Toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakulteti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi




Download 10.61 Mb.
bet16/64
Sana23.07.2021
Hajmi10.61 Mb.
#15862
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64
Tangensial galvanometr

Tangensial galvanometr — elektr tokini o‘lchash uchun foydalaniladigan dastlabki ixtiro qilingan galvanometrlardan biri hisoblanadi. Noma’lum tok bilan hosil qilingan magnit maydonni Erning magnit maydoni bilan qiyoslaydigan kompas yordamida ishlaydi. Asbob o‘zining nomini magnetizmning tangensial qonunidan olgan, unda aytilishicha magnit strelkasini og‘ish burchagi ikki perpedikulyar bo‘lgan magnit maydonlari kuchlarini nisbatlariga proporsional. Bu ilk bora 1837 yilda Klod Pule tomonidan ixtiro qilingan.

Tangensial galvanometr izolyasiya qilingan mis simdan tayyorlangan, magnit bo‘lmagan ramaga o‘ralgan, vertikal joylashtirilgan g‘altakdan tarkib topgan. Ramka uni markazidan o‘tgan vertikal o‘q atrofida burilishi mumkin. Kompas gorizontal xolda va doiraviy shkalaning markazida joylashgan. Doiraviy shkala to‘rtta kvadrantga bo‘lingan, ularni har biri 00 dan 90° gacha darajalangan. Kompasning magnitmiliga uzun alyuminiy ko‘rsatgich maxkamlangan. Parallaks tufayli hosil bo‘ladigan xatoliklardan qochish uchun strelka ostiga yassi ko‘zgu o‘rnatiladi.

Ishlash jarayonida galvanometr shunday o‘rnatiladiki, kompas mili g‘altak tekisligi bilan mos tushishi kerak. Keyin g‘altakdan o‘lchanadigan tok o‘tkaziladi. Tok g‘altak o‘qida Erning magnit maydoniga perpedikulyar bo‘lgan magnit maydonini hosil qiladi. Milikki maydonning vektor yig‘indisiga tortiladi (jalb etiladi)va ushbu maydonlar nisbatlarini tangensiga teng bo‘lgan burchakga og‘adi.





Download 10.61 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64




Download 10.61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakulteti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi

Download 10.61 Mb.