|
Toshkent moliya instituti statistika
|
bet | 158/206 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #129927 |
Bog'liq 4-Statistika-2004-darslik-X.Shodiev-1Taqsimlash usulida YaIM quyidagi birlamchi daromadlarni jamlash yordamida aniqlanadi:
YaIM = MH+S+YaF
Bu erda,
MH - yollangan xodimlarning mehnat haqi; S - ishlab chiqarish va importga soliq (ishlab chiqarish va importga berilgan subsidiya soliq summasidan ayirib tashlanadi); YaF - yalpi foyda va yalpi aralash daromadlar.
g’llangan xodimlarning mehnat haqi quyidagi ikki muhim unsurni o’z ichiga oladi: mehnat (ish) haqi; xodimlarning sug’urtasi uchun ajratmalar.
Mehnat haqi barcha ko’rinishdagi haq va to’lovlarni, ya’ni turli qo’shimcha to’lovlar, mukofotlar, pul va natura shaklidagi rag’batlarni o’z ichiga oladi. Bularning hammasi tannarx va korxona foydasi hisobidan beriladi. Mehnat haqi soliq to’lovlarini bajarmasdan oldin hisoblanadi.
Sotsial sug’urta uchun ajratmalar xodimlarning kelajakda nafaqa olish huquqiga ega bo’lishi uchun amalga oshiriladi. Sotsial nafaqalar davlat, sug’urta tashkilotlari, davlat va nodavlat nafaqa fondlari tomonidan beriladi. Bunday nafaqalarni berish zaruriyatini quyidagilar belgilashi mumkin: kasalligi tufayli davolanishga muhtoj bo’lish, bola tug’ilishi, nogiron yoki qarib qolishi; boqimandagilarni ta’minlash zaruriyati; boquvchisini yo’qotganlarni qo’llab- quvvatlash; nafaqaga chiqish, ishsizlik, kasalligi tufayli umuman yoki to’liq ishlay olmaydganlrni qo’llash; ta’lim uchun to’lay olmaydiganlarga madad berish; kam daromadlilarning uy-joy, kommunal xizmat haqlarini to’lay olmaydiganlarni qo’llab- quvvatlash va h.k.
Ishlab chiqarish va importga soliq - bu ishlab chiqarish va tovar (xizmat)lar importi yoki ishlab chiqarish omillaridan foydalanganligi uchun davlat soliq tashkilotlariga qaytarib olmaslik sharti bilan majburiy to’lanadigan to’lovlardir.
Yalpi foyda yalpi aralash daromadlar - bu barcha to’lovlarni, ya’ni yollangan xodimlarning mehnat haqi, ishlab chiqarish va import uchun to’langan soliqni yig’ib tashlangandan keyin QQ ning qismidir.
Yalpi foyda va yalpi aralash daromad quyidagicha hisoblanadi:
makroiqtisodiyot bo’g’inda:
YaF=YaIM-MH-S+SS
bu erda,
SS - ishlab chiqarish va importni qo’llab quvvatlash uchun ajratilgan subsidiya.
tarmoqlar va sektorlar bo’g’inida:
YaF=QQ-MH-QQS-BS+ITS+BSS
bu erda,
QQS - qo’shilgan qiymat solig’idan tashqari mahsulot va import uchun soliq; BS - ishlab chiqarishga solinadigan boshqa soliqlar;
ITS - importdan tashqar mahsulot uchun ajratilgan subsidiya; BSS - ishlab chiqarish uchun ajratilgan turli subsidiyalar.
|
| |