|
Yandex, Yahoo!, NY-Tymes, Google, VKontakte, Craigslist Pdf ko'rish
|
bet | 285/442 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 5,43 Mb. | | #264348 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. Toshkent-2020Yandex, Yahoo!, NY-Tymes, Google, VKontakte, Craigslist
larni
keltirishimiz mumkin.
3.
Infovositachi modeli (
Infomediary Model
) -
bunday biznes-modelni turli xil
formatlardagi ma’lumotlarni, masalan, spravkalar, byulletenlar, yangiliklar,
elektron-analitik hisobotlarni sotish bilan shug’ullanadigan kompaniyalar
ishlatadilar. Undan reklama tarmoqlari (
Advertising Networks
), marketing
agentliklari (
Audience Measurement Services
), metavositachilar (
Metamediary
)
kabilar foydalanadilar. Misol sifatidan
Nielsen
va
DoubleClick
larni
keltirishimiz mumkin.
4.
Sotuvchi modeli (
Merchant Model
) -
bunday modellar turiga barcha sotuv
maydonlarini (
mahsulot va xizmatlar bo’yicha ko’tara va chakana savdo
),
internet-magazinlarni (
Virtual Merchant
), internet-kataloglarni (
Catalog
Merchant
) kiritishimiz mumkin. Misol sifatida quyidagilarni keltirishimiz
mumkin:
Apple iTunes Music Store, OZON.ru, Amazon.com, Lands’ End.
5.
Ishlab chiqaruvchi modeli (
Manufacturer (Direct) Model
) –
bunday modelni
mahsulot va xizmatlar ishlab chiqaruvchilar tanlaydilar. Ular biznesni xaridor
bilan vositachlarsiz aloqaga chiqqan xolda amalga oshiradilar va bu ularga
bahoni pasaytirish va moslashuvchan bo’lishga imkon beradi. Misol sifatida
Dell Computer
va
M.Video
larni keltirishimiz mumkin.
6.
Hamkorlik Modeli (
Affiliate Model
) –
internetda pul ishlashni istaydigan,
ammo o’z biznesini tashkil etish uchun yetarli investitsiyaga yoki mablag’ga
ega bo’lmagan kompaniyalar uchun juda foydali bo’lgan model turi. Bu model
turiga reklama bannerlari bilan savdo almashinuvini (
Banner Exchange
),
saytga kiruvchilarning o’tishlarini sotish (
Pay-Per-Click
) larni kiritish mumkin.
Misol sifatida
|
| |