taftish komissiyasi va ichki auditoming vazifalari bir-birini birmuncha
takrorlagani bilan ulaming mavqei va vakolatlari keskin farqlanadi.
Jamiyat taftish komissiyasi faoliyatining tartibi aksiyadorlar
umumiy yig'ilishi tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilab
qo‘yiladi.
Jamiyataing moliya-xo'jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish)
bir yillik yoki boshqa davr ichidagi faoliyat yakunlari bo'yicha taftish
komissiyasining
tashabbusiga
binoan,
aksiyadorlar
umumiy
yig'ilishining, kuzatuv kengashining qaroriga yoki jamiyat ovoz
beruvchi aksiyalarining hammasi bo'lib kamida o'n foiziga egalik
qiluvchi aksiyadoming (aksiyadorlaming) talabiga binoan amalga
oshiriladi.
Jamiyat taftish komissiyasining
talabiga binoan jamiyatning
boshqamv organlaridagi mansabdor shaxslar moliya-xo‘jalik faoliyati
to'g'risidagi hujjatlami taftish komissisiga taqdim etishlari shart.
Jamiyatning taftish komissiyasi Qonunning 72-moddasiga muvofiq
aksiyadorlaming navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi chaqirilishini
talab qilishga haqli.
Jamiyat taftish komissiyasining a’zolari bir vaqtning o'zida jamiyat
kuzatuv kengashining a ’zosi bo'lishlari, shuningdek jamiyatning
boshqamv organlarida boshqa lavozimlami egallashlari mumkin emas.
Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolariga
yoki boshqamv organlaridagi
mansabdor shaxslarga qarashli aksiyalar jamiyat taftish komissiyasi
a’zolarini saylash chog'ida ovoz berishda ishtirok etishi mumkin emas.
Tashqi (xolis) auditoriik tashkiloti jam iyat bilan tuzilgan
shartnomaga
muvofiq
qonun
hujjatlarida
belgilangan
tartibda
jamiyatning moliya-xo'jalik faoliyatini tekshiradi va unga auditoriik
xulosasi taqdim etadi.
Xolis auditoriik tashkiloti jamiyatning
moliyaviy hisoboti va
moliyaga doir boshqa axborotlar haqida noto'g'ri yakun bayon etilgan
auditoriik xulosasi tuzganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun jamiyat
oldida javobgar bo'ladi.
Jamiyatning moliya-xo'jaJik faoliyatini tekshirish yakunlariga
ko'ra taftish komissiyasi xulosa tayyorlaydi, bu xulosada:
- hisobotlarda va jamiyatning boshqa
moliya hujjatlarida aks
ettirilgan ma’lumotlar qay darajada to'g'riligiga baho beriladi;
- buxgalteriya hisobini yuritish va moliya hisobotini taqdim etish
tartibi, shuningdek moliya-xo'jalik faoliyatini amalga oshirish chog'ida
qonun hujjatlari buzilganligi to'g'risida axborot beriladi.
187
Ichki
auditomi
kuzatuv
kengashi
tomonidan
tanlanib,
u
aksiyadorlam ing umumiy yig'ilishi tomonidan tasdiqlanishi mumkin,
jam iyat Ustavi va tegishli N izom ga asosan ish yuritadi.
Ichki auditor taftish komissiyasidan bo'lak (alohida) organ bo'lib
kuzatuv kengashi tarkibida joriy ichki audit vazifasini mehnat
shartnomasiga asosan bajaradi.
Uning
vazifalari
kuzatuv
kengashi
vakolatlari
doirasida
belgilanadi. Unga toManadigan mehnat haqi
kuzatuv kengashi smetasi
doirasida (ichida) bo'ladi.
AJlarida ichki baholovchi va moliya injiniringi institutlari yo'q.
Yuqorida aytilganlaming barchasi ushbu kitobning 5.2 paragrafida
keltirilgan korporativ boshqam v sivosatini yuritishning tuzilmaviy-
funksional modelini (5.2.1-rasm) maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi.