• Agentlik harakat (ish)lari
  • Kommivoyajer
  • Sotuvchi vakolatxona
  • Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing




    Download 2,06 Mb.
    bet136/202
    Sana19.12.2023
    Hajmi2,06 Mb.
    #123817
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   202
    Bog'liq
    marketing

    Sotuv bo‘limi – firmaning o‘z mahsulotlarini vositachilar va savdo korxonalari orqali sotilishini tashkil qilish bilan shug‘ullanadi.
    Korxona rahbariyatiyirik sotuv jarayonlarida, masalan, investision tarmoqlarga tovar, xomashyo, ayrim texnik vositalar kabilar- ni sotishda ishtirok etadi. Kerak bo‘lganda kommivoyajerlar faolyatini qo‘llab-quvvatlaydi, ishbilarmonlik aloqalari katta ahamiyatga ega.
    Konsignator – eksportyordan o‘z omboriga tovar konsignatsiya shartnomasida belgilangan muayyan shartlarda sotadi. Shartnomada jo‘natilgan tovar nomi, narxi, sotish muddati va boshqalar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Konsignator tashqi savdo ishlaridagi komissionerlarning ko‘rinishlaridan biri, lekin u tovarlar savdosini konsignat belgilagan narxlarda, uning hisobiga, ammo o‘z nomidan olib boradi.
    Agentlik harakat (ish)lari prinsipial, deb ataladigan bir savdo va tijorat tomonning agenti topshirig‘idan iborat.
    Sanoat agentlari muayyan joylarda o‘zaro raqobatda bo‘lmagan bir qancha sanoat tovarlarini sotish bilan shug‘ullanadilar. Aksariyat hollarda savdo agentlari kommivoyajerlar, deb yuritiladi.
    Kommivoyajer – korxona xizmatchisi bo‘lib, u mijozlarni qidirish, ularga tovarni tanishtirish, ularning talabini shakllantirish bo‘yicha ish olib boradi. Kommivoyajerlar faoliyati, vakolatlari firma rahbariyati tomonidan tartibga solib turiladi. U firmadan uzoq hududda tovarni sotish, mijozlarni topish bilan shug‘ullanadi. Ya’ni uni fransuz tilida “sayohatchi sotuvchi”, deb ham atashadi. Kommivoyajer - savdo firmasining namunalarini sotuvchi sayyor agenti.
    Kommivoyajer – ulgurji savdo qiluvchi tovarni nafaqat sotadi, shuningdek, sotilgan tovarni xaridorga yetkazib ham beradi.
    Sotuvchi vakolatxona – bu tashkilotlar mustaqil yuridik shaxslar bo‘lib, bir necha firmalar bilan shartnoma tuzib ishlaydi. Bunday vakolatxonalar mustaqil faoliyat olib boradi, iste’molchilardan buyurt- malar oladi, texnologik majmualarni shakllantiradi, ta’minotchi shaklida ish olib boradi, ko‘rgazmalar tashkil etib, ishlab chiqaruvchi firma mahsulotlariga ulgurji xaridorlarni jalb etadi.

    Download 2,06 Mb.
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   202




    Download 2,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing

    Download 2,06 Mb.