156
3.O'quv
topshiriqlari uchun ish
qog'ozlarini tayyorlash
qanday
didaktik ahamiyatga ega?
4.Kreativ yondashuv asosida o'quv fanlari bo'yicha nazorat-sinov-
topshiriqlarini tayyorlashda qanday talablar inobatga olinadi?
5.Talabalarning o'quv faolligini oshirishda
keys va darajali testlar
to'plamini shakllantirishning ahamiyati qanday?
Devid L`yuisning bolalarda kreativlikni rivojlantirishga oid
ko'rsatmalari:
1.Bolalarning
savollariga
chidam
bilan
to'g'ri
javob
bering.
2.Ularning
savollari
va
fikrlarini
jiddiy
qabul
qiling.
3.Bolalarga o'z ishlari bilan shug'ullanishlari uchun alohida xona yoki
burchak ajrating.
4. Agarda ijodiy jarayon bilan bog'liq bo'lsa,
u holda bolani xonadagi
tartibsizlik uchun koyimang.
5. Vaqti-vaqti bilan bolalarga ularni yaxshi ko'rishingizni va ularni qanday
bo'lsalar, shunday qabul qilishlarini namoyon eting.
6. Bolalarga imkoniyatlariga mos yumushlarni buyuring
7. Ularga shaxsiy rejalarini ishlab chiqish
va qarorlar qabul qilishga
ko'maklashing.
8. Bolalarga faoliyatlarda yuqori natijalarga erishishlariga yordam bering.
9. Kamchiliklarini ko'rsatgan holda bolani boshqalar bilan solishtirmang.
10. Bolani kamsitmang va o'zini yomon, ojiz deb hisoblashishiga yo'l
qo'ymang.
11. Uni mustaqil fikrlashga o'rgating.
12.Bolani sevimli mashg'ulotini tashkil etishi uchun zarur buyumlar bilan
qurollantiring.
157
13. Uni turli voqealarni o'ylab topishga, fantaziya qilishga majburlang, bu
jarayonda unga yordamlashing.
14.Bolani yoshlikdan o'qib-o'rganishga odatlantiring
15.Doimo bolaning ehtiyojlariga e'tibor qarating.
16.Har kuni bola bilan yuzma-yuz suhbatlashish uchun vaqt toping.
17.Oilaga oid masalalarning muhokamasiga bolalarni ham jalb qiling.
18.Xatolari
uchun
bolani
masxara
qilmang.
19.Bolani har bir yutug'i uchun maqtang.
20.Uning yutuqlarini maqtashda samimiy bo'ling.
21. Bolani turli yoshdagi kishilar bilan muloqot qilishga o'rgatib boring.
22. Uning borliqni anglashiga yordam beradigan amaliy tajribalarni o'ylab
toping.
23. Bolaga turli latta-puttalar bilan o'ynashni taqiqlamang –
bu uning
tasavvurini boyitadi
24.Uni muammoni topish va uni hal qilishga rag'batlantiring.
25.Bolaga nisbatan o'z munosabatingizni baholashda odil bo'ling.
26.U
bilan
muhokama
qilinadigan
mavzularni
cheklamang.
27.Bolaga qarorlarni mustaqil qabul qilish va uning uchun javobgar bo'lish
imkonini bering.
28.Bolaga uning shaxs bo'lib shakllanishi uchun yordam bering.
29. Bolaga uning uchun foydali bo'lgan teleko'rsatuvlarni tomosha qilishi va
radio eshittirishlarni tinglashi uchun ko'maklashing.
30. Uni o'z qobiliyatlarini ijobiy qabul qilishga odatlantirib boring
31.Bolani
kattalardan
mustaqil
bo'lishga
o'rgatib
boring.
32.Bolaning o'ziga va uning sog'lom fikrga egaligiga ishoning.
33.Bolaga “Men ham buni bilmayman” deb,
uni muvaffaqiyatsizliklarga
bee'tibor bo'lishga o'rgatmang.
158
34.Bolaga,
garchi
u
ishning
ijobiy
natijaga
ega bo'lishiga ishonmasa-da, boshlangan ishni
oxiriga yetkazishi uchun
imkoniyat yarating.
35. Kundalik daftar yuriting va unga bolada kreativ qobiliyat shakllanishini
qayd etib boring