• ADABIYOTLAR RO‘YXATI
  • Klavdiy Ptolemeyning " Almagest
  • 2. Evropada xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti.
  • - mavzu: Xronologiyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti. Vaqtning dastlabki o‘lchov birliklari




    Download 5.12 Mb.
    bet4/91
    Sana08.04.2023
    Hajmi5.12 Mb.
    #49688
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
    Bog'liq
    erdamchi-tarih-fanlari
    4-AMALIY, 2-лекция (2), 2,3,4,7,5 sinf matematikadan testlar(@Elektron kitoblar N1), Полупроводник lab-praktikum1, 2021 Тулиновская конференция 239-141 бетлар, ВИДЫ И ФОРМЫ ОРГАНИЗАЦИИ ОБРАЗАВАНИЯ, dmografiya, kurs ishi (2), Turizm firmasining sayt tahlili, 4-amaliy mashg’ulot. Mavzu O’qitishning interaktiv strategiyasi, 1.2. C dasturlash tilining asosiy tushunchalari (2), 1-mavzu, nozova ozoda, beyjik01, Individ, shaxs va individuallik
    2 - mavzu: Xronologiyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti. Vaqtning dastlabki o‘lchov birliklari


    REJA.

    1. Xronologiyaning fan sifatidagi o‘rni. Xronologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqalari. Tarixiy va astronomik xronologiyа. Xronologik tadqiqotlarning uslublari. Tarixiy xronologiya va tarix fanlari.Xronologiyaning fan sifatida vujudga kelishi.

    2. Evropada xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti.
    3. O‘rta Osiyo olimlarining xronologiya rivojlanishiga qo‘shgan hissasi
    4. Vaqt sanasi birligi. Vaqt tushunchasi. Hafta, sutka, soat tushunchalari. Dastlabki soatlar.


    ADABIYOTLARRO‘YXATI

    1. Rahmatullayeva O., Salomov J. XronologiY. – T., Fan va texnologiyalar, 2012.

    2. Iofe V.G.,Choriyev Z.U. Xronologiya va metrologiYа. –T.,2003.

    3. Ahrorov N. Qadimgi о‘lchov birliklari. –T.: Qomuslar bosh tahririyati. 1996.

    4. Rahmonqulova Z.XronologiY. -T.:A.Navoiy nomidagi davlat nashriyoti. 2006.

    5. Ahmedov A. Ahmad Al -Farg‘oniy. -T.: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 1998.

    6. Abu Rayhon Beruniy. O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar. -T.:Fan.1968.

    7. MamadazimovM., Ilyosov S. Malikshoh erasi // Fan va turmush. 2004. №4 -5. 43 b.

    8. Mamadazimov M. Ulug‘bek va uning rasadxonasi. -T.: О‘zbekiston. 1994.

    9. MamadazimovM., Ilyosov S. Malikshoh erasi // Fan va turmush. 2004. №4-5. 43 b.

    10. Umar Xayyom. Navro‘znoma.Tarjimon Urfon Otajon. -T.: Mehnat. 1990.

    11. Hakimov M. Turkiston xalqlari qo‘llagan taqvimlar. -T., 1999.

    1. Xronologiyaning fan sifatidagi o‘rni. Xronologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqalari. Tarixiy va astronomik xronologiyа. Xronologik tadqiqotlarning uslublari. Tarixiy xronologiya va tarix fanlari. Xronologiyaning fan sifatida vujudga kelishi.
    Xronologiya – turli xalqlarning turli tarixiy davrlarda vaqtni qanday hisoblashgani, kalendarlari, tarixiy voqealarning sanalarini aniqlaydi. Xronologiya yunoncha sо‘z bо‘lib, “xronos” – vaqt, “logos”- fan, ya’ni vaqtni о‘rganish haqidagi fandir. Xronologiya vaqtni о‘rganadigan fan sifatida XVI asrda vujudga keldi. Xronologiya vaqtni о‘rganish, hisoblash haqidagi fan sifatida ikki qismga bо‘linadi: astronomik (matematik) va tarixiy xronologiYа. Astronomik xronologiya - osmon jismlarining siljishini matematik hisob asosida astronomik davrning vaqtini aniqlaydi.
    Tarixiy xronologiya tarixiy taraqqiyot davomida vaqtni hisoblash tizimini о‘rganadi, ularning о‘zaro bog‘liqligini, vaqtlarni bir hisob tizimidan ikkinchisiga aylantirish uslublarini ishlab chiqadi. Tarixiy xronologiya tarixiy vaqtni hisoblashda amalda foydalanadi va tarixiy manbalardagi sanalarning aniqligini tahlil qiladi.
    Insoniyatning xо‘jalik hayotdagi ehtiyoji vaqtni hisoblash zaruratini yuzaga keltirdi. Qadimda vaqtni hisoblashda tabiatning doimiy takrorlanib turuvchi hodisasi bо‘lgan sutka, kun, tun, oy fazalarining о‘zgarishi, yerning yillik aylanma harakatidan foydalanilgan. Asta-sekin vaqtni aniq hisoblashga bо‘lgan ehtiyoj yuzaga keldi. Buning uchun osmon jismlari harakatini, astronomiyani bilish zarur edi. Bundan tashqari, kun, oy, yillar о‘rtasidagi farqlarni aniqlash zarurati ham tug‘ildi. Buning uchun esa matematik hisob-kitobni puxta bilish lozim edi.
    Xronologiyaga oid bilimlar dastlab Misr, Bobil, Yunoniston va Rimda shakllandi va yunon va rimlik olimlar Erot Kalipp, Gipparx, Varron, Ptolomeylar katta hissa qо‘shganlar. Milodiy II asrda ishlab chiiilgan Gipparx va Ptolomey jadvali Ulu-bek davrigacha eng ishonchli manba bshlib xizmat iilgan.
    Gipparx - (milodgacha 190-125 y) birinchi bо‘lib Oyning о‘lchami va undan yergacha bо‘lgan masofani aniqlagan. U shaxsiy kuzatuvlari natijasida Quyosh yilining uzunligini deyarli aniq hisoblab chiqib, faqatgina 6 daqiqaga xato qilgan. Olim о‘sha davrda 850 ta yulduzlarning joylashish holati katalogini ham tuzgan edi.
    Klavdiy Ptolemeyning "Almagest" asari о‘rta asrlargacha astronomiyaga oid asarlarning sarasi hisoblangan. U sakkiz kitobdan iborat "Geografiya" asarining ham muallifidir. Ptolemey kartografik proyeksiyalar nazariyasini ham yaratgan. Uning “Podshohlarning xronologik jadvali” asari xronologiyaga oid muhim manba hisoblanadi. Gipparx va Klavdiy Ptolemeylarning merosi asosida miloddan avvalgi II asrdaishlab chiqilgan Gipparx-Ptolemey jadvali Ulug‘bek davrigacha eng ishonchli manba bо‘lib xizmat qilgan.
    2. Evropada xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti.

    Download 5.12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




    Download 5.12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - mavzu: Xronologiyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti. Vaqtning dastlabki o‘lchov birliklari

    Download 5.12 Mb.