Qonun yakka ijro etuvchi organ (direktor) yoki (bir vaqtning
o‘zida) yakka ijro etuvchi organ bilan kollegial ijro etuvchi organ
(boshqaruv, direksiya) mavjud boMishini nazarda tutadi. Ikkinchi
vakolatda yakka ijro etuvchi organ (direktor) funksiyalarini bajaruvchi
shaxs kollegial ijro etuvchi organ (boshqaruv, direksiya) raisi
funksiyalarini ham amalga oshiradi. Kollegial ijro etuvchi organ mavjud
boMganida, uning vakolatlari doirasiga AJ kundalik faoliyatiga rahbarlik
qilishning eng murakkab masalalarini hal etish kiritiladi. Bunday
masalalar ro'yxatini har qaysi AJ o‘zi mustaqil belgilaydi, chunki bu
masalalar qonun hujjatlarida tartibga solinmagan.
0 ‘zbekistondagi bir qator AJlar (shu jumladan, xolding tizimlarini
kompaniyalari boMgan AJlar) ustavlarini oMganish deyarli hamma yerda
kollegial ijro etuvchi organ (boshqaruv) tashkil etish nazarda
tutilganligini koMsatdi. AJlar ustavi va ichki hujjatlarida boshqaruv
raisining vakolatlari yoritib berilgan boMib, ular batamom yoki deyarli
batamom yakka ijro etuvchi organning Vazirlar Mahkamasi 1998-yil 22-
avgustdagi 361-sonli qaror bilan tasdiqlagan Namunaviy nizomda va
Vazirlar Mahkamasi 2003-yil
19-aprelda 189-sonli qaror bilan
tasdiqlagan ijro etuvchi organ raxbarini yollash to'g'risidagi Namunaviy
mexnat shartnomasida bayon etilgan huquq va majburiyatlarini
takrorlaydi. Ushbu huquq va majburiyatlar AJ nomidan ishonchnomasiz
ish olib borish, boshqa tashkilotlar va organlar bilan munosabatlarda
uning manfaatlarini ifoda etish huquqi; AJ aksiyadorlari umumiy
yigMlishi va kuzatuv kengashining qarorlarini ijro etish; AJ rivojlantirish
dasturlari va biznes-rejalarini ishlab chiqishga, ulaming ijrosini tashkil
etish va nazorat qilishga rahbarlik qilish; mehnat va texnologiya
intizomini saqlashdan, shuningdek, bir qancha boshqa huquq va
majburiyatlardan iborat.
Lekin ko‘rsatib oMilgan Namunaviy nizomda ham, AJlaming ichki
hujjatlarida ham boshqamvning yagona, kollegial boshqamv organi
sifatidagi vakolatlari belgilab qo'yilmagan. Buning ustiga-ustak ushbu
nizomning 4.2-bandida
ijro etuvchi organ rahbari AJ faoliyatining