Toshkent kimyo-texnologiya instituti «vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi» fakulteti «biotexnologiya» kafedrasi




Download 4,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/36
Sana19.11.2023
Hajmi4,48 Mb.
#101198
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Biologiya ma\'ruza 2022

 
 
12 – MAVZU: 
 
HAYVON VA O’SIMLIKLAR SELLEKSIYASIDA 
BIOLOGIYANING O’RNI 
1-ilova 
Reja:
1. Seleksiya xaqida umumiy tushincha.
2. O’simlik va hayvon seleksiyasi.
3. Hayvon sistematikasi 
4. O’somlik sistematikasi
Seleksiya (lot. selectio — tanlash, saralash) — yuqori mahsuldor oʻsimliklar navlari va 
duragaylarini, hayvonlar zotlarini va mikroorganizmlar shtammlarini yaratish nazariyasi va amaliyoti. 
S.ning ilmiynazariy bazasi genetika hisoblanadi. Oʻsimliklar S.si botanika, sitologiya, embriologiya, 
gistologiya, fiziologiya, fitopatologiya, entomologiya, ekologiya, biokimyo, oʻsimlikshunoslik va qishloq 
xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi bilan chambarchas bogʻliq. Ibtidoiy S. koʻrinishlari 
(beixtiyor tanlash) dehqonchilik paydo boʻlgan davrlardan boshlangan. Bunday S. astasekin muayyan 
maqsadli yoʻnalishlarda olib borilgan. 
Xalq seleksiyasi Oʻrta Osiyoda ham rivojlanib, gʻoʻza, zigʻir, don, beda, sabzavotpoliz ekinlari, tok 
va mevali daraxtlarning qimmatli navlari yaratilgan. 3—4-asrlarda afrikaosiyo gʻoʻzasining qattiq quruq 
iqlimga moslashgan ertapishar shakllari chiqarilgan. Yumshoq bugʻdoyning Qizil bugʻdoy, Tuyatish 
navlari hosildorligi, qurgʻoqchilik va kasalliklarga chidamliligi hamda donining sifati bilan mashqurdir. 


Tok (Soyaki, Sohibi, Parkent va boshqa navlari), oʻrik (Koʻrsodiq, Obinovvot), arpa (Toshkallak), sholi 
(Arpa sholi, Xoʻjaahmad, Qozoqi), joʻxori (Xoʻraki, Kattabosh), qovun (Joʻjaburun), tarvuz (Qoʻzivoy), 
sabzi (Mirzoi, Mushak), piyoz (Oq piyoz) va boshqalarning sifatli mahsulot beradigan, mevasi uzoq 
saqlanadigan koʻpchilik navlari hozir ham ekiladi. Beda seleksiyasi sohasida, ayniqsa, katta yutuqlarga 
erishilgan. Xorazm va Samarqand bedalari butun dunyoga mashhur boʻlib, hozir ham juda qimmatli navlar 
hisoblanadi. Chorvachilikda uzoq tanlash yoʻli bilan qorakoʻl, hisori qoʻy zotlari, qorabayir, laqay ot zotlari 
va boshqa yaratildi. Keyinchalik koʻpgina muhim xoʻjalik xususiyatlarga ega boʻlgan bu navlar va 
zotlardan S. ishlarida qimmatli boshlangʻich material sifatida foydalanildi. 
CH. Darvin oʻzining "Turlarning kelib chiqishi" (1859) asari bilan S.ning ilmiy asosini yaratdi 
(qarang Evolyusion taʼlimot), hayvonlar va oʻsimliklar dunyosida yangi shakllarning paydo boʻlishida 
tanlaitit ahamiyatini koʻrsatib berdi. 
S.ning keyingi rivojlanish bosqichlarida irsiyat qonunlarining kashf etilishi katta ahamiyatga ega 
boʻldi. Shuningdek, S.ning rivojlanishida I.V. Michurinnit ishlari ham muhim rol oʻynadi. Irsiy 
oʻzgaruvchanlikning gomologik katorlar qonuni hamda madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari 
toʻgʻrisidagi taʼlimot muallifi N. I. Vavilov S.ning rivojiga katta hissa qoʻshdi. 
Yevropa va Amerikada S. 19-asrda rivojlana boshladi. Fransiyada L. Vilmoren koʻp marta tanlash 
yoʻli bilan qand lavlagining tanlab olingan shakllari qandliligini 3 hissa oshirishga erishdi. Shved 
seleksioneri G. NilsonEle oʻzidan changlanuvchi oʻsimliklarda yakka tanlash usulini qoʻllab, sulining 
qimmatli navini yaratdi. AQShdaL. Byorbank duragaylashni qatʼiy tanlash bilan qoʻshgan holda mevali 
oʻsimliklar va boshqa ekinlarning eng yaxshi navlarini yaratdi. Rossiyada S. ishlari 19-asr oxiridan 
rivojlana boshladi. 
Oʻzbekistonda ilmiy S.ning boshlanishi 20-asr boshlariga toʻgʻri keladi. Rossiya imperiyasi 
sanoatining paxta xom ashyosiga boʻlgan katta ehtiyojlari taʼsirida dastlab gʻoʻza S.si bilan 
shugʻullanadigan muassasalar tashkil etildi. 1898-yilda ish boshlagan Turkiston qishloq xoʻjaligi tajriba st-
yasida (hozirgi Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. instituti) R. R. Shreder 
qishloq xoʻjaligi sohasida koʻp qirrali ilmiy faoliyat bilan birga gʻoʻza, gʻalla, sholi S. ishlariga asos soldi. 
1899-yilda Andijon tajriba dalasi. 1900-yilda Mirzachoʻl tajriba dalasi, 1913-yilda Namangan sh. 
yaqinidagi Paxtalikoʻlda gʻoʻza boʻyicha maxsus Fargʻona seleksiya st-yasi tashkil etildi. M.M. Bushuyev, 
G. S. Zaysev, Ye. L. Navrotskiy kabi olimlar gʻoʻza, gʻalla ekinlari, qoramolchilik boʻyicha S. ishlarini faol 
olib borishdi va gʻoʻzaning yangi mahalliy 169 (Dehqon), 182 (Oq joʻra), Amerikadan keltirilgan Rusel 
navidan "Navrotskiy", Triumf navidan "Navrotskiy zafari" navlari, Bushuyev koramol zoti yaratildi. 
20-asrning 20y.laridan boshlab Oʻzbekistonda oʻsimlikshunoslik, chorvachilik, yilqichilik, 
qorakoʻlchilik, pillachilik va boshqa yoʻnalishlarida tajriba va S. st-yalari, i.t. muassasalari tashkil etila 
boshladi. 1922-yilda Turkiston seleksiya st-yasi (1965-yildan Butunittifoq gʻoʻza seleksiya va urugʻchiligi 
i.t. instituti), 1924-yilda Butunittifoq oʻsimlikshunoslik institutining Oʻrta Osiyo tajriba st-yasi, 1925-yilda 
Milyutin (hozirgi Gʻallaorol gʻalla ekinlari) tajriba st-yasi, 1927-yilda Oʻrta Osiyo ipakchilik instituti, 
1929-yilda Butunittifoq paxtachilik instituti (SoyuzNIXI), 1932-yilda Oʻzbekiston sholichilik tajriba st-
yasi, 1934-yilda Oʻzbekiston sabzavot va kartoshka ekinlari tajriba st-yasi, 1935-yilda Butunittifoq 
qorakoʻlchilik instituti, 1940-yilda Oʻzbekiston chorvachilik instituti va ularning respublikaning turli 
zonalarida joylashgan keng tarmokli styalari ish boshladi. 
Chorvachilikda S. mollarning mahsuldorlik va mahsulotlari sifati, kasalliklarga bardoshi
sharoitlarga moslashishi, yem-xashakdan samarali foydalanishi boʻyicha olib boriladi. Yalpi, yakka, 
yakkaqarindoshlik, guruhliqarindoshlik belgilari majmui boʻyicha tanlash S.ning asosi hisoblanadi 
(qarang Duragaylash, Naslchilik, Saralash). 
Oʻsimliklar S.da navning asosiy yaroqlilik belgisi uning hosildorligi va hosili tarkibida koʻzlangan 
zarur moddalar (mas, bugʻdoyda oqsil, kartoshkada kraxmal)ning koʻpligi hisoblanadi. Shuningdek, 
tanlashda oʻsimliklarning noqulay omillarga (qurgʻoqchilik, sovuqqa chidamlilik, kasalliklar va 
zararkunandalarga) bardoshlik, mexanizatsiya bilan ishlov berishga qulaylik, agrotexnologiyaga moyilligi 
ham muhim belgilar hisoblanadi. 


Oʻsimliklar S.si boshlangʻich material yaratish yoki tanlashdan boshlanadi. Ular tabiiy va duragay 
populyasiyalar, ilgari yaratilgan navlar, oʻzidan changlangan liniyalar, poliploidlar, mutantlar boʻlishi 
mumkin. Boshlangʻich materialdan tanlab olingan oʻsimliklar avlodi dastlabki baholash, baʼzan qayta 
tanlash uchun seleksion koʻchatzorlarga ekiladi. Ularning eng yaxshilari nav sinash uchun (dastlabki, 
stansion, konkurs) tanlab olinadi. Soʻngra ular yakuniy baholash va rayonlashtirish uchun Davlat sinoviga 
oʻtkaziladi (qarang Davlat nav sinash tarmogʻi, Nav). Makkajoʻxori S.da geterozisi yuqori boʻlgan 
liniyalararo va nav liniyalari duragaylari yaratiladi. Qand lavlagining yuqori geterozisli shakllarini yaratish 
uchun diploidlar tetraploidlar bilan chatishtiriladi. Sorgo, pomidor, garmdori, piyoz, poliz va boshqa 
ekinlar. S.sida ham geterozis duragaylari chiqariladi. 
Gʻoʻza S.si yalpi tanlash, yakka tanlash usullari bilan serhosil va tezpishar navlar yaratish 
yoʻnalishida olib boriladi. Bunda navlarning sifat belgilariga (kasallik va zararkunandalarga, 
qurgʻoqchilikka, shoʻrga chidamliligi, tola chiqishi, mashinada terishga qulayligi va boshqalar) eʼtibor 
beriladi. Boshlangʻich material sifatida chet el S. navlaridan, tur ichida va turlararo madaniy, yovvoyi, 
yarim yovvoyi nusxalarni va turlarni chatishtirish yoʻli bilan olingan populyasiyalardan, radioaktiv 
nurlanishlar va kimyoviy mutagenlar taʼsirida chiqarilgan populyasiyalardan foydalaniladi. Bir qancha 
mamlakatlarda geterozis samaradorligidan yoki turlararo va tur ichidagi duragaylar birinchi boʻgʻinining 
yuqori biologikxoʻjalik mahsuldorligidan foydalaniladi. Gʻoʻza S.sida oddiy yoki juft, pogʻonali, 
duragaylar ichida, duragaylararo, takroriy (bekkross), murakkab chatishtirish usullari qoʻllaniladi. 
20-asrda Oʻzbekiston olimlari S.ning nazariy va amaliy masalalarini ishlab chiqishga munosib hissa 
qoʻshdilar. Gʻoʻza S. sida S. S. Kanash, A. I. Avtonomov, L. V. Rumshevich, A. Dadaboyev, S. S. Sodiqov, 
S. M. Mirahmedov, O. Jalilovvab., mevalar va tok S.sida M. Mirzayev, M. S. Juravel, A. M. Negrul, 
subtropik ekinlar (limon) S.sida Z. Faxriddinov, sabzavot, poliz ekinlari kartoshka S.sida D. Abdukarimov, 
A. Obidov, K. Yusupov, Ye. V. Yermolova, A. S. Hakimov va boshqa, krramolchilik S.sida U. Nosirov, 
parranda (tovuq) S.sida S. Gʻ. Azimov, qoʻychilik S.sida I.N.Dyachkov, ipak qurtining yangi zotlari va 
duragaylarini yaratishda B.L.Astaurov, V.A. Strunnikov, U. Nasrillayev va boshqalarning xizmatlari katta. 
Oʻzbekistonda S. ishlari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental 
biologiyasi instituti, Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi ilmiyishlab chiqarish 
Markazining paxtachilik; gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi; oʻrmon xoʻjaligi; sholichilik; 
oʻsimlikshunoslik; bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik; sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik; 
sugʻoriladigan yerlarda don va dukkakli ekinlar; chorvachilik; krrakoʻlchilik; ipakchilik i.t. intlarida; lub 
ekinlari tajriba st-yasida; Qoraqalpogʻiston dehqonchilik i.t. institutida; Toshkent agrar universiteti
Andijon, Samarqand qishloq xoʻjaligi intlari S. kafedralarida olib boriladi. Oʻzbekistonda S. amaliyoti, uni 
tashkil etish va S. yutuqlari (oʻsimliklar navi, hayvonlar zoti)ga doir huquqiy munosabatlarOʻzbekiston 
Respublikasining "Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida" qonuni (1996-yil 30 avgust) bilan tartibga solinadi. 
Chet el mamlakatlarida S. ishlarini davlat seleksiya tajriba muassasalari va xususiy urugʻchilik 
firmalari amalga oshiradi. Meksikada yaratilgan kalta poyali bahori bugʻdoy navi (Sonora 63, Lerma Roxo 
va boshqalar) boshqa mamlakatlarda bahori bugʻdoy S.sida foydalaniladi. Bunday navlarni yaratish burdoy 
hosildorligini ancha oshirish imkoniyatini berdi. Makkajoʻxorining (AQSH) yuqori hosilli duragaylari, 
qand lavlagining liniyalararo duragaylari (AQSH, Shvetsiya), kalta poyali javdarbugʻdoy amfidiploidlari 
(Kanada), serkraxmal kartoshka navlari (Gollandiya, GFR, Polsha), uy parrandalari inbred liniyalari 
(AQSH) muhim oʻrinda turadi. 
Hayvonlar sistematikasi -sistematikaikt bir boʻlimi. Hayvonlar sistematikasini ilk bor Aristotel 
(miloddan avvalgi 4-asr) ishlab chiqqan. U hayvonlarning 252 formasiga tavsif berib, ularni 2 ta katta 
guruh: qonlilar (hozirgi umurtqalilar) va qonsizlar (hozirgi umurtqasizlar)ga va 8 ta kichik guruhlarga 
ajratgan. Aristoteldan soʻng 2 ming yil davomida Hayvonlar sistematikasida deyarli hech qanday oʻzgarish 
boʻlmadi. Faqat ingliz biologi J.Rey (1693) sistematikaning asosiy birligi — tur tushunchasini fanga 
kiritadi. 
Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasini shved naturalisti K.Lin-ney yaratgan. U "Tabiat 
sistemasi" (1735) asarida 4200 turdan ortiqroq (jumladan 1222 tur umurtqali va 1936 tur umurtqasiz) 
hayvonlarga tavsif bergan. K.Linney hayvonlarni oʻzaro tobe taksonomik kategoriyalar: tur, urugʻ, turkum 


va sinfga boʻlishni, turni 2 nom: urugʻ va tur nomi bilan atash (binar nomenklatura)ni taklif etdi. Lekin 
Linney ishlab chiqqan sistema mukammal emas edi. Mas, u sodda hayvonlar, boʻshliqichlilar, 
ignaterililardan iborat bir-biridan uzoq hayvonlarni zoofitlar — hayvon-oʻsimliklar guruhiga birlashtirgan. 
Fransuz olimlari J.Kyuvye va JLamark K. Linney sistemasini takomillashtirishdi. J. Lamark "Umurt-
qasizlar sistemasi" (1801) va "Zoologiya falsafasi" (1809) asarlarida hayvonlarni umurtqasizlar va umurt-
qalilarga, 
umurtqasizlarni 
infuzoriyalar, 
poliplar, 
nurlilar, 
chuvalchanglar, 
hasharotlar, 
oʻrgimchaksimonlar, qisqichbaqasimonlar, halqalilar, moʻylovoyoqlilar va mollyuskalar sinflariga 
ajratgan. J.Kyuvye "Hayvonot dunyosi va uning klassifikatsiyasi" (1817) asarida hayvonlarni 4 ta asosiy 
shoxga ajratgan. Keyinchalik bu shoxlarga fransuz zoologi A.Blenvil (1825) tip (nurlilar, boʻgimlilar, 
mollyuskalar, umurtqalilar) nomini bergan. 
J.Lamark va J. Kyuvye sistemasini ingliz zoologi R.Grant (1826) yanada takomillashtirib, nurlilar 
tipidan gʻovaktanlilar tipini ajratib chiqardi. Nemis zoologi K.Zibold esa nur-lilar tipini 3 ta mustaqil: eng 
sodda hayvonlar, zoofitlar va chuvalchanglar tiplariga ajratadi. U zoofitlarga koʻpchilik nurlilarni, 
chuvalchanglarga halqalilarni kiritadi. Boshqa hal-qalilar esa boʻgʻimoyoqlilar tipiga kiritildi. Nemis olimi 
K.Foxt (1825) chuvalchanglar tipini yassi, toʻgarak va halqali chuvalchanglarga ajratadi. Ingliz anatomi 
E.Rey Lankester (1877) bu guruhlarni tip nomi bilan atashni taklif etadi. Nemis zoologi K.Klaus (1874) 
hayvonlarni 9 tipga boʻladi. Bu sistema ancha uzoq vaqt saqlanib qoldi. Vaqt oʻtishi bilan olimlarning faqat 
tiplar soniga emas, balki ularning tarkibiy qismiga nisbatan ham tushunchasi oʻzgarib bordi. Mas, 
umurtqalilar (keyinchalik xordalilar) tipiga qobiqlilar (19-asr oxirigacha mollyuskalarning bir xili sifatida 
qaralgan) va ichak bilan nafas oluvchilar kiritilgan. Hayvonot dunyosi oʻrganilgan sari faqat yangi turlar, 
urugʻlar, oilalar emas, hatto ancha yuqori taksonomik darajadagi guruhlar (turkum, sinf, hatto tip)lar ham 
kashf etildi. Mas, 1955-yilda rus olimi A.V.Ivanov pogo-noforalar tipini kashf etdi. 
Hayvonot dunyosi, odatda, 2 kenja olam: bir hujayralilar va koʻp hujayralilarga; koʻp hujayralilar 
esa parazoylar va haqiqiy koʻp hujayralilarga ajratiladi. Parazoylarga gʻovaktanlilar, haqiqiy koʻp 
hujayralilarga boshqa barcha tiplar kiritiladi. Haqiqiy koʻp hujayralilar oʻz navba-tida nurlilar 
(boʻshliqichlilar, taroqlilar) va ikki tomonlama (bila-teral) simmetriyalilar hamda birlamchi ogʻizlilar 
(chuvalchanglar, mollyus-kalar, exiuridlar, boʻgʻimoyoqlilar, sipunkulidlar, paypaslagichlar) va ikkilamchi 
ogʻizlilar (chalaxordalilar, ignaterililar, xordalilar)ga boʻlinadi. Ayrim zoologlar parazoylar va haqiqiy koʻp 
hujayralilar bilan birga ularga teng mavqega ega boʻlgan fagotsitellasimonlar guruhini ham taklif etishadi. 
Oxirgi guruh eng tuban tuzilgan koʻp hujayralilar — plastinkasimonlar tipini oʻz ichiga oladi. 
Hayvonot dunyosining turli xil sistemasida tiplar soni 10 dan 33 tagacha, hatto undan ham koʻproq 
koʻrsatiladi. Koʻpchilik zoologlar maʼqul-lagan va oʻquv adabiyotlarida keltiriladigan sistematikaga asosan 
bir hujayralilar kenja dunyosi 5 tip: sar-komastigoforalar, mikrosporidiyalar, miksosporidlar, sporalilar, 
infuzoriyalarga boʻlinadi. Qolgan hayvonlar plastinkasimonlar, gʻovaktan-lilar, boʻshliqichlilar, taroqlilar, 
yassi chuvalchanglar, toʻgarak chuvalchanglar, nemertinalar, tikanboshlilar, halqali chuvalchanglar
mollyuskalar, boʻgʻimoyoqlilar, ignaterililar, chala-xordalilar, pogonoforalilar va xor-dalilar tiplariga 
boʻlinadi. Hayvonot dunyosi oʻrganilgan sayin koʻplab yangi turlar kashf qilinmoqda. Yer yuzida 
hayvonlarning 1,5 mln. (ayrim maʼlumotlarga koʻra 3,0—3,5 mln.)ga yaqin turi maʼlum. 
O’simliklar sistematikasi 
Yer sharida o`simlik turlari shunchlik ko`pki, ulardan hozirgacha faqat 500 mingdan ortiqrog`igina 
fanga ma`lum. 
O`simliklarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi belgilarning o`xshashlik darajasiga qarab o`simliklar 
dunyosini ma`lum tartibga – sestema (tizim)ga solish o`simliklar sistematikasi deb ataladi. 
O`simliklar sitimatikasi botanika fanining asosiy ismi bo`lib, unda o`simliklar kelib chiqishi, 
o`xshashlik darajasi va tarixiy rivojlanishiga qarab guruhlarga – sestimatik birliklarga bo`linadi. 
O`simliklar siste matikasida quyidagi sistematik birliklar qabul qilingan: 
tur, turkum,oila,sinf (ajdod), bo`lim va o`simliklar dunyosi. 
O`simliklar sistematikasidagi eng kichik birlik turdir. 


Tur – hamma organlari bir-biriga o`xshash, ma`lum maydonda uchraydigan o`simliklarni o`z ichiga 
oladi. Masalan sariq do`lanani olaylik. U bitta tur. Lekin tog`larda bu turga kiradigan o`simlik turlari kehg 
tarqalgan. Ular guli, mevasi, bargi va boshqa belgilari bilan juda o`xhsash. Shuning uchun ular bir turga 
kiradi. 
Turkum – bir-biriga yaqin turlardan tashkil topgan. 
Fanda o`simliklarni qo`shaloq (ikki) nom bilan – tur va turkumning nomlari bilan atash (binar 
nomenklatura) qabul qilingan. Turni ikki nom bilan atashni birinchi bo`lib, shved tabiatshunosi Karl Linney 
(1707-1778) fanga kiritgan. Masalan, sarimsoq piyoz yoki anzur piyozidagi sarimsoq va anzur so`zlari 
turga tegishli, piyoz so`zi esa turkumga tegishli nom bo`lib, bu shu turlarning piyoz so’zi esa turkumga 
tegishli nom bo’lib, bu shu turlarning piyoz turkumiga oid ekanligini bildiradi. 
Fanda har bit turning mahalliy nomlaridan tashqari yana ilmiy, ya`ni “lotincha” nomi ham bor. 
Istalgan o’simlikning ilmiy nomini maxsus kitoblardan (floradan yoki o’simliklar aniqlagichidan ) 
topish mumkin. Bir-biriga yaqin turkumlar qo’shilib, oilani tashkil qiladi. Masalan, bodom, olma, o’rik, 
na`matak, do’lana kabi turkumlar birlashib sinfni tashkil qiladi. Masalan, bir urug’pallali o’simliklardan 
tashkil topgan loladoshlar, bug’doydoshlar (boshoqdoshlar), chuchmomadoshlar kabi oilalar to’planib bir 
urug’pallali o’simliklar sinfini tashkil qiladi. Ikki pallali (ikki urug’pallali) o`simliklardan tashkil topgan 
ra`nodoshlar, ituzumdoshlar, gulxayridoshlar kabi oilalar birlashib ikki urug`pallali o`simliklar sinfini 
tashkil qiladi. 
Bir urug`pallalilar va ikki urug`pallalilar sinfiga oid o`simliklarning hammasi gulli o`simliklar 
bo`lganligi uchun bu ikkala sinf qo`shilib gulli o`simliklar yoki yopiq urug`li o`simliklar bo`limini vujudga 
keltiradi. 
O`simliklar dunyosi esa o`simliklar sistematikasidagi eng katta sistema bo`lib, yopiq urug`li 
o`simliklar, ochiq urug`li o`simliklar, qirqquloqtoifa, yo`sintoifa, yashil suvo`tlar va hokozo bo`limlarni 
o`z ichiga oladi. 
2-ilova
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari.
1. Qanday seleksiya turlarini bilasiz?
2. O’simliklar seleksiyasi xalq xo’jaligidagi axamiyati
3. Hayvonot dunyosida seleksiya tushinchasi nimani anglatadi
4 Seleksiya bilan sistematikasi bir biridan nimasi bilan farqlanadi? 
5. O’simlik va hayvon seleksiyasi biologiyada ahamiyati
3-ilova
Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar.
1. Mirxamidova R., Vaxobov A.X., Davronov Q., Tursunboeva G.S. Mikrobiologiya va 
biotexnologiya asoslari. Darslik.Ilm ziyo.Toshkent-2014. 336 b. 
2. С.И.Колесников. Обшая биология. Учебного пособия. Москва. 2020 г. Стр 287.
3. Н.В.Чебишев. Биология. Учебник для студентов высших учебник заведений. 2016 г. Стр. 
640. 

Download 4,48 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Download 4,48 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent kimyo-texnologiya instituti «vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi» fakulteti «biotexnologiya» kafedrasi

Download 4,48 Mb.
Pdf ko'rish