Ma’lumki, Jahon bankining eksperimental hisoblashlarida (1994 yil ma’lumotlari asosida 1997 yilda 92 mamlakat bo’yicha) va milliy boylikning hajmini hisoblashning yangi bosqichi deb ataluvchi qarashlarida (1997 yil ma’lumotlari asosida 2000 yilda 110 mamlakat bo’yicha) milliy boylikning asosiy elementlaridan biri – Qayta tiklanadigan kapital – fizik kapitalning salmog’i 9,0 foizdan (Argentina) 52,0 foizgacha (Tanzaniya) tashkil etadi. Bu kapitalning tarkibi, hajmi, harakati, baholanishi, iste’moli to’g’risidagi ishonchli statistika informatsiyasi jahonning deyarli barcha mamlakatlarning – rasmiy statistikasida mavjuddir. Bu sohada xalqaro hamkorlik mavjuddir, xalqaro milliy standartlar qabul qilingan. Masalan, O’zbekiston Respublikasida “Buxgalteriya hisobining milliy standartlari” (BHMS) qabul qilingan. Shulardan BHMS №05 “Asosiy vositalar”, BHMS №04 “ Moddiy-tovar zaxiralari”, BHMS №07 “Nomoddiy aktivlar” va boshqa BHMS lar qabul qilingan (1998 yilda), ular asosida “Aktivlar va passivlar balansi” ni tuzish uchun zarur bo’lgan ko’rsatkichlarni hisoblashning andoza (standart) lari tartiblashtirilgan. Ammo bu BHMS hamda “Aktivlar va passivlar balansi ” yo’riqnomalari o’rtasida birmuncha farqlar hisoblashdagi xususiyatlar mavjud va shuning uchun bu paragrafda asosan moddiy ishlab chiqarilgan aktivlar hajmini hisoblashdagi xususiyatlar ustida to’xtalmoqchimiz.
12.6-jadval O’zbekiston Respublikasi rasmiy statistikasi har yili “Statistika ishlari rejasi” ga
muvofiq bu sohada quyidagi ishlarni bajaradi
Ishlarning nomi
|
Davri yli gi
|
|
|