• Strategik rejalashtirish jarayoni
  • Korxona va marketing strategiyasi darajasidagi rejalashtirish jarayoni
  • Korxona (firma)ning marketing faoliyati jarayoni
  • Korxonaning ishlab chiqarish va bozor imkoniyatlarini baholash
  • Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari




    Download 2,06 Mb.
    bet66/202
    Sana19.12.2023
    Hajmi2,06 Mb.
    #123817
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   202
    Bog'liq
    marketing

    Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari




    Strategik rejalashtirish bu korxonaga foyda keltiradigan marketing strategiyalarini ishlab chiqish va rivojlantirishdir.
    Marketing menejerlari yangi imkoniyatlarni izlashi lozim. Marketing menejerlari ma’lum bir rejalarni tuzish bilan qoniqmasligi kerak. Chunki bozor juda tez o‘zgarib turadi (xaridor istaklari, raqobot- chilar va muhit).
    Firmaning yaqin kelajakdagi muvaffaqiyatini avvalo, uning joriy faoliyatidagi turli yo‘nalishlarning moliyaviy jihatdan qay darajada
    muvofiqlashtirilganligi belgilaydi. Uning uzoq kelajakdagi rivojlanishi va taraqqiy etishi esa bozordagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida oldindan ko‘ra bilish hamda o‘z tuzilmasi va tovar portfelining tarkibini tegishli ravishda bunga moslashtira olish qobiliyatiga bog`liq bo‘ladi.
    Strategik rejalashtirishning maqsadi – firmaning uzoq muddatli taraqqiyotini ta’minlash maqsadida tanlagan strategiyasini aniq va izchil tavsiflab berishdir. Bu tanlov asta-sekin qarorlar va harakat dasturlariga aylanishi kerak. Strategik marketing rejasi moliyaviy rejadir, biroq u moliyaviy oqimlarning manbalari va maqsadlari haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan bo‘ladi. Amalda u firmaning jami iqtisodiy faoliyatini belgilab beradi va uning qolgan barcha funksiyalariga: ITTKI bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Marketingni strategik rejalashtirish jarayoni 6.1-rasmda keltirilgan.



    Korxonaning vazifalarini aniqlash

    Strategik xo‘jalik bo’limlarini vujudga keltirish



    Marketing maqsadlarini belgilash




    Holat tahlili





    Natijalarni kutish


    6.1-rasm. Strategik rejalashtirish jarayoni

    Strategik marketingning vazifasi firmaning barcha faoliyat turlarini uning taraqqiyoti va rentabelligini ta’minlaydigan yo‘nalishlarga har doim yo‘naltirish va qayta yo‘naltirib turishdan iborat. Uning impulslari faqat marketingga emas, balki barcha funksiyalarga ta’sir ko‘rsatadi.


    Shuning uchun uning roli an’anaviy marketing boshqaruvining roliga qaraganda anchagina keng u funksiyalararo muvofiqlashtirishni ham o‘z ichiga oladi.
    Hozirgi davrning asosiy talabi bu ilmiy tadqiqot, tajriba va konstruktorlik ishlarining (ITTKI) firmalar strategiyasida hal etuvchi sohaga aylanishi bilan belgilanadi.
    Har qanday firmaning rahbari, hatto u rejalashtirish g‘oyasiga qarshi bo‘lsa ham hech bo‘lmaganda uch yo‘nalishdagi istiqbollarni belgilab olishga majbur:

    • bozor evolutsiyasiga tegishlicha moslashish yoki yangi tovar bozorlariga kirib borish uchun kerak bo‘lgan investitsiyalar;

    • ko‘zda tutilayotgan buyurtmalar hajmi bilan moslashtirilishi kerak bo‘lgan ishlab chiqarish dasturi, buyurtmalar hajmi o‘z navbatida, talabning mavsumiyligi, tovarlarni ilgari surish va hokazolarga bog‘liq bo‘ladi;

    • moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘lar, ular daromadlar va xarajatlarning mo‘ljallari asosida hisoblanadi.







    6.2-rasm. Korxona va marketing strategiyasi darajasidagi rejalashtirish jarayoni
    Savdo korxonasi va marketing strategiyasi darajasidagi rejalash- tirish jarayoni 6.2-rasmda berilgan.

    Bozorni segmentlash

    Segmentlarni ajratish



    Marketing axboroti

    Marketing muhiti











    Marketing tizimini to‘ldiradigan majmua










    Marketing majmuyini ishlab chiqish

    Marketing axboroti tizimi

    Rejalashtirish tizimi

    Marketing nazorati tizimi

    Tashkiliy tuzulishi



    Narxni shakllantirish




    Taqsimot tizimi




    Kommunikatsion siljitish




    6.3-rasm. Korxona (firma)ning marketing faoliyati jarayoni

    Strategik rejalashtirish jarayonida raqobatdoshlik tahlili, firmaning kuchli va kuchsiz tomonlari, firma uchun bozor mavqeyi tahlili, obro‘li raqobatchilar tahlili, sotish tizimiga yorib kirish tahlili, shuningdek kommunikatsiya dasturi tahlil qilinadi. Agar firma maqsadi tovarni ishlab chiqarishni kengaytirish strategiyasiga mos kelsa, unda keyingi strategik yo‘llar bo‘lishi mumkin: segmentlar uchun yangi tovarlarni yaratish, jami bozorlarni qamrab olish uchun markalar sonini uzluksiz o‘stirish, qo‘shimcha tovarlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini egallash va h.k.



    Korxona- ning imkoni- yatlarini o‘rganish


    6.4-rasm. Korxonaning ishlab chiqarish va bozor imkoniyatlarini baholash
    Agar firmaning maqsadi bozorni strategik rivojlanishini amalga oshira borib sotish hajmini o‘stirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, quyidagi strategik yo‘llarni ko‘rib o‘tishi mumkin: sotish joylarini kengaytirish, potensial mijozlar sonini o‘stirib sotish, intensivligini oshirish.



      1. Download 2,06 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   202




    Download 2,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari

    Download 2,06 Mb.