VII. Komissiya qarori ustidan shikoyat qilish
Komissiyaning qarori ustidan manfaatdor xodim yoki ish beruvchi komissiya qarorining nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga shikoyat qilishi mumkin.
Mazkur muddat uzrli sabablarga binoan o‘tkazib yuborilgan taqdirda, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash va nizoni mohiyati bo‘yicha ko‘rib chiqishni so‘rab sudga da’vo arizasi kiritish mumkin.
III. Kasaba uyushmasining komissiya faoliyatiga
ko‘maklashish borasidagi vazifalari
Kasaba uyushmasi a’zosi nizo yuzasidan Muassasaning boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasiga murojaat etgan taqdirda, kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodimga ish beruvchi bilan munosabatlarida ko‘maklashishi, jumladan, nizoni hal etishda ishtirok etishi, xodimga uning huquqlari, buzilgan huquqlarini tiklash tartibi va usullarini tushuntirishi, komissiyaga murojaat etish bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirishga ko‘maklashishi lozim.
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan vakolat berilgan, komissiya a’zosi hisoblanmagan shaxs nizoni ko‘rib chiqish jarayonida xodim manfaatini ko‘zlab ishtirok etishi mumkin.
Shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolari mehnat nizosini ko‘rib chiqish jarayoniga guvoh yoki mutaxassis sifatida jalb etilishi mumkin.
Nizolarni hal etish jarayonida xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish maqsadida kasaba uyushmasi:
komissiya faoliyatini yo‘lga qo‘yishda tashabbus ko‘rsatib, doimiy ko‘maklashib boradi;
Muassasada komissiya faoliyatini tartibga solishga qaratilgan Nizom qabul qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Muassasada xodimlarning bir nechta vakillik organi faoliyat yuritgan hollarda, o‘z a’zolari nomzodini komissiya tarkibiga tavsiya etib, mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanishiga erishadi;
ish beruvchi bilan nizolarni hal etish yuzasidan bevosita muzokaralar jarayonida xodimlar vakili sifatida ishtirok etadi;
kasaba uyushmasi a’zosiga komissiya yoki sudga ariza kiritish, shuningdek, nizoni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq boshqa materiallarni tayyorlashda ko‘maklashadi;
komissiya faoliyatida o‘z vakillari – komissiya a’zolari orqali ishtirok etadi;
komissiya qarorlarini ijro etishda ko‘maklashadi;
komissiya a’zolari va xodimlarning mehnat qonunchiligi bo‘yicha bilimlarini oshirish yuzasidan o‘qishlar tashkil etadi;
jamoa shartnomalariga komissiya a’zolari uchun amaldagi qonunchilikda belgilanganiga nisbatan qo‘shimcha kafolatlar kiritilishida tegishli chora-tadbirlarni ko‘radi.
|