|
Tovarni jadal taqsimlash quyidagicha amalga oshiriladi
|
bet | 183/202 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 2,06 Mb. | | #123817 |
Bog'liq marketingTovarni jadal taqsimlash quyidagicha amalga oshiriladi:
Ixtisoslashgan do‘konlar tarmoqlariga yetkazib berish yo‘li bilan.
Ommaga mo‘ljallangan ko‘p sonli savdo do‘konlari orqali.
Tovarni bevosita iste’molchiga yetkazib berish yo‘li bilan.
Vositachilar orqali.
Alohida shaxslar marketingi (ingl. Celebrity marketing) — konkret shaxslarga nisbatan pozitsiya va xulq-avtorni yaratish, saqlab turish yoki o‘zgartirish uchun kompaniya tomonidan amalga oshiriladigan marketing sa’y-harakatlari. Qoida tariqasida, bunday odamlar mashhur kishilar, siyosiy liderlar, taniqli jamoat arboblaridan iborat.
Ansoff matritsasi — marketing strategiyalari va kompaniyaning umumiy tijorat strategiyalari o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rganishda foydalaniladigan format — to‘rtta yacheykadan iborat bo‘lib, bozor shaffofligi, bozor rivojlanishi, mahsulot rivojlanishi va diversifikatsiya aks etstiriladi.
Benchmarking — oddiy faoliyatning barcha turlarini baholash, o‘lchash va tizimlashtirishda qiyosan olinuvchi samaradorlik, sifat yoki afzallik standartlari. Masalan, ko‘pchilik tashkilotlar uchun bench- marking mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish strategiyasining hal qiluvchi konsepsiyalaridan biridir. Mijozlar bilan o‘zaro munosabat- larni boshqarish umumiy ko‘rinishda marketing reklama kampaniyalarini o‘tkazish, sotuv va xizmat ko‘rsatish funksiyalari, shuningdek, benchmarkingni tatbiq etishga yordam beruvchi texnologiyani o‘z ichiga oladi.
Bozor - ma’lum bir tovar yoki xizmat sotuvchi (yetkazib beruvchi) va xaridorni (talab egasi) bir joyda kesishtiruvchi institut yoki mexanizm.
Bozorda brend ulushi (ingl. brand - share) — muayyan davrda muayyan bozorda ma’lum bir mahsulot foizlarda qanday ulushni egallab to‘rganini namoyon etuvchi.
Bozorni segmentlash strategiyasi — bozor segmentlari (iste’molchilar guruhlari) sohasida qaror qabul qilish, marketing rejasini va uning alohida metodlarini ishlab chiqish, tovarlarning raqobatbardoshligini oshirishga mo‘ljallangan marketing faoliyati natijalarini ifodalovchi termin.
|
| |