|
II. Mukofotlar turlari va miqdorlari
|
bet | 28/32 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 1,08 Mb. | | #131073 |
Bog'liq tatu farғona filialining 2022 2024 jillar uchun yangi zhamoa shartnomasi (1)II. Mukofotlar turlari va miqdorlari
Ushbu Nizomda joriy (oylik ustama haq to‘lash) va bir marotaba to‘lanadigan mukofotlar nazarda tutilgan.
Ustama haq professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlarning bajarayotgan ishidan kelib chiqib, professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlarga ustama haq belgilash, qayta ko‘rib chiqish, bekor qilish bo‘yicha tuzilgan doimiy komissiya taklifi asosida ish beruvchi tomonidan qoida tariqasida oylik ish haqining 50 foizidan oshmagan miqdorda budjet mablag‘laridan va budjetdan tashqari (o‘z) mablag‘lari hisobidan moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqib belgilanadi. Doimiy komissiya tarkibi filial direktori buyurug‘i bilan tasdiqlanadi.
Ustama haq miqdorini belgilashda quyidagilar asosiy mezon deb olinadi:
- ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishdagi salmoqli yutuqlar, ularni jahon ta’lim standartlari asosida yangilab borish, fan taraqqiyoti sohasida erishgan yutuqlar;
- o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar sifati va samaradorligini ta’minlovchi yuqori pedagogik mahorati, saviyasi, yangi pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq qilishi, chet tillarida o‘quv mashg‘ulotlari olib bora olishi;
- yangi avlod darsliklari va uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish va chop ettirish;
- targ‘ibot-tashviqot ishlardagi faolligi;
- o‘quv intizomini yaxshilashda va davomat ko‘rsatkichlarini ko‘tarishda qo‘shgan hissasi;
- yangi me’yoriy-huquqiy xujjatlar loyihalarini tayyorlash va muhokama qilishdagi faol ishtiroki;
- ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan maqolalar va monografiyalar chop ettirish; rivojlangan mamlakatlarda ilmiy maqolalar chop etish
- turli ko‘rik-tanlovlar, xalqaro va respublika konferensiyalari hamda fan olimpiadalari, sport musoboqalarida ishtirok etish, ularda filial iqtidorli talabalarining ham ishtirokini ta’minlash;
- O‘zbekiston Respublikasi manfaati yo‘lida o‘tkaziladigan turli miqyosdagi ijtimoiy-siyosiy va ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etish;
- kabinet, laboratoriya, auditoriyalarni zamonaviy o‘quv vositalari bilan jihozlab, budjetdan tashqari mablag‘larni ko‘paytirishga qo‘shgan hissalari;
- yillik xarajatlar smetasi doirasida tejamkorlikni amalga oshirish;
- mehnatdagi yuqori yutuqlar;
- bajarayotgan ishining murakkabligi;
- Talabalar bilan ishlashda oli borayotgan samarali mehnati;
- yuqori kasb mahorati;
- ko‘p yillik uzluksiz mehnatlari va shunga o‘xshash boshqa mezonlar.
Ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning kasb lavozimi, uzoq yillik ish staji va bajaradigan ishining murakkabligi, ma’suliyatliligi va javobgarlik darajasiga qarab filial moliyavi imkoniyatidan kelib chiqib budjetdan tashqari mablag‘larning moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan ularning ish haqiga 50 foizdan ham yuqori miqdorda ustama haq belgilanishi mumkin.
Professor-o‘qituvchi va xodimlarni bir marotaba mukofotlash davlat yoki kasb bayramlari, muhim sana yoki yubileylar hamda ularning alohida ahamiyatga ega yutuqlari munosabatlari bilan amalga oshiriladi.
|
| |