• Abu Rayhon Beruniy
  • “panji”
  • Umar Xayyomning
  • Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yordamchi tarix fanlari




    Download 5.12 Mb.
    bet6/91
    Sana08.04.2023
    Hajmi5.12 Mb.
    #49688
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
    Bog'liq
    erdamchi-tarih-fanlari
    4-AMALIY, 2-лекция (2), 2,3,4,7,5 sinf matematikadan testlar(@Elektron kitoblar N1), Полупроводник lab-praktikum1, 2021 Тулиновская конференция 239-141 бетлар, ВИДЫ И ФОРМЫ ОРГАНИЗАЦИИ ОБРАЗАВАНИЯ, dmografiya, kurs ishi (2), Turizm firmasining sayt tahlili, 4-amaliy mashg’ulot. Mavzu O’qitishning interaktiv strategiyasi, 1.2. C dasturlash tilining asosiy tushunchalari (2), 1-mavzu, nozova ozoda, beyjik01, Individ, shaxs va individuallik
    Ahmad al-Farg‘oniy ilmi-hay’at (falakiyotshunoslik-astronomiya), riyoziyot (matematika) va jо‘g‘rofiya (geografiya) fanlari bilan shug‘ullanib, qator ilmiy asarlar yozib qoldirdi. Ahmad al-Farg‘oniy halifa al-Ma’mun topshirig‘iga binoan Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va ularni aniqlash, yangi “Zij” yaratish ishlariga rahbarlik qildi. Ahmad al-Farg‘oniyning “Kitob al-harakat as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum” (Samoviy harakatlar va umumiy ilmi kitobi) astronomik asari hisoblanadi. Bu asar “Astronomiya asoslari haqidagi kitob" nomi bilan ma’lum bо‘lib, 1145-1175 yillarda Yevropada lotin tiliga tarjima etilgan. Olim “Alfraganus” nomi bilan G‘arbda shuhrat topadi. Uning asarlaridan asrlar davomida Yevropa universitetlarida asosiy darslik sifatida foydalanilgan. Ahmad al-Farg‘oniyning “Yerdagi ma’lum mamlakatlar va shaharlarning nomlari va har bir iqlimdagi hodisalar haqida” asari ham mashhur. Uning asarlarida yerning yumaloqligi, bir xil osmon yoritqichlarining turli vaqtda kо‘tarilishi, tutilishi va bu tutilishlar har bir joyda turlicha kо‘rinishi yani masofalar о‘zgarishi bilan ularning kо‘rinishi ham о‘zgarishi haqida qimmatli mulohazalar bildirilgan.
    Abu Rayhon Beruniyning “Al osor al-boqiya ani-l-qurun al-holiya" (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” yoki “Xronologiya”), “Qonuni Mas’udiy” asarlarida xronologiya faniga oid kо‘plab ma’lumotlar berilgan. “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” nomli asarda yunon arab, eron, sо‘g‘d, xorazm, kalendarlari hamda asosiy vaqt birliklari, turli vaqt tartiblari xaqida batafsil ma’lumot berilgan. Olim vaqt hisobi hamda kalendarlarning bir-biridan farqlarini yoritgan.
    Abu Rayhon Beruniy Movarounnahr otashparastlari, ya’ni Xorazm va Sо‘g‘d aholisi ishlatadigan oylarni bayon etadi. Movarounnahr kalendaridagi oylarning soni va yilning uzunligiga kо‘ra eronliklar kalendariga о‘xshashi, faqat oylarning boshlanishi orasida farq borligini kо‘rsatib о‘tadi. Olim xorazmliklar kalendaridagi kunlarning nomlarini ham keltirib о‘tadi. Xorazmliklar “isfandorajiy” (о‘n ikkinchi) oyining oxiriga qо‘shiladigan ortiqcha besh kunning birinchisini oyning birinchi kuni nomi bilan atab, qolgan kunlarga ham birin-ketin kelgan kunlarning nomlarini berishlarini aytgan.
    “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asaridan turkiy xalqlarning о‘n ikki hayvon nomi bilan ataluvchi muchal kalendari va ularning nomlari haqida ham ma’lumot bor. Eronliklar kalendaridagi о‘n ikkita oy nomini ham uchratish mumkin. Eronliklar kalendarida har bir oy 30 kundan hisoblanib, qо‘shimcha 5 kun о‘n ikki oy oxiriga qо‘shilgan. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, bu 5kun qadimgi eron tilida “panji”,andargoh” deb atalgan. Keyinchalik bu nom arabchalashib, “andarjoh” deb о‘zgartirilgan. Bu besh kun “о‘g‘irlangan kun”, deb ham atalgan. Eronliklar ularni “obonmoh” bilan “ozarmoh” о‘rtasiga qо‘yib, har bir oy kunlariga berilgan nomlarda boshqa nomlar bilan ataganlar. Eron kalendarida bir yilda uch yuz oltmish besh kun bо‘lgan.Ular chorak kunlar bir oy bо‘lmaguncha hisobga olmaganlar. Bu bir yuz yigirma yilda bir marta bо‘lgan. Shunda ortiqcha oyni yil oylari qatoriga qо‘shganlar va u о‘n uchinchi oy bо‘lgan. О‘sha yilni kabisa yil deb, ortiqcha oy kunlarini boshqa oylar nomlari ataganlar. Abu Rayhon Beruniyning ma’lumot berishicha, ular dastlab haftadan foydalanmaganlar. Olim bu haqida shunday ma’lumot beradi: “Dastlab haftalarni ishlatgan Shom va uning tevaragida yashovchilar bо‘lganlar.
    Beruniy Misr kalendaridagi eski va yangi oy nomlarini yoritadi. Misrliklar qо‘shimcha besh kunni “abag‘amno” (kichik oy), kabisali yilni esa “anqnaqt” (alomat) deb ataganlar. Qо‘shimcha kun sо‘nggi “musriy” oyining oxiriga qо‘shilgan. Beruniy “Shom mamlakati” kalendaridagi о‘n ikki oy nomlari va tо‘rt yilda bir marta beshinchi (shubat) oyga bir kun qо‘shib hisoblashganlari haqida yozadi. Bu manbaga kо‘ra “Shom mamlakati” kalendaridagi oy nomlari keng tarqalgan, hatto arablar ham “dala ishlariga tegishli vaqtlarni” shu oylar bilan belgilar ekan.
    Abu Rayhon Beruniy “Qonuni Mas’udiy” asarida kadimgi arab kalendaridagi о‘n ikkita oy nomini keltiradi, lekin ularning faqat ikkitasining lug‘aviy ma’nosini berib о‘tadi. “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”da zamonaviy arab kalendaridagi о‘n ikkita oy va yetti hafta kunlarning nomi va ta’riflari keltiriladi. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, arablar yahudiylardan yilga qо‘shimcha oy qо‘shishni о‘rganganlar va bu oyni “ayyom an-nasi” deb ataganlar. Beruniy о‘z asarida milodiy yil hisobiga ham tо‘xtalib о‘tadi. U mazkur kalendarni “Rumiy kalendari” deb ataydi va kalendarga birinchi marta kabisa yilini Yuliy Sezar kiritgan deb yozadi. Olim milodiy yil hisobini qadimgi xalqlarning qator yil hisoblari bilan qiyoslaydi. “Qonuni Ma’sudiy” asarining ikkinchi kitobi xronologiya masalalariga bag‘ishlangan bо‘lib, unda “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida kо‘rilgan masalalar tо‘ldirilib, davom ettiriladi. Asarda Eron, Bobil, Rum podshohi va arab halifalari hukmronlik qilgan yillarning xronologik jadvallari keltirilib, ularning nomlari yunoncha transkripsiyada berilgan. Shuningdek, mazkur asarda insoniyat tomonidan qо‘llanilgan eralar, jumladan Yazdigard, Aleksandr, Filipp, “Buxtanassar” (Nabonassar) erasini aniqlash masalalari xususida ham sо‘z boradi.
    Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” asarida bu о‘lkada yashovchi xalqlarning urf-odatlari, geografiyasi va u bog‘liq astronomiyasi kо‘rsatib о‘tilgan. Shuningdek, olim burjlar, oy fazalarining о‘zgarishi, hind eralari, Oy va Quyosh kalendarlari va oltmish yillik Yupiter davriyligi nomlarini keltirib о‘tgan.
    Sharqning eng yirik Isfahon rasadxonasini 1076 yili Umar Xayyomning iltimosiga kо‘ra Malikshoh qurdirgan edi. Olim bu rasadxonada olib borgan kо‘p yillik kuzatishlari natijasida о‘zining “Malikshoh ziji” asarini yozadi. Umar Xayyomning xronologiya faniga qо‘shgan hissasi kalendar islohotiga tegishlidir. Malikshoh Umar Xayyomga yil boshi Navrо‘z bahorgi tengkunlik bilan mos tushadigan yangi kalendar tuzishni topshiradi. Umar Xayyom bu davrda qо‘llanib kelingan yulian kalendarining xatosi 128 yilda bir kunga teng ekanligi va bu xatoni takrorlamaslik uchun, yangi kalendar yillarini yangi kombinatsiyada tuzishni taklif qiladi. Yangi kalendar loyihasiga kо‘ra har о‘ttiz uch yillik davrning dastlabki yigirma sakkiz yilida kabisa yillari yettinchi kabisa yildan, sakkizinchi kabisa yili esa odatdagidek uch yildan sо‘ng emas, tо‘rt yildan sо‘ng beshinchi yili qabul qilinadigan bо‘ldi. Natijada, Umar Xayyom kalendarning yil uzunligi 365 sutka 5 soat 49 minut 5,5 sekundga teng bо‘ldi. Ayni vaqtda Umar Xayyom kalendarining xatoligi aniqlangan bо‘lib, u 19,5 sekundni tashkil etdi. Bu kalendardagi xatolik 4500 yildagina bir sutkani tashkil etadi. Mazkur natija kalendar qanchalik mukammal tuzilganligidan dalolat beradi.
    Umar Xayyom kalendari Malikshoh tomonidan 1079 yil (hijriy qamariy 471 yil)da qabul qilinib, Eronda XIX asrning о‘rtalariga qadar qо‘llanilgan. Bu kalendar Umar Xayyom kalendari deyilishi bilan birga Malikshoh sharafiga “Jaloliy kalendari” ham deb yuritilgan. Uning xronologiya faniga oid yana bir mashhur asari “Navrо‘znoma”dir. Asarda Quyosh kalendari tarixi Navrо‘z bayramining qanday nishonlangani tо‘g‘risida ma’lumotlar hamda oy nomlarining lug‘aviy ma’nosi ham berilgan.
    Umar Xayyom kalendarida kabisa yillari hisobi yulian kalendaridan farq qiladi. Unda 28 yil ichida yulian kalendaridagidek har tо‘rtinchi yili, keyingisi о‘ttiz ikkinchi yilda emas, balki besh yil о‘tkazib о‘ttiz uchinchi yilda qо‘shiladi. Demak, yulian kalendari bо‘yicha 32 yilda sakkizta kabisa yili bо‘lsa, Umar Xayyom kalendarida 33 yilda sakkizta kabisa yili bо‘ladi. Bu esa tropik yildan 0.0002 sutka ortiq, xolos. Demak, Umar Xayyom kalendarida 4500 yildan ortiq vaqtda bir sutka xato kelib chiqadi.

    Download 5.12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




    Download 5.12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yordamchi tarix fanlari

    Download 5.12 Mb.