10
7. O‘lcham qo‘yish buyruqlari paneli - Razmer
8. Muloqotlar oynasi
9. Holatlar qatori
Insert jadvali
AutoCAD dasturining ishchi stoli qanday elementlardan tashkil topgan?
V
(men bilgan)
-
(men bilganga zid)
+
(men uchun yangi)
?
(menga tushunarsiz)
3- mavzu: «Dekart» koordinatalar tizimiga nuqta koordinatalari va kesma
uzunligini kiritish usullari
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Ekranga nuqta koordinatalari va kesma uzunligini
kiritish usullarini talabalarga o‘rgatish.
Vizual ma’ruza materiallar
Nuqta koordinatalarini kiritishning absolyut koordinatalar usuli.
Odatda, grafik axborotlarni tasvirlash uchun chizma qog‘ozida format - qog‘oz bichimi
va unga nisbatan tasvirlar kompanovka qilinadi, ya’ni rejalashtiriladi.
Buning uchun, biror nuqta
yoki to‘g‘ri chiziq tachnch - baza qilib olinadi va unga bog‘langan holda tasvir bajariladi.
Kompyuterda ham shunday tayanch nuqta yoki to‘g‘ri chiziq tanlab olib,
chizmaning qolgan
elementlari unga nisbatan o‘lchamlarga rioya qilgan holda tasvirlanadi. Tasvirlardagi tayanch
Talabalarning e`tiborini jalb etish va bilim darajalarini
aniqlash uchun tezkor savollar
-«Dekart» koordinatalar tizimiga nuqta koordinatalarini kiritishning necha xil
usulini bilasiz?
-kesma uzunligini qanday kiritiladi?
11
elementlarni «Dekart» koordinatalar tizimidagi «Koordinatalar boshi» yoki «Proektsiyalar o‘qi» -
deb qarash mumkin.
Shuning uchun, tayanch elementlarga, ya’ni «Dekart» koordinatalar tizimida
uning boshiga nisbatan nuqtani yoki kesmani koordinatalarini kiritishni bilish zarur bo‘ladi. 3-
mashg‘ulotda nuqta koordinatalari va kesma uzunligini «Dekart» koordinatalar
tizimiga kiritishni
o‘quvchi va talabalarga o‘rgatish mo‘ljallangan.
Tekislikda ikki yoki fazoda uch o‘lchamli tasvirlarni bajarishda turli koordinatalar tizimini
va ulardan foydalanishni bilish zarur bo‘ladi. AutoCAD dasturida quyidagi koordinatalar tizimidan:
dekartik, tsilindrik va sferik koordinatlardan, hamda koordinatalarni kiritishning qutb usullaridan
foydalanish mumkin.
Bu usulda Dekart koordinatalar tekisligida nuqtaning X va U
koordinatalarni klavishalar
yordamida, ular orasiga vergul belgisi qo‘yib kiritiladi. Dekart koordinatalar tizimida nuqtaning
koordinatalari absolyut va nisbiy koordinatalar usulida bevosita kiritiladi.
Absolyut koordinatalar tizimida nuqtaning koordinatalari ekranning chap quyi burchagida
joylashgan, koordinatalar boshidan hisoblanadi. Masalan,
uzunligi 100 mm bo‘lgan gorizontal
kesmani absolyut koordinatalar usulida quyidagi tartibda - algoritmda kiritiladi:
1. Kesma tugmasi yuklanadi, shunda muloqatlar oynasida «Boshlang‘ich nuqtasini kiriting»
so‘rovi paydo bo‘ladi. Bu so‘rovga javoban kesmaning birinchi uchining koordinatalari, masalan,