• O’stirilmaydigan biologik resurslar
  • Ishlab chiqarilmagan nomoddiy
  • Moliyaviy aktivlar
  • Toshkent moliya instituti statistika




    Download 1,13 Mb.
    bet142/206
    Sana04.01.2024
    Hajmi1,13 Mb.
    #129927
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   206
    Bog'liq
    4-Statistika-2004-darslik-X.Shodiev-1

    Ishlab chiqarilmagan nomoliyaviy aktivlar ishlab chiqarish natijasi hisoblanmaydi va ular moddiy hamda nomoddiy guruhlarga bo’linadi.
    Ishlab chiqarilmagan moddiy aktivlar er, er osti boyliklari, biologik va suv resurslaridir. Tabiiy boyliklarni baholashda ulardan foydalanish uchun va holatini yaxshilash uchun ketgan harajatlar ham ularning qiymatiga qo’shilishi kerak. Erning tuproq tarkibi holatini yaxshilash uchun yo’naltirilgan xarajatlar ham erning bahosiga kiritiladi.
    Iqtisodiy samara beruvchi va ishlatish uchun yaroqli bo’lgan qazilma boyliklarining aniqlangan zaxiralari, shuningdek, ishlab chiqarilmagan moddiy aktivlar toifasiga kiradi.
    O’stirilmaydigan biologik resurslar tarkibiga hosildor o’simliklar, chorva kabi xo’jalik sub’ektlari tomonidan hisobga olinmaydigan, biroq iqtisodiy faoliyat uchun foydalanadigan (o’rmonlar, baliq kabi maxsus etishtirilmagan) boyliklar kiritiladi. O’stirilmaydigan biologik resurslar milliy boylikning foydalanish huquqi berilgan sub’ekt qismida aks etadi.
    Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika komissiyasining tavsiyasiga binoan er usti suvlari er boyligi tarkibiga kiradi, suv resurslariga esa faqat er osti suvlari kiritilishi mumkin.
    Ishlab chiqarilmagan nomoddiy aktivlar ishlab chiqarishdan tashqari jarayonda vujudga keladi va ulardan foydalanish huquqi mos ravishda yuridik yoki hisob harakatlari orqali amalga oshiriladi. Ular jumlasiga foydalanuvchiga faoliyatning ma’lum turi bo’yicha shug’ullanishga ruxsat beruvchi va boshqa sub’ektlar uchun mazkur faoliyatni ta’qiqlovchi hujjatlar kiradi. Aktivlarning yuqorida ko’rsatilgan guruhi patentlar, mualliflik huquqi, ijara shartnomlari va boshqa shartnomalarni o’z ichiga oladi.
    Moliyaviy aktivlarning xarakterli tomoni shunda namoyon bo’ladi-ki, ularning ko’p qismi moliyaviy majburiyatlarga teskari ta’sir etadi. Moliyaviy majburiyat bir tashkilot ikkinchi tashkilotga moliyaviy resurslarini taqdim etganda sodir bo’ladi. Bu holatda kreditor mablag’lari uning moliyaviy aktivi hisoblanadi, chunki qarzdor tashkilot uning mablag’laridan foydalanganligi uchun to’lov to’laydi. Qarzdor tashkilot uchun olingan moliyaviy mablag’lar majburiyatdir.

    Download 1,13 Mb.
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   206




    Download 1,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent moliya instituti statistika

    Download 1,13 Mb.