• Tayanch so’z va iboralar
  •  – rasm. Davriy usulda gidrogenlashning texnologik sxemasi




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet89/105
    Sana19.12.2023
    Hajmi3,92 Mb.
    #123471
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   105
    Bog'liq
    YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

    21.1 – rasm. Davriy usulda gidrogenlashning texnologik sxemasi. 
     
    Agar filtr yangi tozalangan bo’lsa, unga berilgan dastlabki salomas xira chiqadi. 
    Ana shu vaqtda chiqqan dastlabki salomas filtrdan sirkulyatsion 10-bakka beriladi 
    va undan 11-nasos yordamida yana filtrga qaytariladi. 
    Avtoklav ichidagi vodorodning bir qismi 4-bakdagi moyni chiqarish uchun, bir 
    qismi esa 12-aralashtirgichdagi katalizator suspenziyasini chiqarish uchun beriladi. 
    Bak va aralashtirgichdagi vodorodlar 13-moy tutgichlarda moyi tutib qolinib
    atmosferaga chiqarib yuboriladi. 13-moy tutkichga sexdagi maxsus bakdan suv 


    259 
    berilib, vodorodli aralashmaga purkaladi. Hosil bo’lgan suv-moy aralashmasi moy 
    ajratkichga yig’iladi va moy ajratib olinadi.
    Avtoklavlardagi salomas bo’shatilgach, ular moy bilan to’ldirib qo’yiladi. 
    Takrorlash uchun savollar 
    1. To’yintirish usuli bilan ishlovchi avtoklavda gidrogenlash jarayonining 
    sxema va rejimlarini ko’rib chiqing. 
    2. Vodorod harakatiga qarab gidrogenlash usullari qanday bo’ladi? 
    3. To’yintirish usuli bilan gidrogenlashda texnologik parametrlar qanday 
    bo’ladi? 
    Tayanch so’z va iboralar: gidrogenlash usuli, to’yintirish usuli, tashqi sirkulyasiya 
    usuli, yuqori bosim 
     


    260 
    22§. Yog’larni chuqur gidrogenlash 
    Bugungi kunda trans kislota miqdori me’yorlashtirilgan margarin 
    mahsulotlari olish uchun pereeterifikasiyalangan yog’lar keng qo’llanilmoqda. Bu 
    yog’lar asosan chuqur gidrogenlangan steropalmitin asosida olinadi. Steropalmitin 
    paxta palmitini yoki palma yog’nini chuqur gidrogenlash yo’li bilan olinadi. Biroq 
    yog’ va moylarni chuqur gidrogenlash ancha murakkab kechadigan jarayon 
    hisoblanib, bunda katalizator sarfi yuqori va jarayon davomiyligi uzoq bo’ladi. Bu 
    esa salomas tannarxini oshishiga olib keladi. Shu sababli paxta palmitinini chuqur 
    gidrogenlash jarayonini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot ishlarini olib borish 
    dolzarb sanaladi. 
    Har xil o’simlik moylari, texnik hayvon yog’lari va distillangan yog’ 
    kislotalarini gidrogenlash orqali texnik salomaslarni bir necha markalarini olish 
    mumkin. 
    Ularni ishlab chiqarishda fizik-kimyoviy ko’rsatkichlariga va qo’llanilishiga 
    qarab kerakli xomashyolar ishlatiladi. 
    1-atir sovun uchun, o’simlik moyi, hayvon yog’i, soapstokning distillangan 
    yog’ kislotalaridan olingan salomas. 
    2-xo’jalik sovuni uchun, o’simlik moyi va texnik hayvon yog’idan olingan 
    salomas. 
    3,4 va 5 - stearin uchun, o’simlik moyi, texnik hayvon yog’i, hamda oziqaviy 
    mol yog’laridan olingan salomas. 
    3.18-jadvalda texnik salomaslarning ko’rsatkichlari keltirilgan. 

    Download 3,92 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   105




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     – rasm. Davriy usulda gidrogenlashning texnologik sxemasi

    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish