Lekin tanlama to’plam dispersiyasi bosh to’plam dispersiyasiga teng bo’lmaydi, shuning uchun bu formulalar yordamida hisoblangan tanlamaning o’rtacha xatosi taqribiy bo’ladi. Ammo ehtimollar nazariyasida bosh dispersiya tanlama orqali quyilagi nisbatda ifodalanishi isbotlangan:
n w
Bunda n har doim N dan kichik bo’lganligi sababli, qo’shimcha ko’paytuvchi (1- n/N) har doim 1 dan kichik bo’ladi. Bundan takrorlanmaydigan tanlamada o’rtacha xato takrorlanuvchi tanlamaga nisbatan kichik bo’ladi degan xulosa chiqarish mumkin. Bir vaqtning o’zida nisbatan katta bo’lmagan tanlama foizida bu ko’paytuvchi 1 ga yaqin bo’ladi (masalan, 5 foizli tanlamada u 0,95 ga; 2 foizlida – 0,98 ga teng bo’ladi va h.k.) Shuning uchun ba’zan amaliyotda takrorlanmaydigan tanlama o’tkazilganda, yuqoridagi ko’rsatilgan ko’paytuvchini qo’llamasdan tanlamaning o’rtacha xatosini topish formulalari ishlatiladi. Bu bosh to’plam N ning birliklari soni ma’lum yoki cheksiz bo’lganda, shuningdek, N ga nisbatan n juda kichik bo’lgan xolatlarda, ya’ni qo’shimcha kuytuvchining miqdori 1 ga yaqin bo’lib, tanlamaning o’rtacha xatosi miqdoriga ta’sir qilmaganda qo’llaniladi.
Mexanik tanlamada, neytral belgi bo’yicha teng intervallarga (guruhlarga) bo’lingan bosh to’plamdan tanlama to’plamga
birliklar tanlab olinadi, bunda har bir bunday guruhdan tanlamaga faqat bir birlik tanlab olinadi. Doimiy xatoga yo’l qo’ymaslik uchun har bir guruhning o’rtasida joylashgan birlikni tanlab olinishi kerak.
Mexanik tanlamani tashkil qilishda to’plamning birliklari oldindan ma’lum tartibda (masalan, alfavit bo’yicha, joylashish o’ringa ko’ra, qaysidir qursatkichni ko’payib yoki kamayib borishi bo’yicha va h.k.) joylashtiriladi.
Keyin esa birlikning belgilangan birliklari soni ma’lum interval orqali tanlab olinadi. bunda bosh to’plamdagi intervalning o’lchovi tanlama salmog’i miqdorining teskari miqdoriga teng. Masalan, 2 foizli tanlamada har 50-birlik tanlanadi va tekshiriladi (1:0,02) 5 foizli tanlamada har 20-birlik (1:0,05).
Etarli darajadagi katta to’plamda mexanik tanlama natijalarining aniqligi bo’yicha tasodifiy tanlamaga yaqin keladi. Shuning uchun mexanik tanlamaning o’rtacha xatosini aniqlaganda tasodifiy takrorlanmaydigan tanlamaning formulalarini ishlatishadi.
Har xil turdagi to’plamdan birliklarni tanlab olish uchun tipik tanlama deb atalgan usul qo’llaniladi.
Tipik tanlama bosh to’plamning hamma birliklarini sifat jihatdan bir xil, bir turdagi guruhlarga bo’lish mumkin bo’lganda ishlatiladi. Chunki, bu guruhlarga o’rganilayotgan ko’rsaktichlar bog’liq bo’ladi.
Korxonalar tekshirilayotganda
bunday guruhlar, masalan, tarmoqlar va tarmoqchalar, mulkchilik shakllari bo’yicha guruhlar bo’lishi mumkin.
Keyin har bir tirik guruhdan faqat tasodifiy yoki mexanik tanlama bilan tanlama to’plamga birliklarni individual tanlash o’tkaziladi.
Tipik tanlama odatda murakkab statistik to’plamlarni o’rganganda qo’llaniladi.