• FAO ning asosiy kategoriyalari Erdan foydalanishning milliy klassifikatsiyasi
  • 10 yil ichida o’zgarishi, %
  • Jami o’rmon xo’jaligi X 16292
  • Toshkent moliya instituti statistika




    Download 1,13 Mb.
    bet149/206
    Sana04.01.2024
    Hajmi1,13 Mb.
    #129927
    1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   206
    Bog'liq
    4-Statistika-2004-darslik-X.Shodiev-1

    12.10-jadval


    O’zbekistonda erdan foydalanilishi



    FAO ning asosiy kategoriyalari

    Erdan foydalanishning milliy klassifikatsiyasi

    Er maydoni, kv.km.

    Umumiy er maydonid agi hissasi

    10 yil ichida o’zgarishi,
    %




    Ishlov beriladigan













    sug’oriladigan

    33344

    7,50

    -4,4




    ishlov beriladigan,













    sug’orilmaydigan erlar













    partov erlar

    7579

    1,70

    -3,4

    Haydalgan erlar

    xususiy mulkdagi erlar

    692

    0,15

    +37,0




    o’zlashtirish













    jarayonida bo’lgan

    6015

    1,35

    +151,0




    erlar
















    753

    0,17

    -45,0

    Jami

    x

    48383

    10,80

    +2,8

    Doimiyfoydalaniladi gan o’tloqzorlar va yaylovlar



    sug’oriladigan o’tloqzorlar va yaylovlar sug’orilmaydigan
    o’tloqzorlar va yaylovlar

    420
    224611

    0,10
    50,50

    +6,0
    -4,5

    Jami

    X

    225031

    50,60

    -4,5

    Qishloq hujaligiga yaroqli erlar




    273414


    61,50


    -3,3





    sug’oriladigan













    ko’chatzorlar va













    bog’lar

    3610

    0,80

    +16,0

    O’rmonlar

    sug’orilmaydigan
    ko’chatzorlar va













    bog’lar

    135

    0,03

    +19,0




    tabiiy o’rmonlar va













    butazorlar

    12547

    2,80

    -10,7

    Jami o’rmon xo’jaligi



    X



    16292



    3,60



    -5,6

    Baholashda erlarni to’g’ridan-to’g’ri baholash usuli mavjud emasligi uchun shartli baholashdan foydalanilgan. Mustaqillikka erishishimizdan oldin qishloq xo’jaligi erlarini iqtisodiy baholash ishlari, iqtisodiy tahlil, davlat rejalarini (xaridini) joylashtirish, qishloq xo’jaligidan erlarni boshqa sohalarga olib qo’yilishida


    kompensatsiya to’lovlari hajmini belgilashda bajarilgan. Bunda Mikroiqtisodiy yondashuvlar hukm surgan. Rasmiy statistika bu masalalar bilan deyarli shug’ullanmagan. Iqtisodiy fanda esa mavjud er maydonlarini baholashda 3 ta kontseptsiyadan foydalanilgan:

    1. Sarf-xarajat ( erni va boshqa tabiiy reurslarni mehnat sarfining natijasi sifatida baholangan) va renta asosida baholash. Bu usulni S.G.Strumillin asoslagan. Bunda tabiiy resursni o’zlashtirish (masalan qo’riq va bo’z erlarni) harajatlari baholangan. Ammo bu usulda erning unumdorligi va yaxshilash uchun qilingan sarf-xarajatlar e’tibordan chetda qolgan.

    2. Kadastr usuli. Bu usulda yuqori daajada sof daromad beruvchi tabiiy resurs (haydalgan er, boshqa qishloq xo’jaligi erlari, o’rmonlar) 100 ballga baholangan, qolgan er uchastkalari esa sof daromad (1 ga hisobida) darajasiga nisbati orqali undan past ballarda baholangan. Kadastr usuli 1917 yilga qadar va undan so’ng XX asrning 60-70 yillarida, ba’zan, hozirgi kunlarda ham qo’llanilmoqda. Ammo milliy boylik hajmini baholashda bu usul yaroqli emasdir.

    3. Renta usuli – tabiiy resursdan olinadigan daromad darajasi (differentsial rentani hisoblash orqali) bo’yicha baholash.

    Bu usul §arb iqtisodchilarining ishlarida batafsil bayon qilinadi. Unda E.Denisonning monumental tadqiqoti bo’lgan “Issledovanie razlichiy v tempax ekonomicheskogo rosta” asarida ilgari surilgan g’oya – erkin raqobat mavjudligi sharoitida mehnatning so’nggi mahsuloti ish haqi bilan, kapitalniki – foyda va erniki esa – er rentasi bilan o’lchanadi deyilgan. Bu g’oya sobiq ittifoqda mafkura jihatidan qoralanishiga qaramasdan ishlab chiqarish va iqtisodiy rivojlanish omillarini hissasini baholashda qo’llanilgan. Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar statistikasida tabiiy kapital va uning elementlarini baholashda asosan renta usulidan foydalanilmoqda.
    Masalan, foydali qazilmalarni baholashda Jahon Banki ekspertlari barcha kapitallar uchun xizmat qilish yilini 25 yil, foydali qazilmalar – tiklanmaydigan resurs bo’lgani uchun joriy yilning rentasi yoki qazib chiqarish natijalari olinadigan yillik amortizatsiya normasini 4,0 % ga tenglashtirib olganlar. Foydali qazilmalar – tiklanmaydigan resurs bo’lgani uchun yilning rentasi yoki qazib chiqarish natijasida olinadigan iqtisodiy foydasi (foydalanilgan asosiy kapitalning yillik amortizatsiyasi va foydasi summasi chegirib tashlanganidan so’ng) to’g’risidagi ma’lumotlari asosida baholangan.
    Qayta tiklanadigan tabiiy resurslar - o’rmonlarni baholashda: a) agar yillik tayyorlanadigan yog’ochlar hajmi poyadagi yog’ochni qo’shimcha o’sishi darajasidan kam bo’lsa (ya’ni yog’och zaxirasi o’sib borsa), unda joriy (shu vaqtning) renta to’lovlari qiymati e’tiborga olinadi;
    b) Agar yuqoridagi hol bo’lmasa, ya’ni tayyorlanadigan yog’och hajmi poyadagi yog’ochni qo’shimcha o’sishdan ko’p bo’lsa, unda o’rmonning qiymatini baholashda o’rmonlarning xizmat muddati 25 yil qilib olingan holda baholanadi.
    O’rmonlarda yog’och tayyorlashdan tashqari ov, dam olish, turizm va boshqa daromadlar keltirishi ham e’tiborga olingan. Buning uchun o’rmonlarning qariyib 10,0% shunday daromadlar keltirishi mumkin deb faraz qilinadi. Bu daromad,
    rivojlangan mamlakatlarda, o’rtacha 1 ga o’rmonga 145 dollarga, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 112 dollarga teng qilib olingan. Bu hisoblashlarda o’rmonlarni atrof-muhitni yaxshilashda, ayniqsa, kislorod ishlab chiqarish faoliyati e’tiborsiz qoldirilganini ko’pgina iqtisodchilar ta’kidlamoqdalar. Ekin maydonlarini baholashda 2025 yilgacha hosildorlik darajasini hisoblash imkoniyati borligida milliy narxlardagi er rentasi e’tiborga olingan. Buning uchun qishloq xo’jaligining asosiy ekinlari: bug’doy, sholi va makkajo’xorining 1 gektaridan, milliy narxlarda, er rentasi hisoblangan, so’ng bu ko’rsatkich jahon bozori narxlarida qayta baholangan. Boshqa ekinlar bo’yicha ekin maydoni asosiy ekinlarning hosilini 80,0 foizi darajasida baholangan. Yaylovlar ham ekin maydonlaridek renta asosida baholangan. Ammo bunda yaylovlar hisobidan ishlab chiqarilgan go’sht (mol va qo’y), sut va jun qiymati olinadi. Ko’rinib turibdiki, tabiiy resurslarni milliy valyutada va ayniqsa jahon narxlarida qiymatini baholash juda murakkab masaladir.

      1. Download 1,13 Mb.
    1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   206




    Download 1,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent moliya instituti statistika

    Download 1,13 Mb.