• Distribyutor
  • Differensial narx tayinlash
  • Elektron marketing
  • Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing




    Download 2,06 Mb.
    bet186/202
    Sana19.12.2023
    Hajmi2,06 Mb.
    #123817
    1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   202
    Bog'liq
    marketing

    Direkt-marketing — yaqin istiqbolda reklama faoliyatining bar- cha boshqa turlarini surib chiqarishi va marketing kommunikatsiyalari sohasida yetakchiga aylanishi bashorat qilinayotgan konsepsiya. Jahon bozorida direkt-marketing ommaviy axborot vositalaridagi reklamaga qaraganda o‘n baravar samaraliroq, reklama agentliklari u bilan taqqos- laganda ikki baravar foydaliroq rivojlanadi.
    Direkt-marketing mohiyati reklama agentliklari vositachiligida uzoq muddatli o‘zaro foydali aloqalarni, shuningdek, ishlab chiqaruvchi va shaxsan tanish iste’molchilar o‘rtasida rivojlanib boruvchi hamkorlikni o‘rnatishdan iborat bo‘ladi.
    Distribyutor — yirik ishlab chiqarish korxonalaridan ulgurji savdo asosida olinadigan mahsulotlarni sotishni amalga oshiruvchi firma. Distribyutor odatda, o‘z omborlariga ega bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar bilan uzoq muddatli shartnomaviy munosabatlarga kirishadi va bozorda ishlab chiqaruvchi korxonalar manfaatlarini ifodalaydi.
    Differensial narx tayinlash (ingl. differential pricing) — narx belgilash uslubi bo‘lib, unga ko‘ra bitta va aynan shu mahsulot iste’molchilar turli guruhlariga har xil narxlarda sotiladi.
    Duopoliya (ingl. duopology) — 1) faqatgina ikkita sotuvchi mavjud bo‘lgan bozor. 2) birja savdolarida ko‘p sonli xaridorlarga bir xildagi tovarni taklif etayotgan ikki sotuvchi hukmronlik qiladigan vaziyat. Ular o‘zaro bir-biri bilan raqobatlashishi yoki takliflar hajmi, sotuvlar muddati va narxlarga nisbatan sinxron — uyg‘un tarzda ish ko‘rishi ham mumkin; 3) o‘zaro shartlashib kelishish asosida yuqori sotuv narxlarini saqlab turuvchi va bir-biri bilan o‘zaro narxdan tashqari raqobat olib boruvchi ikki sotuvchining oligopoliyasi; mahsulotga xarajatlar taxminan teng bo‘lgan sharoitda yuqori narxni hamjihatlik bilan saqlab turish foydaliroq.
    Elektron marketing (ingl. electronic marketing; e-marketing) — iste’- mol bozorini aniqlash va belgilash elektron vositalaridan foydalaniladigan hosilaviy marketing.
    Firma - bu korxonadan farqli o‘laroq, ishlab chiqarish sohalarida turli – tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi. Masalan, sanoat kor- xonasi, davolash muassasasi, qurilish tresti va vositachilik uchun savdo, sayyohlik va boshqa tashkilotlarga nisbatan qo‘llash mumkin.

    Download 2,06 Mb.
    1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   202




    Download 2,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing

    Download 2,06 Mb.