247
m dan kam bo’lmagan qismi suvda cho’kib turadi. Bu esa vodorodni hovuz orqali
atmosferaga chiqib ketishining oldini oladi. Gazgolderni vodorod (ta’mirlashdan
oldin) yoki havo (vodorod bilan to’ldirishdan oldin)dan bo’shatish maqsadida uni
produvka qilish – qalpoq ustidagi ventil orqali amalga oshiriladi.
18.3 – rasm. Vodorod gazgolderining sxemasi
Gazgolderdan vodorod mo’ri (7) va truba (9) orqali chiqarib olinadi.
Trubalar (4 va 7) gidravlik to’siq (6) orqali mo’rilar (3 va 9) bilan bog’langan.
Ish holatida ular bo’sh bo’ladi, ulardagi to’plangan suv (nam vodoroddan
kondensasiyalangan) esa yig’uvchi bak(5)ga davriy ravishda bo’shatib turiladi.
Lekin gazgolderni, gaz ishlab chiqarish va gidrogenlash sexlaridan to’liq uzish
zaruriyati tug’ilgan vaqtida, gidravlik to’siqlar sig’im(8)dagi suv bilan to’ldiriladi.