Toshkent kimyo-texnologiya instituti y. Q. Qodirov, A. T. Ruziboyev, A. A. Abdurahimov yog’larni rafinatsiyalash va katalitik modifikasiyalash




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/105
Sana19.12.2023
Hajmi3,92 Mb.
#123471
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   105
Bog'liq
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

Takrorlash uchun savollar 
1. Yog’larni gidrogenlash usullari. 
2. Qizil salomas haqida tushuncha. 
3. Gidrogenlangan yog’larni ko’rsatgichlari. 
4. . Gidrogenlashga bosim va haroratni ta’siri. 
Tayanch so’z va iboralar: suspenziya, uzluksiz, jadal, vodorod parchalari, Norman 
usuli, Vilbushevich usuli, elektrolitik vodorod, singdiruvchanlik, bosim, qisman 
gidrogenlash, regenerasiya, yog’sizlantirish, qaynatish,tozalash, salomas 
 


257 
21§. Yog’larni to’yintirish usuli bilan gidrogenlash 
Gidrogenlash davriy va uzluksiz usullar bilan olib boriladi. Avtoklav orqali 
o’tayotgan vodorod harakatining xarakteri jihatdan quyidagi usullarga bo’linadi: 
-To’yinish usuli - bunda vodorod
reaktor ichida bosim ostida 
sirkulyasiyalanadi va reaktorga vodorod, uning sarfiga qarab beriladi. Bu usul chet 
elda keng qo’llaniladi. 
-Vodorodni tashqi sirkulyasiyalash usuli – bu usulda vodorod reaktorga 
ortiqcha miqdorda beriladi va avtoklavdan chiqarilib turiladi. Keyin, tozalangandan 
so’ng jarayonga qaytariladi. Bu usul MDHda keng qo’llaniladi. 
-Oquvchi (struyevoy) usul – turg’un katalizator reaktorga joylashtiriladi. 
Yog’ning vodorod bilan aralashishi katalizator qatlami orqali o’tadi. 
To’yinish usuli bilan yog’larni gidrogenlash usuli vodorod sarfining kamligi, 
texnologik tizimning soddaligi, jarayonni boshqarishning osonligi, katta miqdordagi 
xom ashyoni talab etmasligi va mahsulot turini o’zgarishiga moslashuvchanligi bilan 
ajralib turadi. Shu sabali bugungi kunda xorijda hamda respublikamizda 
gidrogenlashning asosan ushbu usulidan keng foydalanilmoqda. 
To’yintirish usuli bilan ishlaydigan reaktorlarda gidrogenlash. Davriy 
rejimda ishlaydigan avtoklav (reaktor)da to’yintirish usuli bilan gidrogenlashning 
istiqbolli sxemasi (21.1-rasm) ko’rsatilgan. 
Sexga kirayotgan moy dastlab 1-bakda yig’iladi. So’ng 2-nasos orqali 3-
isitgichda isitilib, 4-bakga uzatiladi. 4-bakning ishchi hajmi 10 t bo’lib, undagi moy 
vodorod bosimi yordamida 5-avtoklavga uzatiladi. Avtoklavlardagi moy 
zmeyeviklarga berilayotgan suv bug’i orqali qizdiriladi. Avtoklavdagi harorat 115-
120
0
С ga yetganda 12-aralashtirgichdagi katalizator beriladi.
So’ng aralashtirgan holatda, harorat 130
0
Сga yetguncha qizdirilib, vodorod 
berila boshlanadi. Harorat 180
0
Сga yetganda zmeyevikka berilayotgan suv bug’i 
to’xtatiladi va avtoklav ichidagi harorat ekzotermik reaksiya issiqligi hisobiga 
200
0
Cga yetguncha aralashtirib turiladi. Kerakli ko’rsatkichlarga ega salomas tayyor 
bo’lgandan so’ng, avtoklav bug’ ko’ylagiga sovuq suv berilib, 100-120
0
Сgacha 


258 
sovutiladi. Sovutilgan salomas vodorod bosimi ostida 6-aralashtirgich-tindirgichga 
uzatiladi. U yerda salomasga oqlovchi tuproq qo’shib aralashtiriladi. Aralashtirish 
jarayonida salomas biroz soviydi. So’ng aralashma 7-nasos orqali 8-filtrlarga berilib, 
filtrlanadi. Filtrlangan salomas 9-bakka yig’iladi. U yerdan 14-nasos yordamida bak 
xo’jaligiga yuboriladi. 

Download 3,92 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   105




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent kimyo-texnologiya instituti y. Q. Qodirov, A. T. Ruziboyev, A. A. Abdurahimov yog’larni rafinatsiyalash va katalitik modifikasiyalash

Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish