv yashashi, xalqlarning tеng huquqliligi va o‘z taqdirini o‘zi bеlgilashini taminlash maqsadida xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normalar sistеmasi” sifatida xaraktеrlash mumkin.



    Ikkinchi ta'rif: xalqaro huquq – bu “davlatlar va ushbu huquq tizimining boshqa sub'еktlari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normalar sistеmasi”dir.



    Бешинчи таъриф: халқаро ҳуқуқ – бу “ҳуқуқнинг мустақил тармоғи бўлиб, ўзида бир бутун ва яхлит принциплар ва нормалар системасини, яъни энг аввало давлатлар ўртасидаги халқаро муносабатлар соҳасини тартибга солувчи, юридик мажбурий бўлган хулқ-атвор қоидаларини ифодалайди”.

    Олтинчи таъриф: “халқаро ҳуқуқ ғоят кенг ва турли тармоқларни ўз ичига олувчи алоҳида ҳуқуқлар тизимидир. Шу билан бирга, фақат нормалар йиғиндиси бўлибгина қолмай уларнинг тизими ҳамдир”.



    Uchinchi ta'rif: xalqaro huquq “ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlarining ta'siri bilan bog‘liq ravishda xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi va davlatlar irodasining nisbiy uyg‘unligini ifodalovchi shartnomalar, odat normalari va printsiplar sistеmasidir”.



    Tortinchi ta'rif: xalqaro huquq – bu “xalqaro (davlatlararo va boshqa turdagi) munosabatlarni tartibga soluvchi normalar majmui va sistеmasidir”.

    Xalqaro huquqda berilgan yuqoridagi va boshqa ko‘plab ta'riflarning mualliflari imkon qadar ko‘prok xalqaro huquqka xos bo‘lgan hodisalarni qamrab olishga harakat qilganlar. Birok, ta'kidlab o‘tish joizki, bunday vazifani uddalash juda mushkuldir. Har qanday ilmiy tarif unda foydalanilgan atamalar tushunchalarning, shuningdek, ulardan kelib chiqadigan tushunchalarni izohlanishini talab qiladi.

    Hozirgi zamon xalqaro huquqi ikkinchi jaxon urushidan bmtning ustavi qabul qilinganidan so‘ng yuzaga kelib rivojlangan. Shu bois, “hozirgi zamon xalqaro huquqi” tushunchasi xalqaro munosabatlarning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalari rivojlanishini yangi bosqichini aks ettirgan holda, xalqaro huquq harakatining xronologik doirasini belgilaydi.


    Xalqaro huquqqa quyidagicha umumiy tushuncha bеrish mumkin: “Xalqaro huquq – bu tinchlik va hamkorlikni taminlash maqsadida davlatlararo munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normalar sistеmasidir.

    Xalqaro huquq aynan yuridik normalardan tashkil topgan. Ta'kidlab o‘tish lozimki, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar nafaqat xalqaro huquqiy normalar bilan, balki siyosiy, axloqiy normalar hamda amaliyot va boshqa normalar bilan ham tartibga solinadi.

    “xalqaro huquq” – atamasi xalqaro ommaviy huquqni bildiradi, undan xalqaro xususiy huquqni farqlab olish lozim. Shu bois, “xalqaro huquq” atamasi malum darajada shartli ekanligini ta'kidlab o‘tish joiz. Shu ma'noda tarixan shakllanib va davlatlar hamda xalqaro hujjatlarda darsliklarda qo‘llaniladigan xalqaro huquq atamasi o‘zining tub manosiga to‘la mos keladi deb bo‘lmaydi. Mazkur atamani boshqa tillardagi manosi ham aynan o‘xshashdir: rus tilida mejdunarodnaya prava, ingliz tilida international lav, faransuz tilida droit international, nemis tilida volker recht, ispan tilida derecho international va x.

    Xalqaro huquq obektiga har kanday emas, balki muayyan xalqaro munosabatlar, ya'ni davlatlar va davlatlar sistemasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy, huquqiy, diplomatik, harbiy va boshqa turdagi aloqalar va munosabatlar, shuningdek, dunyo miqiyosidagi asosiy siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa tashkilotlar, harakatlar o‘rtasidagi hamkorliklar kiradi.

    Xalqaro munosabatlarda davlatlararo munosabatlar asosiy rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, nodavlat harakterdagi xalqaro munosabatlar ham mavjud. Masalan, turli davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari o‘rtasidagi (“chet el elementi” yoki “xalqaro element” kabilar), xalqaro nohukumat tashkilotlar va xalqaro xo‘jalik birlashmalari ishtirokidagi xalqaro munosabatlar.

    Xalqaro huquq obektiga eng avvalo suveren davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar kiradi. Davlatlararo munosabatlar – bu avvalambor hokimiyatlararo munosabatlardir. Davlatlar o‘rtasidagi mavjud munosabatlar tegishli xalqaro bitimlar bilan tartibga solingandagina xalqaro huquqiy shaklga ega bo‘ladi.


    Xalqaro huquq, huquq tarmog‘i sifatida quyidagi munosabatlarni tartibga soladi:
    davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish bmt nizomida mustahkamlab qo‘yilgan, umume'tirof etilgan xalqaro huquq prinsiplari asosida amalga oshiriladi.


    • Davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlarni. Ularning ichida butun xalqaro hamjamiyatni qamrab oladigan munosabatlar alohida ahamiyat kasb etadi;

    • Davlatlarning xalqaro tashkilotlarga a'zo bo‘lishi bilan bog‘liq davlatlar va hukumatlararo tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni;

    • Hukumatlararo tashkilotlar o‘rtasidagi;

    • Davlatlar va nisbiy mustaqil xalqaro maqomga ega bo‘lgan davlat ko‘rinishidagi tuzilmalar o‘rtasidagi munosabatlar (masalan, vatikan rim katolik cherkovining markazi sifatida alohida uziga xos xalqaro huquqiy maqomga ega).

    Demak, xalqaro huquqiy munosabatlar ob'ekti – bu shunday voqyelikdirki, unga ko‘ra sub'ektlar xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalari asosida o‘zaro huquqiy munosabatlarga kirishadilar.

    Quyidagilar xalqaro huquqiy munosabatlar ob'ekti bo‘la oladi:



    1. Hudud va xalqaro yer kenglik (hudud tinchlik shartnomalari va boshqa hujjatlarda xalqaro huquqiy munosabatlar ob'ekti sifatida juda ko‘p namoyon bo‘ladi);

    2. Xatti-harakatlar (xatti-harakatlar davlatlar o‘rtasidagi turli-xil huquqiy munosabatlar ob'ekti bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘zaro yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi hujjatlarda, ittifoq shartnomalarida);

    3. xatti-harakatlardan tiyilish (masalan, neytralitet to‘g‘risidagi, urush odatlari va qonunlari to‘g‘risidagi xalqaro huquqiy hujjatlarda muayyan xatti-harakatlardan tiyilish ham xalqaro huquqiy munosabatlar ob'ekti bo‘lib hisoblanadi)

    Bu elementlarga xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari, normalari (shartnomaviy va oddiy-huquqiy), xalqaro tashkilotlarning qarorlari, tavsiyaviy rezolyusiyalari, xalqaro sud organlarining qarorlari xalqaro huquq institutlari (xalqaro tan olish instituti, shartnomalarga nisbatan huquqiy vorislik instituti, xalqaro javobgarlik instituti va boshqalar) kiradi.

    Sistemaning qayd etib o‘tilgan barcha elementlari turli birikmalarda xalqaro huquq tarmoqlarini tashkil qiladi (diplomatik huquq, xalqaro shartnomalar huquqi, xalqaro dengiz huquqi va boshqalar). Ushbu har bir tarmoqlar o‘zi mustaqil sistema sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday sistemalar xalqaro huquqning yaxlit yagona tizimi doirasida shu tizimni bir qismi hisoblanishi mumkin.

    Xalqaro huquq milliy huquq singari sub'ektlar o‘rtasidagi har kanday munosabatlarni emas, balki faqat huquqiy tartibga solish talab qilinadigan qismini tartibga soladi. Bundan tashqari, xalqaro va milliy huquqlar o‘zining ma'lum konservativligi tufayli odatda vujudga keladigan huquqiy tartibga solish talabidan orqada koladi.


    Shunday qilib, xalqaro huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan xalqaro munosabatlar xalqaro-huquqiy munosabatlar haraktеriga ega bo‘ladi. Xalqaro huquq sub'еktlari u yoki bu xalqaro-huquqiy munosabatlarga kirishish bilan o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshiradilar.

    Xalqaro huquqiy munosabatlar turli-tumanligi bilan harakterlanadi va xalqaro huquqiy normalarning turli-tuman bo‘lishini belgilaydi. Bir turdagi xalqaro munosabatlarni muayyan guruhlarga ajratish mumkin, bu o‘z navbatida xalqaro huquq institutlari va tarmoqlarini tashkil qiluvchi bir turdagi xalqaro huquqiy normalar guruhi va majmui (kompleksi) mavjudligini bildiradi.




    Xalqaro-huquqiy institut – bu bir turdagi xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi, ushbu munosabatlarning umumiy ob'еkti bilan o‘zaro yaqin aloqador bo‘lgan huquqiy normalar guruhidir.


    Huquqiy normalar va institutlar xalqaro huquq tarmog‘iga birlashadi. Tarmoq ob'ekti bo‘lib barcha bir turdagi xalqaro munosabatlar majmui hisoblanadi, masalan, xalqaro shartnoma huquqi, xalqaro tashkilotlar huquqi, diplomatik huquq, xalqaro dengiz huquqi, xalqaro atom huquqi, xalqaro kosmik huquq. Ularni tashkil qilishning yagona yo‘li xalqaro huquq sub'ektlarining kelishuvi hisoblanadi. Faqat xalqaro huquq sub'ektlarigina o‘zining u yoki bu xatti-harakatlariga, xulq-atvor qoidalariga yuridik majburiy harakter berishi mumkin.

    Xalqaro huquqiy normalarni bajarish ushbu huquq tizimi sub'ektlari tomonidan asosan ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.

    Xalqaro huquq normalari sub'ektlari turli xil bo‘ladi. Ular, barcha sub'ektlarga yoki barcha asosiy sub'ektlar (davlatlar)ga qaratilgan umumiy (universal) xalqaro huquq normalariga va ikki yoki bir necha sub'ektlar o‘rtasidagi kelishuv asosida belgilangan hamda ularga qaratilgan lokal (partikulyar) normalarga bo‘linadi. Lokal normalar jumlasiga sub'ektlarning muayyan bir holatdagi xulq-atvorini belgilovchi individual normalarni ham kiritish mumkin.

    Partikulyar normalar universal normalarga mos kelishi lozim. Bmt nizomining 103-moddasiga muvofiq a'zo davlatlarning nizom bo‘yicha majburiyatlari boshqa shartnomalar bo‘yicha olgan majburiyatlariga nisbatan ustuvorlikka ega.

    Huquqiy tartibga solish uslubi bo‘yicha xalqaro-huquqiy normalar dispozitiv va imperativ normalarga bo‘linadi. Dispozitiv normalarda xalqaro huquq sub'ektlari o‘z xulq-atvorini, muayyan huquqiy munosabatlardagi holatdan kelib chiqib o‘zaro huquq va majburiyatlarni o‘zlari belgilashi mumkin. Umumiy xalqaro huquqning aksariyat qoidalari dispozitiv norma hisoblanadi, ya'ni ulardan davlatlar va boshqa sub'ektlar o‘zining o‘zaro lokal munosabatlaridan kelib chiqib, umumiy xalqaro huquqning ushbu normasi mohiyatiga zid kelmaydigan ma'lum o‘zgartirishlar kiritish bilan chetlab o‘tishi mumkin.

    1969 yilda xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi vena konvensiyasi qabul qilinganidan so‘ng umumiy xalqaro huquq normalari tizimida imperativ normalar ajratila boshlandi. 1969 yildagi vena konvensiyasining 53-moddasiga muvofiq “umumiy xalqaro huquqning imperativ normasi davlatlarning xalqaro hamjamiyati tomonidan chetlab o‘tish mumkin bo‘lmagan normasi sifatida tan olinadi va bunday normalar faqat keyin qabul qilingan xuddi shunday normalar bilangina o‘zgartirilishi mumkin. Xalqaro huquqda imperativ normalar ro‘yxati yo‘q. Biroq, xalqaro huquq nazariyasi bmt nizomida, bmt nizomiga muvofiq davlatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalar va hamkorliklarga tegishli bo‘lgan 1970 yildagi xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi deklaratsiyada ifodalangan xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini yakdillik bilan imperativ normalar qatoriga kiritadi.

    Xalqaro huquq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

    1. Muvofiqlashtiruvchi funksiya. Davlatlar xalqaro huquq normalari yordamida xalqaro hamkorlikning turli sohalarida umumiy qabul qilingan xulq-atvor standartlarini belgilaydi.

    2. Tartibga soluvchi funksiya. Bu davlatlar tomonidan qat'iy qoidalarni belgilashda namoyon bo‘ladi. Bularsiz davlatlarning jahon hamjamiyati bilan munosabatlari va birgalikda mavjudligini tasavvur qilishni imkoni yo‘q.

    3. Ta'minlash funksiyasi. Bunda xalqaro huquq shunday normalarni o‘zida mustahkamlaydiki, bu davlatlarni ko‘p yillik aloqalari jarayonida belgilangan malum xulq-atvor qoidalariga rioya qilishga undaydi.

    4. Muhofaza funksiyasi. Bu davlatlar milliy manfaatlari va qonuniy huquqlarini himoya kiladi.

    Xalqaro huquqni o‘ziga xos xususiyati shundaki, xalqaro munosabatlarda davlatlardan yuqori turuvchi majburlash mexanizmi mavjud emas. Zarur hollarda davlatlarning o‘zlari kollektiv ravishda xalqaro-huquqiy normalar bajarilishini va xalqaro huquqiy-tartibotni ta'minlaydilar.

    Real voqyelikda biri-biriga bog‘liq, lekin mustaqil ikki huquqiy tizim mavjud: bir tomondan, ichki davlat huquqi (alohida milliy davlatning huquqiy normalari majmui) va ikkinchi tomondan xalqaro huquq. Agar, ichki davlat huquqida huquqiy tartibga solish obekti bir davlat doirasidagi ijtimoiy munosabatlar bo‘lsa, xalqaro-huquqiy munosabatlar obektiga davlatlar va ularning birlashmalari o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar kiradi.

    Huquqning ichki davlat huquqi va xalqaro huquq tomonidan tashkil qilinishi e'tirof etiladi. Mazkur masala xususida huquqshunoslik fanida turli xil nazariyalar olga surilgan. Ba'zi bir olimlar xalqaro huquqni yagona huquqiy tizim deb hisoblaydilar. Ular davlatlarning ichki munosabatlarini ham xalqaro huquq tartibga soladi, malum bir bosqichda davlatlarni ichki huquqiy tartibga solishning rivojlanishini ham inkor qilmaydilar, lekin kelajakda xalqaro huquqni rivojlanishi bilan yo‘q bo‘lib ketadi, deb hisoblaydilar. Boshqa bir mualliflar xalqaro huquq faqat davlatlarning milliy huquqida nazarda tutilgan doiradagina mavjud bo‘ladi, ya'ni u muayyan davlatlarning tashqi huquqi sifatida xizmat qiladi, deb hisoblaydilar.

    Ichki davlat huquqi va xalqaro huquqning o‘zaro aloqadorligi shundaki, xalqaro huquq davlatlarning konstitutsiyaviy tuzumi, vakolatli davlat hokimiyati organlari sistemasi, shuningdek, har qanday davlatni ichki ishi hisoblanadigan va odatda xalqaro huquqiy munosabatlarni tartibga solish doirasiga kirmaydigan ishlarni mavjudligi bilan hisoblashishga majburdir.

    Ichki davlat huquqi davlatning majburiyatlarini mustahkamlovchi, malum hollarda ushbu davlatning milliy huquqida aks ettirilishi lozim bo‘lgan xalqaro huquqiy normalarni mavjudligi bilan hisoblashadi.


    Xalqaro huquq va ichki davlat huquqi bir-biridan alohida mavjud bo‘lmaydi. Xalqaro huquq normalarini ishlab chiqishga milliy huquqiy sistеmalar ta'sir ko‘rsatadi, u davlatning tashqi siyosati va diplomatiyasida o‘z ifodasini topadi.

    Xalqaro huquq o‘z navbatida milliy qonunchilikni rivojlanishiga katta ta'sir ko‘rsatadi.




    Ko‘pgina davlatlarning, shu jumladan, O‘zbеkistonning qonunlarida davlatlarni ichki qonuni bilan xalqaro majburiyatlari o‘rtasida ziddiyat mavjud bo‘lsa, xalqaro majburiyatlar ustuvorlikka ega bo‘ladi, dеgan qoida mustahkamlab qo‘yilgan. Bunday qoida xalqaro huquqni davlatlarning ichki huquqi qoidalari ustidan ustuvorligi dеb ataladi.
    xalqaro huquq normalari o‘z sub'ektlari, eng avvalo davlatlar uchun huquq va majburiyatlar tug‘diradi. Davlatning rasmiy organlari, yuridik va jismoniy shaxslari esa bevosita xalqaro huquq normalariga bo‘ysunmaydilar. Chunki bular uning sub'ekti bo‘lib hisoblanmaydilar. Xalqaro majburiyatlarni ichki davlat huquqi darajasida real amalga oshirilishini ta'minlash uchun xalqaro-huquqiy normalarni milliy qonunlarda mustahkamlash, ya'ni transformatsiya qilish choralari ko‘riladi.

    O‘zbekiston respublikasi fuqarolik kodeksida shunday deyiladi: “agar xalqaro shartnomalar va bitimlarda fuqarolik qonunchiligidagidan boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lsa xalqaro shartnomalar va bitimlardagi qoidalar qo‘llaniladi”.



    Xalqaro munosabatlar davlatlararo munosabatlar bilan cheklanib qolmaydi. Turli davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari o‘rtasida, xalqaro nohukumat tashkilotlari o‘rtasida doimiy ravishda aloqalar bo‘lib turadi. Bunday aloqalar tegishli davlatning milliy huquq normalari yoki xalqaro xususiy huquq normalari bilam tartibga solinadi.



    Xalqaro huquq tamoyillari bu ijtimoiy amaliyot natijasida vujudga keladigan xalqaro huquqning yuridik mustahkamlangan asoslari bo‘lib, huquq sub'ektlari xatti-harakatining rahbariy qoidalari hisoblanadi.

    Xalqaro huquq tamoyili – bu avvalom bor xalqaro huquq normasidir.

    Huquq sub'ektlari xalqaro huquq tamoyillariga rioya qilishlari qat'iyan majburiydir. Chunki mazkur tamoyillarni har qanday tarzda buzish muqarrar ravishda xalqaro munosabatning boshqa ishtirokchilarining qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qilishga olib keladi. Xalqaro huquq tamoyillari butun xalqaro-huquqiy normalar tizimining qonuniylik mezoni hisoblanadi.

    Xalqaro huquq tamoyilini ijtimoiy amaliyotni o‘zgartirish orqaligina bekor qilish mumkin. Bu esa alohida davlatlar yoki davlatlar guruhi imkoniyati doirasida emas. Shuning uchun har bir milliy davlat xalqaro huquq tamoyillarini buzish orqali ijtimoiy amaliyotni “tuzatish” ga qaratilgan har kanday bir tomonlama tartibdagi urinishlarga o‘z munosabatini bildirishi lozim.

    Xalqaro huquq tamoyillari odatiy va shartnoma usullari orqali shakllanadi. Ular bir paytning o‘zida ikki xil funksiyani bajaradi:

    - xalqaro munosabatlarni ularni ma'lum normativ doiralar bilan chegaralash orqali barqarorlashishiga ko‘maklashadi;

    - xalqaro munosabatlar amaliyotida vujudga keladigan barcha yangi holatlarni mustahkamlaydi.

    Xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan tamoyillari, deb jahon hamjamiyati tomonidan qo‘llab-quvatlanadigan va tegishli xalqaro-huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan tamoyillar hisoblanadi.

    Xalqaro huquqda umum e'tirof etilgan tamoyil va normalarni batafsil tarzda bayon qilib beruvchi yagona normativ hujjat mavjud emas. Agar bmt nizomida besh tamoyilning nomi keltirilgan bo‘lsa, xalqaro huquq tamoyillari to‘g‘risidagi deklaratsiyada ularning yettitasi ifodalab berilgan:

    1. Kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik.

    2. Xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan xal etish.

    3. Davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik.

    4. Davltlarning xalqaro hamkorligi.

    5. Davlatlarning suveren tengligi.

    6. Xalqlar va millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi.

    7. Davlatlarning olgan xalqaro majburiyatlarini vijdonan bajarishi.

    Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashining xelsinki yakunlovchi hujjatida mazkur tamoyillarga yana uchtasi qo‘shilgan:

    1. Chegaralar daxlsizligi.

    2. Davlatlarning hududiy daxlsizligi.

    3. Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilish.

    Jahon xamjamiyati oldida turgan umumbashariy muammolarni xal etish zaruriyatini ifoda etuvchi yangi tamoyillar ham shakllanmokda. Masalan, atrof muhitni himoya qilish majburiyati.

    Umum e'tirof etilgan tamoyillar va normalar u yoki bu shaklda ko‘p davlatlarning konstitutsiyalarida ham mustahkamlangan. Qonunchilik, ijro va sud hokimiyatlari faoliyati ularga muvofiq kelishi lozim. Mazkur tamoyillar o‘zbekiston konstitutsiyasining 4-bobida mustahkamlangan.

    3. Xalqaro shartnoma, uning tuzilishi va mazmuni.

    Xalqaro shartnomalarning huquqda tutgan o‘rni kattadir. Shu sababli xalqaro huquqda xalqaro shartnomalar to‘g‘risida bayon qilingan fikrlar xalqaro munosabatlarni o‘rnatishda muhim ahamiyatga ega.

    Shartnoma, shu jumladan xalqaro shartnoma uning ishtirokchilari uchun muayyan huquqlar va majburiyatlar vujudga keltirishga qaratilgan kelishuvdan iborat bo‘lib, u uch asosiy vazifani:

    A) shartnoma tuzuvchi sub'ektlar o‘rtasida huquqiy munosabat mavjudligini isbotlovchi fakt vazifasini;

    B) tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvlarni o‘zida ifoda etuvchi yozma hujjat vazifasini;

    V) shartnoma talablari bajarilmasdan qolgan taqdirda aybdor tomoni javobgarlikka tortish asosi vazifasini bajaradi.




    Hozirgi zamonda jahondagi davlatlararo iqtisodiy, ilmiy-tеxnikaviy, madaniy aloqalar, savdo-sotiq, sanoat va boshqa sohalardagi hamkorliklarni o‘rnatish hamda amalga oshirishning asosiy shakli ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kеlishuvlar bo‘lib qolmoqda.

    Xalqaro munosabatlar sohasida davlatlararo hamkorlikni nazarda tutuvchi kelishuvlar shartnoma, ahdlashuv, pakt, deklaratsiya, konvensiya, protokol va h. Nomlar bilan ataladi. Ammo bu hol ularning mohiyatiga ta'sir etmaydi.

    Xalqaro shartnomalar turli belgilari va xususiyatlariga ko‘ra turlarga ajratiladi. Jumladan,

    - o‘z predmetiga ko‘ra – savdo-sotik, sanoat, transport, aloqa, moliya-kredit va h. Sohalardagi shartnomalarga;



    - tartibga solish doirasiga ko‘ra: xalqaro munosabatlarning barcha ishtirokchilari xatti-harakatini tartibga soluvchi shartnomalarga (masalan, bmt ustavi) va davlatlararo muayyan masalalarni tartibga soluvchi shartnomalar (masalan, sanoat yoki savdo-sotiq masalalari xususidagi ko‘p tomonlama konvensiyalar) hamda ochiq yoki yopiq shartnomalar va h.

    Xalqaro shartnomalarning sub'ekti bo‘lib eng avvalo davlatlar ishtirok etadilar. Keyingi paytlarda davlatlarning xalqaro tashkilotlari ham shartnomalarda keng ishtirok etmoqdalar. Birok, ularning xalqaro shartnoma munosabatidagi ishtiroki doirasi uning a'zolari bo‘lgan davlatlar beradigan vakolatlar hajmi bilan belgilanadi.

    Xalqaro shartnomalarning ob'ektlari iqtisodiy, xo‘jalik aloqalari sohasida davlatlar o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatlar, savdo, sanoat, ilmiy-texnikaviy hamkorlik, moliya va boshqa sohalarda huquqiy tartibga solinishi talab etiladigan xatti-harakatlardir.

    Xalqaro iqtisodiy shartnomalar tuzish muayyan davrni o‘z ichiga oluvchi jarayon bo‘lib, ma'lum bosqichlarga bo‘linadi.



    Xalqaro shartnomalar tuzish qoida tariqasida davlat boshlig‘i tomonidan, mamlakat konstitutsiyasida, boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda yoki davlat boshlig‘i tomonidan berilgan vakolatga muvofiq bunday shartnomalarni imzolash huquqi boshqa davlat organlari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.

    Xalqaro shartnomalar o‘z tarkibi jihatidan asosan uch qismdan: kirish qismi (preambula), asosiy qism va yakunlovchi qoidalardan iborat bo‘ladi.

    A) shartnomaning kirish qismi (preambula)da uning tuzilgan joyi, vaqti, tomonlari, maqsad va vazifalari belgilab qo‘yiladi.

    B) asosiy qismda uning mazmuni, tomonlari o‘z zimmalariga olayotgan majburiyatlarni bajarish vaqti, joyi, usuli, pul majburiyatlari va ularni ado etish kabi shartnoma tuzishdan kelib chiquvchi konkret xatti-harakatlar ko‘zda tutiladi.

    V) shartnomaning yakuniy qismida tomonlar javobgarligi, shartnomani muddatidan avval bekor qilish asoslari va tartibi, uni prolongatsiyalash, unga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish tartiblari, uning ochiq yoki yopiq ekanligi kabi holatlar aks ettiriladi. Vakolatli mansabdor shaxs yoki davlat organining imzolari shartnomani yakunlaydi.

    Xalqaro shartnomalar yaxlit bir hujjatdan iborat bo‘lishi yoki turli ilovalarni o‘z ichiga olishi mumkin.



    Xalqaro shartnomalar odatda davlatning vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan imzolanishi bilan kuchga kiradi. Ammo shartnoma tuzayotgan tomonlar uning kuchga kiritilishi yuzasidan boshqacha muddatlarni belgilashlari ham mumkin. Yuksak milliy va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan xalqaro shartnomalarni kuchga kiritilishi yuzasidan maxsus protsedura (tartib) belgilanadi. Jumladan, o‘zbekiston konstitutsiyasining 78-moddasi 21-bandida aytilishicha, o‘zbekiston respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzgan muhim ahamiyatga molik shartnomalari va bitimlari o‘zbekiston respublikasi oliy majlisi tomonidan ratifikatsiya qilinmog‘i (tasdiqlanmog‘i) lozim.

    xalqaro shartnomalar unda ishtirok etayotgan tomonlar rasmiy davlat tillarida tuziladi. Ko‘p tomonlama shartnomalarning bmt ishchi va rasmiy tillarida tuzish ko‘zda tutilgan.

    O‘zbekiston o‘z mustaqilligini tobora mustahkamlab, jahon hamjamiyatida munosib o‘ringa, obro‘-e'tiborga ega bo‘lib borayotgan paytda xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan turli aloqalar urnatish, hamkorlikni kuchaytirish o‘ta muhim ahamiyat kasb etuvchi vazifalardan biridir. Umumjaxon xo‘jalik tizimlariga kirishning, butun dunyo miqyosidagi iqtisodiy jarayonlarga tobora kengroq qo‘shilishning asosiy huquqiy shakli bo‘lib respublikamizning boshqa davlatlar bilan o‘rnatadigan shartnomaviy aloqalari hisoblanadi. Shu sabab davlatlararo shartnomalarga oid xalqaro huquq normalarini bilish, shartnoma tuzish jarayonini chuqur anglab yetish o‘zbekistonni xalqaro hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirishning, davlatimiz manfaatlari va xavfsizligini samarali himoya qilishning ishonchli va ta'sirchan vositasidir.



    Download 2.68 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




    Download 2.68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi

    Download 2.68 Mb.