|
Toshkent moliya instituti statistika
|
bet | 147/206 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #129927 |
Bog'liq 4-Statistika-2004-darslik-X.Shodiev-1P q p
bunda iP- kapital qo’yilmalarining alohida turlari bo’yicha baho indeksi (individual indeks), q0p0 – kapital qo’yilma turlarining bazis davridagi qiymati.
Davr oxiridagi asosiy kapitalning qoldiq qiymati=Davr boshidagi qoldiq qiymati+davr ichida qilingan yalpi kapital qo’yilmalarning summasi – davr ichida hisoblangan amortizatsiya ajratmalari. Ko’rinib turibdiki, bu hisoblashlarda asosiy kapitalning qoldiq qiymati deflyatlashtirilgan (joriy baholardagi qiymatni bazis baholarida baholash) qiymat olindi. Indeks –deflyator Ip ni hisoblashda:
jihozlar bo’yicha guruhli indeksni hisoblash uchun 500 ga yaqin mashinalar olindi (ular 38 kichik va 9 guruhga birlashtiriladi).
qurilish – montaj ishlari bo’yicha yig’ma indeksni hisoblash birmuncha murakkabdir. Hozirgi kunda AQSh da qurilishning muhim turlari bo’yicha 22 ta mustaqil guruhli yig’ma indekslar hisoblanadi.
Iqtisodiy aktivlar va milliy boylikning muhim elementi bu ishlab chiqarilmagan moddiy aktivlar – tabiiy kapitaldir. Oldinroq ta’kidlaganimizdek, BMT ning ishchi guruhi (Dj.Dikson va K.Xamilton) 1997 yil ma’lumotlari asosida jahonning geografik regionlari va mamlakatlari bo’yicha tabiiy kapitalning hajmi va strukturasini (qishloq xo’jaligi erlari, o’rmonlar va himoyalangan erlar, minerallar va boshqa er osti boyliklari) hisoblab chiqdi. Bu ma’lumotlar 12.8- jadvalda keltirilgan.
12.8-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, tabiiy kapitalning jon boshiga to’g’ri keladigan darajasi bo’yicha yaqin Sharq mamlakatlari (63,041 ming dollar) birinchi, so’ng Shimoliy Amerikada (15,424 ming dollar.), Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyoda esa 9,714 ming dollar to’g’ri keladi. Tabiiy in’omlar statistikada er osti boyliklari, er, o’rmonlar va boshqa turlarga ajratiladi. Er osti boyliklarining mo’l- ko’lligi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi boy mamlakatlar qatoriga kiradi. Respublika Prezidenti I.Karimovning “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida bu haqda batafsil bayon qilingan. Respublika zaminida mashhur ximik Mendeleev D.I. (1834- 1907) ning davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlari topilgan. Agar 1935 yilda O’rta Osiyo Respublikalarining 3,2 foiz zamini geologik jihatdan batafsil o’rganilgan (Sobiq ittifoq bo’yicha 36,3%) bo’lib, unda “A” kategoriya (daraja) da o’rganilgan ko’mir zahirasi 75,5 mln. tonna, S2 kategoriyasi 4597,2 million tonna deb hisoblangan.
|
| |