|
Bog’liqlikni zichligini o’rganish metodlari
|
bet | 108/206 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #129927 |
Bog'liq 4-Statistika-2004-darslik-X.Shodiev-1 9.3 Bog’liqlikni zichligini o’rganish metodlari
Statistikada omil belgi bilan natijaviy belgi o’rtasidagi bog’liqlikning zichligi bir qancha ko’rsatkichlar bilan baholanadi:
G.B.Fexner (1801-1887) koeffitsienti. Bu koeffitsientni (yoki belgilar muofiqligi koeffitsienti deb xam yuritiladi) hisoblash uchun, avvalo omil va natijaviy belgi bo’yicha o’rtacha darajalar aniqlanadi va variantlarni o’rtachadan farqi hisoblab chiqiladi, unday keyin omil belgi bilan natijaviy belgi individual belgilarning o’rtachadan farqini mos kelgan va kelmagan belgilari aniqlanadi va ular o’zaro taqqoslanadi:
F
M H
к M H
Bu erda: M – bir xil ishoradagi (mos kelgan) juft chetlanishlar(x va u ning x va y dan chetlanishi), N-har xil ishoradagi( mos kelmagan) juft chetlanishlar (x va u ning x va y dan chetlanishi)
Fexner koeffitsienti qiymati –1 bilan +1 oralig’ida yotadi va u qanchalik 1 ga yaqin bo’lsa, bog’lanish shunchalik kuchli hisoblanadi. Agarda M > N bo’lsa Fk =0 Sabab mos kelgan belgilar soni mos kelmagan belgilar sonidan ko’p bo’lib, bog’lanishning tug’ri chiziqli ekanidan dalolat beradi va aksincha. Agarda M=N bo’lsa Fk =0 bo’lib, belgilar o’rtasida bog’lanish yo’qligidan dalolat beradi.
ma’lumotlar
-
Do’konlar
|
Tovar oboroti, mln so’m.(x)
|
|
|
| |